Soxta SES xodimlari noma’lum dorilarni sotishmoqda — Sanitariya epidemiologiya xizmati ogohlantirdi
30 yanvar 2023, 18:42

Soxta SES xodimlari noma’lum dorilarni sotishmoqda — Sanitariya epidemiologiya xizmati ogohlantirdi

Sanitariya epidemiologiya xizmati o‘zini SES xodimlari deya tanishtirib, kelib chiqishi noma’lum dorilarni sotayotgan firibgarlardan ogohlantirdi. Shunday holatlar yuz bersa, fuqarolar ulardan xizmat guvohnomasi, ish joyi va dorini sotishga asos so‘rashga haqli, deyiladi SES xabarida.

O‘zbekiston va Tojikiston chegarani demarkatsiya qilish ishlarini davom ettirmoqda
30 yanvar 2023, 18:13

O‘zbekiston va Tojikiston chegarani demarkatsiya qilish ishlarini davom ettirmoqda

O‘zbekiston va Tojikistondan ishchi guruhlar davlat chegaralarining loyiha demarkatsiya chizig‘idan o‘tkazish masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, chegaralarning alohida uchastkalarida dala o‘rganish ishlari ham o‘tkazildi.

Navoiyda kamyob qirg‘ovulni ovlagan brakoner jarimaga tortildi
30 yanvar 2023, 17:51

Navoiyda kamyob qirg‘ovulni ovlagan brakoner jarimaga tortildi

Qizil kitobga kiritilgan Zarafshon qirg‘ovulini ovlagan brakoner aniqlandi. Undan 3,6 mln miqdorida tabiatga yetkazilgan zarar undirildi va BHMning 5 baravari miqdorida jarimaga solindi.

Surxondaryoda 46 nafar afg‘onistonlik haydovchilikka o‘qitildi
30 yanvar 2023, 17:19

Surxondaryoda 46 nafar afg‘onistonlik haydovchilikka o‘qitildi

Termizda 46 nafar Afg‘oniston fuqarosi Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturining qo‘shma loyihasi bo‘yicha haydovchilikka o‘qitildi. Shuningdek, yana 35 nafari tikuvchilikka tayyorlandi.

Rasman: Eldor Shomurodov «Spetsiya» futbol klubiga o‘tdi
30 yanvar 2023, 16:43

Rasman: Eldor Shomurodov «Spetsiya» futbol klubiga o‘tdi

Italiyaning «Roma» klubi hujumchisi bo‘lgan o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov ijara asosida «Spetsiya» klubiga o‘tdi. Rimliklar transferdan 1,5 mln yevro ishlab olishi kutilmoqda.

Namanganda qoidabuzarliklarni aniqlovchi Sergek intellektual tizimi ishga tushirildi
30 yanvar 2023, 16:30

Namanganda qoidabuzarliklarni aniqlovchi Sergek intellektual tizimi ishga tushirildi

Namanganda jamoat va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning Sergek intellektual tizimi ishga tushirildi. Qozog‘istonlik mutaxassilar ishlab chiqqan tizim maxsus algoritmlardan foydalangan holda qoidabuzarliklarni aniqlaydi va IIBning vakolatli inspektoriga yuboradi.

Video: Pokistonda masjid portlashi oqibatida 28 kishi halok bo‘ldi
30 yanvar 2023, 15:58

Video: Pokistonda masjid portlashi oqibatida 28 kishi halok bo‘ldi

Pokistonning Peshovar shahridagi masjid xudkush tomonidan portlatildi. Qurbonlar soni 28 kishini, jarohatlanganlar 150 kishini tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda 2022 yilda o‘rtacha nominal ish haqi 3,89 mln so‘mgacha o‘sdi
30 yanvar 2023, 15:00

O‘zbekistonda 2022 yilda o‘rtacha nominal ish haqi 3,89 mln so‘mgacha o‘sdi

Respublikada 2022 yilda o‘rtacha nominal oylik ish haqi 21,1 foizga oshib, 3,89 million so‘mni tashkil qildi. Hududlar orasida Toshkent, faoliyat turi bo‘yicha — bank sohasi yetakchilikni saqlab qoldi. Shu bilan birga, poytaxt va hududlar o‘rtasidagi ish haqi bo‘yicha farq oshishda davom etmoqda.

Mustaqil komissiya HRWning Nukus voqealari bo‘yicha hisobotiga munosabat bildirdi
30 yanvar 2023, 14:35

Mustaqil komissiya HRWning Nukus voqealari bo‘yicha hisobotiga munosabat bildirdi

Inson huquqlari bo‘yicha Human Rights Watch tashkilotining 2022 yilgi hisobotida Nukus voqealarida haddan tashqari kuch ishlatilgani, ko‘plab fuqarolar og‘ir jarohat olgani va ba’zilari vafot etgani aytilgan, shuningdek, parlament komissiyasi mustaqilligi shubha ostiga olingan. Komissiya HRWga javob qaytardi.

Uzbekistan Airways bahordan Milan va Parijga aviaqatnovlarni tiklaydi
30 yanvar 2023, 14:29

Uzbekistan Airways bahordan Milan va Parijga aviaqatnovlarni tiklaydi

Uzbekistan Airways bahor mavsumidan boshlab Milan va Parij shaharlariga aviaqatnovlarni tiklaydi. Parvozlar haftada ikki marta — seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda hafta davomida iliq, biroq yomg‘irli ob-havo kuzatiladi
30 yanvar 2023, 13:00

O‘zbekistonda hafta davomida iliq, biroq yomg‘irli ob-havo kuzatiladi

1 fevraldan O‘zbekistonga O‘rta dengiz hududlaridan nam va deyarli iliq havo massalari kirib keladi. Harorat hafta davomida kechalari −1…+4 darajani, kunduzi +5…+10 darajani tashkil etadi. Respublika bo‘ylab vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha doimiy shtab tashkil etildi
30 yanvar 2023, 12:37

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha doimiy shtab tashkil etildi

O‘zbekistonda sel, ko‘chki va suv toshqinlari kabi favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha doimiy shtab tashkil etildi.

Nukusda ikki nafar bola kemiruvchilarga qarshi doridan zaharlandi, biri vafot etdi
30 yanvar 2023, 12:11

Nukusda ikki nafar bola kemiruvchilarga qarshi doridan zaharlandi, biri vafot etdi

Nukusda ikki bola kemiruvchilarga qarshi doridan zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi. Biroq ulardan biri reanimatsion chora-tadbirlarga qaramay vafot etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu holat tez tayyorlanadigan lapsha mahsulotidan zaharlanish deya tarqalgandi.

Nukusdagi portlash qurbonlari soni 5 nafarga yetdi
30 yanvar 2023, 11:36

Nukusdagi portlash qurbonlari soni 5 nafarga yetdi

Nukus shahridagi ko‘p qavatli uy portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 5 nafarga yetdi. Avvalroq 5 yoshli qizaloq qutqarilib, shifoxonaga olib ketilgandi. Holat yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Nukusdagi portlashda halok bo‘lgan marhum — Salamat Raziyev
30 yanvar 2023, 11:21

Nukusdagi portlashda halok bo‘lgan marhum — Salamat Raziyev

«Gazeta.uz» qutqaruv ishlari davomida Nukusdagi uy vayronalari ostidan jasadi topilgan erkakning shaxsini aniqladi. U Salamat Raziyev bo‘lib, portlash sodir bo‘lgan kvartiraning pastki qavatida yashagan.

Sochi va Buxoro to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘landi
30 yanvar 2023, 11:15

Sochi va Buxoro to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘landi

Rossiyaning «Azimut» aviakompaniyasi Sochi — Buxoro — Sochi yo‘nalishi bo‘yicha charter reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Qatnovlar haftada bir marta — yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Farg‘onada stansiya boshlig‘i tadbirkordan $1,5 ming talab qilgani aytilmoqda
30 yanvar 2023, 10:56

Farg‘onada stansiya boshlig‘i tadbirkordan $1,5 ming talab qilgani aytilmoqda

«Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli»ning «Andijon-1» stansiyasi boshlig‘i tadbirkordan ularga beriladigan imtiyozlardan foydalanishga yordamlashishini aytib, $1,5 ming olgan vaqtida ushlangan. Gumonlanuvchiga jinoyat ishi ochildi.

Samarqandda avtobus urib yuborgan 64 yoshli ayol halok bo‘ldi
30 yanvar 2023, 10:31

Samarqandda avtobus urib yuborgan 64 yoshli ayol halok bo‘ldi

Samarqand shahrida avtobus yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan 64 yoshli ayolni urib yubordi. YTH oqibatida piyoda voqea joyida halok bo‘ldi.

Aksariyat banklarda dollar 11 390 so‘mdan sotilmoqda
30 yanvar 2023, 10:14

Aksariyat banklarda dollar 11 390 so‘mdan sotilmoqda

Tijorat banklari 30 yanvar kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 285 — 11 370 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 390 so‘m.

Nukusda portlagan uy vayronalaridan fuqaro jasadi va 5 yoshli qiz topildi
30 yanvar 2023, 08:57

Nukusda portlagan uy vayronalaridan fuqaro jasadi va 5 yoshli qiz topildi

Nukus shahridagi gaz portlagan 4 qavatli uy vayronalaridan bir nafar fuqaro jasadi topildi va 5 yoshli qiz qutqarib qolindi. Uyda yashovchi boshqa fuqarolar evakuatsiya qilinib, vaqtinchalik uy-joy bilan ta’minlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting