Vaqtni, kuchni va kerak bo‘lsa sog‘likni ayamay o‘stirgan daraxtlaringiz kurtak va gullari muzlashi natijasida hech qachon mevaga aylanmasligi sizda achinish hissini uyg‘otadimi? Ushbu holat tufayli ko‘rgan moliyaviy zararingizni qanday hisoblaysiz? Axir, har bir muzlagan kurtak, har bir so‘lgan gul sizning moliyaviy yo‘qotishingizdir.

Ming yillar davomida insoniyat tabiiy ofatlardan saqlanish yo‘llarini to‘liqligicha o‘rgana olmagan. Ammo dunyoning ko‘plab mamlakatlaridagi fermerlar talafotlarning oldini olishda samarali usulni topishgan. Bu — hosil sug‘urtasi.

Bugungi kunda Semurg Insurance O‘zbekiston bozoriga bog‘ va uzumzorlarni sug‘urtalashning o‘ziga xos dasturini taklif qilib, xalqaro sug‘urta amaliyotini joriy etmoqda. Ushbu dastur bo‘yicha bog‘bonlar va uzum yetishtiruvchilar hosil yetishmagan taqdirda ham daromad olishlari mumkin. Semurg Insurance sug‘urta dasturlari xalqaro standartlarga mos ravishda ishlab chiqilgan mustahkam himoyadir.

Fermer qancha miqdorda sug‘urta badalini qo‘lga kiritadi?

Masalan, 10 gektar sug‘urtalangan olma bog‘i bor. Bog‘dan yiliga o‘rtacha 600 sentner hosil olinadi. 1 s hosilning birjadagi narxi 270 ming so‘m, butun hosilning kutilayotgan qiymati esa 162 mln so‘mni tashkil etadi. Sovuq ob-havo hosilga zarar yetkazdi va bog‘bon 300 s olma yig‘ib, atigi 81 mln so‘m daromad oldi. Vaholanki, bog‘bonning umumiy daromadi 162 mln so‘mni tashkil etishi kerak edi. Shartnoma shartlariga ko‘ra, Semurg Insurance kompaniyasi bog‘bonga sovuq urishi tufayli yo‘qotgan 81 mln so‘mni to‘lab beradi va shu tufayli bog‘bon keyingi mavsumda ishlashni davom ettirishga muvaffaq bo‘ladi.

Savol tug‘ilishi mumkin: pul to‘lanib berilishiga kim kafolat beradi? Kafolat mavjud. Semurg Insurance — xalqaro standartlarga muvofiq hamda dunyodagi yirik xalqaro qayta sug‘urtalovchilar ko‘magida faoliyat yuritayotgan yetakchi sug‘urta kompaniyalaridan biridir.

Semurg Insurance jamoasi a’zolari qishloq xo‘jaligi xatarlaridan himoya qilish bo‘yicha jahon yetakchilaridan biri hisoblanadigan Shveysariyaning Swiss Re kompaniyasi bilan uzoq yillik unumli hamkorliklarini ishga solib, bog‘ va uzumzorlarni sug‘urta qilish dasturini ishlab chiqdilar.

Semurg Insurance risklarni qayta sug‘urtalash hisobiga ham o‘zining barqarorligini ta’minlaydi. Kompaniya ishonchlilik reytingi yuqori bo‘lgan qayta sug‘urtalovchilar bilan hamkorlik qiladi, shuning uchun u hatto juda katta sug‘urta hodisalari ro‘y berganda ham sug‘urta to‘lovlarini kafolatlaydi.

Bundan tashqari, Semurg Insurance nafaqat hosil yetishmagan taqdirda to‘lovni kafolatlaydi, balki o‘z mijozlariga hosilni ko‘proq yetishtirishga ham yordam beradi. Kompaniya tomonidan jalb qilingan agronom-mutaxassislar fermer xo‘jaliklarining agrotexnologiyasini tahlil qilib, ko‘proq hosil olish va daromadni oshirish bo‘yicha amaliy maslahatlar berishadi.

Semurg Insurance`ning bog‘lar va uzumzorlarni sug‘urtalash dasturi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi uchun aynan kerakli vaqtda ishlab chiqildi. Bahorgi sovuqlar, do‘l va boshqa tabiiy hodisalar, tabiiy ofatlar tobora ko‘proq bog‘larimizni nobud qilmoqda. Iqlimdagi halokatli o‘zgarishlar tufayli bog‘lar va uzumzorlarni sug‘urtalash mamlakatda bog‘bonlarning daromadlarini saqlab qolish uchun zarur va hatto yagona choraga aylanmoqda.

Semurg Insurance kompaniyasi ushbu sug‘urta dasturlarini mahalliy bog‘bonlar va uzumchilar uchun daromadni saqlashning asosiy vositasi deb hisoblaydi. Bundan tashqari, endilikda O‘zbekiston hukumati Germaniyaning Insuresilience Fund fondi bilan hamkorlikda bog‘ va uzumzorlarni sug‘urtalash uchun subsidiyalar tizimini joriy etishni rejalashtirmoqda.

Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ko‘rinib turibdiki, agrosanoat majmualarining ishlashini ta’minlashda hosil sug‘urtasining o‘rni juda yuqori. Semurg Insurance sug‘urta dasturlari O‘zbekistonda agrar sektorni rivojlantirish uchun muhim omil bo‘lib, har qanday ob-havo sharoitida ham mahalliy fermerlarning daromadlarini kafolatlaydi.

Telefon: 1251.

Sayt: semurginsurance.uz
Telegram: t.me/Semurg_Agricultural_insurance

Reklama huquqlari asosida.