Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati O‘zbekistonda 3 dekabr kuni 162 kishi koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganini ma’lum qildi (bir kun avval — 155 nafar).

Bu 175 ta holat aniqlangan 21 fevraldan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. 25 noyabrdan boshlab har kuni 100 dan yuqori kunlik o‘sish kuzatilmoqda.

Toshkent shahrida 89 nafar, Toshkent viloyatida 20 nafar, Samarqand va Namangan viloyatlarida 10 kishida kovid aniqlangan.

SSV 2020 yilning mart oyida pandemiya boshlanganidan beri aniqlangan holatlarning umumiy soni haqida xabar berishni to‘xtatdi. Kundalik e’lon qilinadigan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 246,5 mingdan oshgan.