Angren neft bazasidan 11 500 litr benzin sizib chiqdi
12 dekabr 2022, 09:35

Angren neft bazasidan 11 500 litr benzin sizib chiqdi

Toshkent viloyati Angren neft bazasida 5000 metr kub hajmdagi sig‘im sifonining jo‘mragi havo harorati pasayishi tufayli muzlab, yorilib ketdi. Oqibatda zavoddan 11 500 litr benzin sizib chiqdi. Korxona rahbari hech kimga jiddiy zarar yetkazilmaganini ma’lum qildi.

Moskvada avtobuslardan o‘zbek tilida rus armiyasiga chaqiriqlar olib tashlandi
12 dekabr 2022, 08:37

Moskvada avtobuslardan o‘zbek tilida rus armiyasiga chaqiriqlar olib tashlandi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Moskva avtobusi salonida o‘zbek tilida Rossiya armiyasi safiga qo‘shilish chaqirig‘i efirga uzatilgan lavhalar paydo bo‘lgan edi. «Mosgortrans» bunday xabarlar allaqachon efirdan olib tashlanganini ma’lum qildi.

UzAuto Motors Cobalt va Lacetti uchun arizalar qabul qilishni to‘xtatdi
12 dekabr 2022, 08:08

UzAuto Motors Cobalt va Lacetti uchun arizalar qabul qilishni to‘xtatdi

UzAuto Motors kompaniyasi Cobalt va Lacetti avtomobillari uchun shartnoma tuzishni to‘xtatdi. Shunday qilib, xaridorlar uchun hamyonbop modellardan faqat Onix qoldi.

«Hududgazta’minot» Toshkent viloyati filiali direktori qamoqqa olindi
11 dekabr 2022, 23:19

«Hududgazta’minot» Toshkent viloyati filiali direktori qamoqqa olindi

Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov rahbarligida o‘tkazilgan energiya resurslari bo‘yicha yig‘ilishda bir qancha soha rahbarlari, xususan, «Hududgazta’minot» Toshkent viloyati filiali direktori Muzaffar Aliyevga nisbatan jinoyat ishi ochilgani va qamoqqa olingani ma’lum qilindi.

Qashqadaryodagi tug‘ruqxonada tok o‘chishi natijasida go‘daklar sovuqda qolgani aytilmoqda
11 dekabr 2022, 15:34

Qashqadaryodagi tug‘ruqxonada tok o‘chishi natijasida go‘daklar sovuqda qolgani aytilmoqda

Ko‘kdala tumanidagi tug‘ruqxonada elektr yo‘qligi sabab chaqaloqlar va ularning onalari sovuqda qolgani aytilmoqda. «Hech bo‘lmasa, shifoxonaga „svet“ beringlar», — deydi ayollar. Biroq tuman hokimligi isitishda uzilish bo‘lmaganni aytib, generatorni ishga tushirmagan xodimlarga chora ko‘rilganini ma’lum qildi.

«Qo‘qonda 14 yoshli bolaning hayotini saqlab qolish uchun lavozimimdan ham voz kechardim» — IIV rahbari o‘rinbosari
11 dekabr 2022, 15:04

«Qo‘qonda 14 yoshli bolaning hayotini saqlab qolish uchun lavozimimdan ham voz kechardim» — IIV rahbari o‘rinbosari

Qo‘qonda Voyaga yetmaganlarga yordam ko‘rsatish markazida tengdoshlari kaltaklagan 14 yoshli bola vafot etgandi. IIV rahbari o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev vaziyatga munosabat bildirib, bola hayotini saqlab qolish uchun lavozimdan ham voz kechishini ta’kidladi. U hodisa tizimning xatosi bo‘lganini tan oldi.

Namanganda «gaz so‘rg‘ich»li qo‘lbola pech o‘rnatilgan uyda yong‘in sodir bo‘ldi
11 dekabr 2022, 13:57

Namanganda «gaz so‘rg‘ich»li qo‘lbola pech o‘rnatilgan uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Namanganda xonadonlardan biri yarim tunda yonib ketdi. Oqibatda 2-guruh nogironi 95 foizlik kuyish jarohatini oldi. Yong‘in qo‘lbola tunika pechga «gaz so‘rg‘ich» o‘rnatilgani sababli kelib chiqqani taxmin qilinmoqda.

O‘zbekistonda ko‘plab tadbirkorlar nogironlarni ishga olishga cho‘chiydi — mehnat vaziri
11 dekabr 2022, 13:49

O‘zbekistonda ko‘plab tadbirkorlar nogironlarni ishga olishga cho‘chiydi — mehnat vaziri

Mehnat vazirining ta’kidlashicha, O‘zbekiston aholisining 850 mingdan ortig‘ini nogironlar tashkil etadi. Ularning 70 mingga yaqini ishlaydi, yana 100 mingdan ortig‘i mehnat qilish istagida. «Xorijda tadbirkorlar nogironlarni ishga olishga sharaf deb qaraydi, bizda esa ozgina cho‘chiydi», — dedi Nozim Xusanov.

Surxondaryoda 51 tup daraxt noqonuniy ravishda kesib ketildi
11 dekabr 2022, 13:23

Surxondaryoda 51 tup daraxt noqonuniy ravishda kesib ketildi

Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligida 51 tup daraxt noqonuniy kesib ketildi. Buning oqibatida o‘simlik dunyosiga 560 mln so‘m zarar etkazilgani aniqlandi. Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar prokuraturaga yuborildi.

«Bodikamera himoya vositasi bo‘lolmaydi». SSV deputat taklifiga munosabat bildirdi
11 dekabr 2022, 13:15

«Bodikamera himoya vositasi bo‘lolmaydi». SSV deputat taklifiga munosabat bildirdi

SSV vakili deputatning shifokorlarni bodikamera bilan ta’minlash haqidagi taklifiga munosabat bildirdi. Ta’kidlanishicha, bodikamera YPX xodimlarini himoya qilolmagandek, «tez yordam» xodimlariga ham yordam berolmaydi. «Bodikameraga qanchalik ehtiyoj borligini chuqurroq o‘ylab ko‘rishimiz kerak», — dedi u.

Samarqandda fuqaroni $30 ming evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
11 dekabr 2022, 12:59

Samarqandda fuqaroni $30 ming evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Samarqandda fuqaroni 30 ming dollar evaziga Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. U avans uchun 10 ming dollar olayotgan paytda DXX va IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

«Shiypondagi konsertimiz aholiga qiziq bo‘lmayapti». Madaniyat vaziri 15,5 mlrd so‘mlik yuk mashinalari haqida
11 dekabr 2022, 12:57

«Shiypondagi konsertimiz aholiga qiziq bo‘lmayapti». Madaniyat vaziri 15,5 mlrd so‘mlik yuk mashinalari haqida

Ozodbek Nazarbekov Madaniyat vazirligi 15,5 mlrd so‘mga yuk mashinalari xarid qilinganiga izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mashinalarni «zamonaviy ko‘rinishdagi «Xalqlar do‘stligi»ning kichraytirilgan bir sahnasi» deyish mumkin. «Qora parda oldida yoki shiyponda turib, konsert berish davri o‘tdi», — dedi vazir.

Andijonda IIB YHXB xodimi mashinasida ikki kishini urib yubordi, ulardan biri vafot etdi
11 dekabr 2022, 12:52

Andijonda IIB YHXB xodimi mashinasida ikki kishini urib yubordi, ulardan biri vafot etdi

Asaka tumanida viloyat IIB YHXB xodimi Spark mashinasida yo‘ldagi muzlama sabab ikki kishini urib yubordi. Oqibatda ulardan biri shifoxonada vafot etdi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

JCH-2022: sensatsiyalarga boy chorak final, yarim finalga chiqqan ilk Afrika mamlakati va Fransiyaning g‘alabasi
11 dekabr 2022, 10:32

JCH-2022: sensatsiyalarga boy chorak final, yarim finalga chiqqan ilk Afrika mamlakati va Fransiyaning g‘alabasi

Chorak final bosqichida kutilmagan natijalar qayd etildi. Xorvatiya terma jamoasi Braziliyani chempionatdan chiqarib yuborgan bo‘lsa, Portugaliya Marokashga mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi. Yarim finalda Argentina terma jamoasi Xorvatiya bilan, Fransiya esa marokashliklar bilan bahslashadi.

Bank sohasidagi kibertahdidlarga qarshi kurashish uchun sayt ishga tushirildi
10 dekabr 2022, 16:57

Bank sohasidagi kibertahdidlarga qarshi kurashish uchun sayt ishga tushirildi

O‘zbekiston Markaziy banki bank sektoridagi kibertahdidlar haqida ogohlantirish va ularning oldini olish bilan shug‘ullanuvchi Kiberxavfsizlik markazi (CERT-CBU) saytini ishga tushirdi. Saytda soxta (feyk) havolalarni ham tekshirish mumkin.

O‘zbekistonning doimiy aholisi 36 milliondan oshdi
10 dekabr 2022, 13:44

O‘zbekistonning doimiy aholisi 36 milliondan oshdi

9 dekabr kuni O‘zbekistonning doimiy aholisi 36 milliondan oshdi. Yil boshida bu ko‘rsatkich 35,271 million nafarni tashkil etgan edi.

DXX Toshkent viloyatidagi yashirin narkolaboratoriya faoliyatiga chek qo‘ydi
10 dekabr 2022, 12:46

DXX Toshkent viloyatidagi yashirin narkolaboratoriya faoliyatiga chek qo‘ydi

Yuqori Chirchiq tumanida 2 fuqaro tomonidan tashkil etilgan yashirin narkolaboratoriya aniqlandi. Tekshiruvlar natijasida jami 1,21 kg «Mefedron» sintetik giyohvandlik vositasi, 18 gramm «opiy» va 41 gramm «gashish» moddasi aylanmasining oldi olindi.

O‘zbekistonda AI-80 benzini narxi 5500 so‘mgacha arzonlashishi kutilmoqda
10 dekabr 2022, 11:00

O‘zbekistonda AI-80 benzini narxi 5500 so‘mgacha arzonlashishi kutilmoqda

O‘zbekistonda AI-80 benzini uchun aksiz solig‘ining bekor qilinishi uning 1000−1200 so‘mgacha arzonlashishi hamda AYOQSHlarda 5500 so‘m atrofida sotilishiga olib kelishi kutilmoqda.

Bir kunda yana 130 kishida koronavirus aniqlandi
10 dekabr 2022, 10:57

Bir kunda yana 130 kishida koronavirus aniqlandi

Juma kuni O‘zbekistonda 130 kishi kovidga chalindi (oldingi kun 122 kishi). Kasallanganlarning 107 nafari Toshkent shahrida aniqlandi.

Nima tayyorlaymiz: Pechda pishirilgan taomlar
10 dekabr 2022, 10:46

Nima tayyorlaymiz: Pechda pishirilgan taomlar

Pechda pishirilgan tovuqli ruletlar, kartoshkalar bilan gaz pechida pishirilgan qo‘y go‘shti, go‘shtli uyalar, kartoshka va go‘shtli frikadelka, sabzavotlar bilan pishirilgan tovuq sonlari va boshqalar — Zira.uz mazali va noodatiy pechda pishirilgan taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting