Banklarda dollarning sotish kursi 11 375 so‘mgacha oshdi
6 fevral 2023, 10:52

Banklarda dollarning sotish kursi 11 375 so‘mgacha oshdi

Tijorat banklari 6 fevral kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 240 — 11 335 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 375 so‘m.

Qashqadaryoda «Agrobank» filiali mansabdorlari salkam 4 mlrd so‘mni talon-toroj qilgani aytilmoqda
6 fevral 2023, 10:35

Qashqadaryoda «Agrobank» filiali mansabdorlari salkam 4 mlrd so‘mni talon-toroj qilgani aytilmoqda

«Agrobank» ATB Qamashi tumani filiali mansabdor shaxslari salkam 4 mlrd so‘mni o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. Tergov davomida ularning 3 nafariga qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

O‘zbekistonlik dzyudochilar «Katta dubulg‘a» turnirini 2 ta bronza medali bilan yakunladi
6 fevral 2023, 10:26

O‘zbekistonlik dzyudochilar «Katta dubulg‘a» turnirini 2 ta bronza medali bilan yakunladi

Fransiyada o‘tgan dzyudo bo‘yicha «Katta dubulg‘a» turnirida 7 nafar bo‘lib qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Birinchi bronzaga Kamoliddin Baxtiyorov, ikkinchi medalga o‘zaro vatandoshi bilan kurashgan Alisher Yusupov ega chiqdi.

Turkiyada kuchli zilzila oqibatida o‘nlab odam halok bo‘ldi
6 fevral 2023, 10:26

Turkiyada kuchli zilzila oqibatida o‘nlab odam halok bo‘ldi

Dushanba kuni tongda Turkiya janubida sodir bo‘lgan qator zilzilalarda o‘nlab odamlar halok bo‘ldi va yuzlab odamlar jarohat oldi. Mamlakatda ogohlantirishning eng yuqori darajasi e’lon qilindi. Suriya shimolida ham o‘nlab odam vafot etgan, yuzlab yaradorlar borligi aytilmoqda.

Polat Shamshetov yurak xurujidan vafot etgan — Bosh prokuratura
6 fevral 2023, 10:22

Polat Shamshetov yurak xurujidan vafot etgan — Bosh prokuratura

Bosh prokuratura Nukus voqealari bo‘yicha sudlangan Polat Shamshetov o‘limi yuzasidan tayinlangan sud-tibbiy ekspertizasi natijasini e’lon qildi. Unga ko‘ra marhum o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, o‘tkir yurak-qon tomiri yetishmovchiligi oqibatida vafot etgan.

Qoraqalpog‘istondagi YTHda 5 kishi vafot etdi
6 fevral 2023, 09:59

Qoraqalpog‘istondagi YTHda 5 kishi vafot etdi

Qo‘ng‘irot tumani «Jasliq» posyolka fuqarolar yig‘inida Nexia 3 va yuk mashinasi o‘rtasida avtohalokat yuzaga kelib, 5 nafar odam vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

«O‘zini brendini yaratsa, xalqning o‘zi boqadi». SSV rahbari — shifokorlarning oyligi kamligiga yechim haqida
6 fevral 2023, 09:44

«O‘zini brendini yaratsa, xalqning o‘zi boqadi». SSV rahbari — shifokorlarning oyligi kamligiga yechim haqida

Sog‘liqni saqlash vaziri oyligi kundalik xarajatlariga yetmayotgan shifokorlarga kutilmagan taklif bilan chiqdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bemor mehr bilan davolansa, o‘zi rozi bo‘lib, barakasini berib ketadi. «O‘zini brendini yaratsa, xalqning o‘zi boqadi», — dedi Amrillo Inoyatov.

Sirdaryoda yovvoyi to‘ng‘izning odamlarga hujum qilgani rad etildi
5 fevral 2023, 21:59

Sirdaryoda yovvoyi to‘ng‘izning odamlarga hujum qilgani rad etildi

Sirdaryo viloyat Ekologiya boshqarmasi tarmoqlarda yovvoyi to‘ng‘iz odamlarga hujum qilgani haqidagi videoxabar bo‘yicha munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, o‘tgan yil oktabrida Guliston tumanida haqiqatdan ham bir bosh yovvoyi to‘ng‘iz ovlanib, traktorda sudrab olib ketilgan, biroq qolgan kadrlar montajda qo‘shilgan.

Parlament komissiyasi Polat Shamshetovning tergov hibsxonasidagi o‘limi bilan bog‘liq holatni o‘rganadi
5 fevral 2023, 20:09

Parlament komissiyasi Polat Shamshetovning tergov hibsxonasidagi o‘limi bilan bog‘liq holatni o‘rganadi

Nukus voqealari bo‘yicha tekshiruv o‘tkazuvchi parlament komissiyasi Qoraqalpog‘iston IIV Jinoyat qidiruv boshqarmasi bo‘limining sobiq boshlig‘i Polat Shamshetovning Buxorodagi tergov izolyatorida vafot etgan holatini o‘rganishini ma’lum qildi.

Pokistonning sobiq prezidenti Parvez Musharraf vafot etdi
5 fevral 2023, 13:29

Pokistonning sobiq prezidenti Parvez Musharraf vafot etdi

Pokistonning sobiq prezidenti Parvez Musharraf uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 79 yoshida vafot etdi. U 2013 yilda davlatga xiyonatda ayblanib, o‘lim jazosiga hukm qilingandi.

Farg‘onada 2023 yil oxirigacha 100 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasi quriladi
5 fevral 2023, 12:13

Farg‘onada 2023 yil oxirigacha 100 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasi quriladi

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida 98 mln dollar evaziga quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi quriladi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov loyihani 2024 yil 2-choragida emas, balki 2023 yil oxirigacha yakunlash kerakligini aytib, buning uchun har tomonlama ko‘mak ko‘rsatilishini bildirdi.

Andijonda yuk mashinasi bosib ketgan ayol vafot etdi
5 fevral 2023, 11:12

Andijonda yuk mashinasi bosib ketgan ayol vafot etdi

Andijon tumanida yuk mashinasi haydovchisi yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan 21 yoshli ayolni bosib ketdi. Ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan u shifoxonada vafot etdi.

Buxoroda fuqarolarga noqonuniy diniy ta’lim berayotgan shaxslar aniqlandi
5 fevral 2023, 10:32

Buxoroda fuqarolarga noqonuniy diniy ta’lim berayotgan shaxslar aniqlandi

Peshku tumanida ikki shaxs 28 kishiga, yana biri 8 kishiga arab tili bahonasida noqonuniy diniy ta’lim berib kelayotgani aniqlandi. Ular faoliyati taqiqlangan Sodiq Samarqandiyning ma’ruzalarini ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatib kelgani ham ma’lum bo‘ldi.

Samarqandda bankomatni o‘g‘rilab ketgan shaxslar qamoqqa olindi
5 fevral 2023, 10:10

Samarqandda bankomatni o‘g‘rilab ketgan shaxslar qamoqqa olindi

Kattaqo‘rg‘on tumanida bir guruh shaxslar ichida 720 mln so‘m bo‘lgan bankomatni o‘g‘rilab ketdi. Surishtiruv davomida apparat bo‘laklari tashlandiq joydan topildi. Holat bo‘yicha 4 kishi qamoqqa olindi.

Jahon yangiliklari dayjesti
4 fevral 2023, 23:42

Jahon yangiliklari dayjesti

AQSh va Kanadada -50 darajali sovuq bo‘lishi kutilayotgani, Xitoyda karantin cheklovlari olib tashlanganidan so‘ng 80 kishining koronavirusdan vafot etgani, 18 yoshli kanadalik qizning lotoreyadan birinchi urinishda 36 mln dollar yutib olgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Nukus voqealari bo‘yicha sudlangan Polat Shamshetov vafot etdi
4 fevral 2023, 22:28

Nukus voqealari bo‘yicha sudlangan Polat Shamshetov vafot etdi

Qoraqalpog‘iston IIV Jinoyat qidiruv boshqarmasi bo‘limining sobiq boshlig‘i, Qoraqalpog‘istonning birinchi prezidenti Dauletbay Shamshetovning o‘g‘li Polat Shamshetov taxminan yurak xurujidan vafot etdi. U Nukus voqealari bo‘yicha aybdor deb topilib, 6 yil qamoq jazosiga hukm qilingandi.

Toshkent viloyatida kran qulashi oqibatida mashinist vafot etdi
4 fevral 2023, 17:14

Toshkent viloyatida kran qulashi oqibatida mashinist vafot etdi

Parkent tumani Zarkent qishlog‘ida avtokran qulab, uning mashinisti shifoxonada vafot etdi. Hodisa bo‘yicha maxsus tekshirish o‘tkazilib, xulosalar huquq-tartibot organlariga taqdim etilishi ma’lum qilindi.

Nukusdagi oilaviy poliklinikalarda «Allergiya va astma» maktablari tashkil etiladi
4 fevral 2023, 16:37

Nukusdagi oilaviy poliklinikalarda «Allergiya va astma» maktablari tashkil etiladi

Orolbo‘yi mintaqasida allergik kasalliklarni erta aniqlash va davolash yuzasidan «Allergiya va astma» maktablarini tashkil etish reja qilinmoqda. Nukus ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi qoshida tashkil etilayotgan maktablar aholi o‘rtasida bu turdagi xastaliklarni erta bosqichda aniqlash imkonini beradi.

Yapon kompaniyasi Farg‘onada chiqindini qayta ishlash korxonasini quradi. Loyiha qiymati — 10 mln dollar
4 fevral 2023, 15:41

Yapon kompaniyasi Farg‘onada chiqindini qayta ishlash korxonasini quradi. Loyiha qiymati — 10 mln dollar

Farg‘onada Yaponiyaning Sansho kompaniyasi tomonidan chiqindini qayta ishlash korxonasi quriladi. 10 mln dollarlik loyiha Satkak qishlog‘ida 2 bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich 2023 yil sentabrgacha ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.

«O‘zbekneftgaz» — yonilg‘i quyish shoxobchalarida navbatlar yuzaga kelgani haqida
4 fevral 2023, 15:10

«O‘zbekneftgaz» — yonilg‘i quyish shoxobchalarida navbatlar yuzaga kelgani haqida

«O‘zbekneftgaz» AJ o‘z yonilg‘i quyish shoxobchalaridagi uzun navbatlarni birja orqali olingan benzinning ba’zi xususiy AYOQSHlarda sotilmayotgani, narxlar sun’iy oshirilayotgani, shuningdek, talabni qondirish uchun ishlab chiqarish quvvati yetishmasligi bilan izohladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting