Uzbekistan Airways 28 martdan boshlab Toshkent-Milan-Toshkent va 31 martdan Toshkent-Parij-Toshkent yo‘nalishida aviaqatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi, deya xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.
Parvozlar haftada ikki marta — seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi. Xususan, Toshkent-Milan yo‘nalishida aviachiptalar 4 391 000 so‘mdan, Toshkent-Milan-Toshkent yo‘nalishida esa 6 084 752 so‘mdan boshlanadi.
Toshkent-Parij yo‘nalishida aviachiptalar 4 317 000 so‘mdan, Toshkent- Parij -Toshkent yo‘nalishida esa 6 337 975 so‘mdan boshlanadi.
Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan 3 foiz chegirma bilan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Eslatib o‘tamiz, aviakompaniya oktabr oyida qishki parvozlar jadvaliga o‘tishi munosabati bilan Urganch-Milan-Toshkent, Urganch-Rim-Toshkent va Toshkent-Parij-Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha mavsumiy aviaqatnovlar vaqtincha to‘xtatilishini ma’lum qilgandi.