Dushanbe shahrida 23−30 yanvar kunlari O‘zbekiston-Tojikiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Tojikiston davlat chegarasining loyiha demarkatsiya chizig‘idan o‘tkazish masalalari, shuningdek, demarkatsiya xaritalarini yaratishning texnologik jarayoni muhokama qilindi.

Muzokaralar doirasida O‘zbekiston-Tojikiston va davlat chegaralarining alohida uchastkalarida dala o‘rganish ham o‘tkazildi.

Tadbir yakunida tegishli bayonnoma imzolandi. Navbatdagi uchrashuv O‘zbekiston hududida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Tojikiston xalqaro ahamiyatga molik yangi nazorat-o‘tkazish punktlarini ochishi, xususan, tomonlar yaqin kelajakda «Bekobod» punkti faoliyatini yangilashga kelishib olgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, 2020 yil yanvar oyida O‘zbekiston hukumati ishchi guruhining Dushanbega safarida umumiy chegara delimitatsiya masalalariga oydinlik kiritishi kutilgan.