Navoiy viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari tomonidan tezkor reyd o‘tkazildi. Reyd davomida Qizil kitobga kirgizilgan jonzot brakoner tomonidan ovlangani aniqlandi. Bu haqda O‘rmon xo‘jaligi agentligi ma’lum qildi.

Bundan tashqari brakoner Navoiy cho‘l zonalarida yashovchi ikki dona yovvoyi quyonlarni ovlagani ham ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 8 iyuldagi 627-sonli «Ov qilish va ov xo‘jaliging yuritish to‘g‘risida»gi qonun talablari va Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktabr 290-sonli qarorida belgilangan ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan Zarafshon qirg‘ovuli V.Q. tomonidan ovlangan.

Ushbu holatga ma’muriy chora ko‘rish uchun Karmana tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudi o‘tkazilib, qonun buzuvchidan 3 600 000 miqdorida tabiatga yetkazilgan zarari undirib olindi va bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida jarima qo‘llanildi.