O‘zbekistonda 4 dekabr yakshanba kuni 153 kishining koronavirusga qarshi topshirgan testi musbat natija berdi (bir kun avval 162 kishi). Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, yangi kasallangan bemorlarning 84 nafari Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan.

Toshkent viloyatida 34 kishi, Buxoroda 9 kishi, Namanganda esa 7 kishi kovid yuqtirgani aniqlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham 2 nafar bemor bor.

Respublikada 25 noyabrdan beri koronavirusning kunlik ko‘rsatkichi o‘sib bormoqda.