Buxoro viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha sudida ko‘ralayotgan 1−2 iyul kunlari Nukusda bo‘lib o‘tgan voqealar yuzasidan sud ishini jonli efirda uzatish to‘xtatiladi, deb xabar bermoqda «Gazeta.uz» muxbiri. Bu guvohlarning so‘roq qilishini bilan bog‘liq.

Juma kuni bo‘lib o‘tgan muhokamalarda prokuror guvohlar va jabrlanuvchilarning ko‘rsatmalari so‘roq qilinmagan guvohlarning ko‘rsatmalariga ta’sirining oldini olish maqsadida sudyaga O‘zbekiston Jinoyat-protsessual kodeksining 432-moddasiga muvofiq jonli efirni to‘xtatishni so‘rab murojaat qildi.

432-moddaga ko‘ra, raislik qiluvchi guvohlarning sud majlisi zalidan alohida xonaga chiqib turishlari to‘g‘risida farmoyish beradi. Keyinchalik u so‘roq qilinmagan guvohlarning so‘roq qilingan guvohlar bilan, shuningdek sud majlisi zalidagi boshqa shaxslar bilan muloqotda bo‘lmasligi choralarini ko‘radi.

Raislik qiluvchi sudya Yelubay Abibullayev prokurorning iltimosini qanoatlantirdi.

Oliy sud «Gazeta.uz»ga aniqlik kiritishicha, onlayn translyatsiya muzokaralar jarayoniga qadar to‘xtatiladi.

Sud jarayonining ilk kunlaridagi jonli efir videolarini tahririyatning YouTube`dagi kanalida ko‘rishingiz mumkin.