2022 yil 20 dekabrdan Namangan shahri va viloyat tumanlarida Sergek jamoat va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning aqlli tizimi ishga tushirildi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

26 ta apparat-dasturiy kompleks viloyat shahar va tumanlarining 13 ta uchastkasida yo‘l harakati qoidalarining buzilishini qayd etadi. Xususan, tizim tezlik me’yoridan oshib ketishi, taqiqlangan svetofor signalida harakatlanish, yo‘l belgilariga rioya qilmaslik, to‘xtash koidalarini buzish kabilarni aniqlaydi.

Dasturiy ta’minot maxsus algoritmlardan foydalangan holda qoidabuzarlikni aniqlaydi, shundan so‘ng ichki ishlar boshqarmasining vakolatli inspektori ushbu faktni tekshiradi va elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi.

Namangan aholisi reglament protokolini KAAT ma’muriy amaliyoti veb-saytida va ikkinchi darajali banklarning mobil ilovalarida yuklab olishlari mumkin. Qoidabuzarliklar to‘g‘risida bildirishnomalar mobil qurilmalarga SMS-xabarlar shaklida ham qabul qilinadi.

sergek, наманgaн

Ma’lumot o‘rnida, Sergek — O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq sertifikatlangan, Qozog‘iston respublikasi IT-mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot bo‘lib, Qozog‘iston poytaxtida 2017 yildan beri ishlaydi.

Tizimi ishga tushgan birinchi yilda Ostona shaxrida yo‘l-transport hodisalari o‘lim soni 43 foizga kamaygan. Olmaota shaxrida 3 yilda 138 dan 81 gacha, Chimkentda shaxrida esa 2 yilda 57 dan 38 gacha kamayishi kuzatilgan.

Eslatib o‘tamiz, 17 yanvar kuni yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi bayoni bilan Qoraqalpog‘iston, Toshkent shahar va viloyatlarning ayrim hududlarida transport vositalarining harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilangandi.

sergek, наманgaн