O‘zbekistonlik 27 yoshli futbolchi Eldor Shomurodov Italiyaning «Roma» klubidan «Spetsiya» jamoasiga o‘tdi. Bu haqda «Spetsiya» futbol klubining rasmiy saytida e’lon qilindi.

«27 yoshida Shomurodov 14-raqamli formada «burgutlar»ga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor. Xush kelibsan Eldor!», — deyiladi xabarda.

Klub hujumchini sotib olish shartisiz 2023 yilning 30 iyuniga qadar ijaraga olganini ma’lum qildi. Shomurodov joriy mavsumning qolgan qismini «Spesiya»da o‘tkazadi. Rimliklar transfer natijasida 1,5 mln yevro ishlab olishi kutilmoqda.

Qolaversa, futbolchi ham Instagram`dagi sahifasida o‘zini «Spetsiya» klubi o‘yinchisi" deya ta’rifladi.

специя, элдор шомuродов

Eldor Shomurodov joriy mavsum A seriyada 6 ta o‘yinda maydonga tushib, gol ura olmadi.

U O‘zbekistonning «Mash’al» yoshlar klubi safida ulg‘ayib, oliy ligada 18 yoshida asosiy tarkibda debyut qilgan. 2015 yilda «Bunyodkor»ga o‘tgan. 2017 yilda Rossiyaning «Rostov» klubida, 2020 yildan boshlab esa Italiyaning «Jenoa» jamoasida o‘ynadi.

Shundan so‘ng, uning omadli yurishi davom etib, 2021 yilning avgust oyida «Roma» klubi safiga qo‘shildi. O‘shanda Italiyaning «Roma» klubi «Jenoa» safida to‘p surgan o‘zbekistonlik hujumchi transferi uchun 17,5 mln yevro to‘lagandi. Uchrashuvlar davomida u Konferensiyalar ligasidagi g‘alabali o‘yinning bosh qahramonlaridan biri bo‘ldi.