O‘zbekistonda Vengriyaning yangi elchisi ish boshladi
25 sentabr 2023, 13:30

O‘zbekistonda Vengriyaning yangi elchisi ish boshladi

Vengriyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Yojef Roja tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

Qonunchilik palatasi va Senat vakolatlari yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirilmoqda
25 sentabr 2023, 13:27

Qonunchilik palatasi va Senat vakolatlari yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirilmoqda

O‘zLiDeP fraksiyasida Qonunchilik palatasi va Senat vakolatlarini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirishga oid qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, parlament palatalariga o‘zini o‘zi tarqatib yuborish vakolatini berish, quyi palata spikeri o‘rinbosarlarini 7 tadan 2 tagacha qisqartirish kutilmoqda.

Chilonzor tumanida 30 ga yaqin qurigan ko‘p yillik daraxt kesib tashlandi
25 sentabr 2023, 13:14

Chilonzor tumanida 30 ga yaqin qurigan ko‘p yillik daraxt kesib tashlandi

Toshkentning Chilonzor tumanida qurigan 29 tup daraxt kesib tashlandi. 2021-yil bahorida “obodonlashtirish” doirasida ushbu hududdagi 55 tup daraxt tagiga polietilen plyonka to‘shalib, keramzit sepilgandi. Oqibatda 33 ta daraxtda qurish belgilari aniqlangan.

Hafta davomida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi
25 sentabr 2023, 11:29

Hafta davomida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi

O‘zbekistonda hafta davomida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Kechalari va ertalab harorat +12…+17 daraja atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari +30 darajagacha isiydi. Ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Qashqadaryo va Farg‘onada o‘qishga kiritib qo‘yish uchun fuqarolardan pul olgan shaxslar ushlandi
25 sentabr 2023, 10:52

Qashqadaryo va Farg‘onada o‘qishga kiritib qo‘yish uchun fuqarolardan pul olgan shaxslar ushlandi

Qarshidagi jamoat salomatligi texnikumi va Farg‘onadagi TATU filialiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, fuqarolardan pul olishda gumonlanganlar qo‘lga olindi.

Poytaxtning 3 ta tumanidagi ayrim joylarda elektr vaqtincha bo‘lmaydi
25 sentabr 2023, 09:47

Poytaxtning 3 ta tumanidagi ayrim joylarda elektr vaqtincha bo‘lmaydi

Chilonzor, Yakkasaroy va Mirzo Ulug‘bek tumanlaridagi ayrim hududlar 25-sentabr kuni elektr ta’minotidan vaqtincha uziladi.

Akfa universitetining sobiq rektori Abdujabbor Abduvohidovni obro‘siga dog‘ tushirish va tahdid qilishda aybladi
24 sentabr 2023, 21:13

Akfa universitetining sobiq rektori Abdujabbor Abduvohidovni obro‘siga dog‘ tushirish va tahdid qilishda aybladi

Akfa universitetining sobiq rektori Bexzod Jalilov OTM yangi rahbariyati qo‘ygan ayblovlarni rad etdi. U OTM kuzatuv kengashi raisi Abdujabbor Abduvohidovni obro‘siga dog‘ tushirish va tahdidlarda ayblab, oliygoh rivojiga e’tibor qaratishini maslahat berdi va prezidentdan xavfsizligini ta’minlashni so‘radi.

Shavkat Mirziyoyev Italiya sobiq prezidenti Jorjo Napolitano vafoti munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi
24 sentabr 2023, 14:35

Shavkat Mirziyoyev Italiya sobiq prezidenti Jorjo Napolitano vafoti munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Italiyaning sobiq prezidenti, senator Jorjo Napolitano vafoti munosabati bilan mamlakat prezidenti va xalqiga ta’ziya yo‘lladi.

Oliy harbiy ta’lim muassasalarida kursantlar qasamyod qabul qildi (foto)
24 sentabr 2023, 13:13

Oliy harbiy ta’lim muassasalarida kursantlar qasamyod qabul qildi (foto)

Yakshanba kuni Mudofaa vazirligiga qarashli oliy harbiy ta’lim muassasalarida birinchi bosqich kursantlarining qasamyod qabul qilish marosimlari bo‘lib o‘tdi. Foto.

Toshkentda poyezd ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan yigitni 27 ming voltli tok urdi
24 sentabr 2023, 10:50

Toshkentda poyezd ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan yigitni 27 ming voltli tok urdi

Toshkentdagi “Hamza” temiryo‘l bekatida poyezd ustiga chiqib, selfi tushmoqchi bo‘lgan 18 yoshli yigitni 27 ming voltli tok urdi. Hozirda uning ahvoli og‘irligi aytilmoqda.

DXX 3 ta viloyatda qalbaki valyutalarning muomalaga chiqarilishiga chek qo‘ydi
24 sentabr 2023, 10:30

DXX 3 ta viloyatda qalbaki valyutalarning muomalaga chiqarilishiga chek qo‘ydi

DXX Sirdaryo, Buxoro va Navoiy viloyatlarida qalbaki valyutalarning muomalaga chiqarilishiga chek qo‘ydi. Xususan, bir holatda qalbaki 10 ming dollarni 5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar, yana birida esa soxta 14 ming dollarni o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi.

Central Asian University universitetida (sobiq Akfa) mojaro avj oldi. OTM sobiq rektorni ayblamoqda
23 sentabr 2023, 20:26

Central Asian University universitetida (sobiq Akfa) mojaro avj oldi. OTM sobiq rektorni ayblamoqda

Central Asian University universitetida (sobiq Akfa) talabalar — ikki yillik tayyorgarlikdan so‘ng ikkinchi bosqichga o‘qishga qabul qilingan maktab bitiruvchilariga o‘qishni davom ettira olmasliklari aytildi. Ular OTMga kiritilmayapti. Universitet sobiq rahbariyat qonunni buzganini da’vo qilmoqda.

O‘zbekistonda bolalarning ommaviy zaharlanishi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
23 sentabr 2023, 19:40

O‘zbekistonda bolalarning ommaviy zaharlanishi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonda bolalarning ommaviy zaharlanishi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Ayni paytda ish Namangan viloyat prokuraturasidan Bosh prokuraturaga o‘tkazilgan.

O‘zbekistonda keng ko‘lamli avtoko‘rgazma bo‘lib o‘tadi
23 sentabr 2023, 19:00

O‘zbekistonda keng ko‘lamli avtoko‘rgazma bo‘lib o‘tadi

Toshkentda 25−27-sentabr kunlari Automotive Industry Tashkent 2023 ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Unda mehmonlar avtomobilsozlik sanoatining so‘nggi texnologiyalari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Namanganda 450 nafar bola kasallangan, ularning 143 nafari tuzalgan — SSV rahbari o‘rinbosari
23 sentabr 2023, 17:22

Namanganda 450 nafar bola kasallangan, ularning 143 nafari tuzalgan — SSV rahbari o‘rinbosari

Namangan viloyatida 2 kun davomida 450 nafar bolaning sog‘lig‘i yuzasidan shikoyatlar kelib tushgan bo‘lsa, shundan 306 nafari Chust tumaniga to‘g‘ri keladi, dedi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova. Uning qayd etishicha, bolalarning sog‘lig‘i yomonlashishiga zaharlanish emas, ORVI sabab bo‘lishi mumkin.

OTB O‘zbekiston uchun iqtisodiy o‘sish prognozini yaxshiladi, biroq aholi daromadlari pasayganini qayd etdi
23 sentabr 2023, 15:38

OTB O‘zbekiston uchun iqtisodiy o‘sish prognozini yaxshiladi, biroq aholi daromadlari pasayganini qayd etdi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda 2023-yilda iqtisodiy o‘sish prognozini 5 foizdan 5,5 foizga yaxshiladi. Bank ish haqi va pensiyalar oshishiga qaramay, aholining real daromadlari kamaygani sababli iste’molning sekinlashishiga ishora qilmoqda. Inflyatsiya kutilmalari esa MB prognozidan ancha yuqoriligicha qolmoqda.

Viloyat markazlaridagi bozorlar va xiyobonlarda yuzni tanib oladigan videokameralar o‘rnatiladi
23 sentabr 2023, 13:52

Viloyat markazlaridagi bozorlar va xiyobonlarda yuzni tanib oladigan videokameralar o‘rnatiladi

O‘zbekistondagi yirik bozorlar, istirohat bog‘lari va xiyobonlarning ma’muriyati bilan birgalikda obyektlarning asosiy kirish joylariga shaxsni yuzidan tanib oladigan videokameralar o‘rnatiladi.

O‘zbekistonda endi kadrlarni boshqarishga oid hujjatlar yagona platformada yuritiladi
23 sentabr 2023, 13:23

O‘zbekistonda endi kadrlarni boshqarishga oid hujjatlar yagona platformada yuritiladi

O‘zbekistonda 2023-yil 1-noyabrdan boshlab respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari inson resurslarini boshqarishga oid hujjatlar elektron platformada (hrm.argos.uz) shakllantiriladi va yuritiladi.

IndiGo Dehlidan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi
23 sentabr 2023, 10:45

IndiGo Dehlidan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

Hindistonning IndiGo aviakompaniyasi Dehli-Toshkent-Dehli yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi. Parvozlar haftasiga to‘rt marta amalga oshiriladi.

"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting