Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida kanalga tushib ketgan avtomobil chiqarib olindi, deb xabar bermoqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati.
Qayd etilishicha, 3 mart kuni soat 11:00 da tuman FV bo‘limiga Spark haydovchisi Uchqo‘rg‘on-Qo‘g‘ay yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan vaqtida ehtiyotsizlik oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, «Katta Magol» MFY hududidan oqib o‘tuvchi kanalga tushib ketgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, tuman FV bo‘limi qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil kanaldan chiqarib olindi.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Avvalroq Surxondaryoda yuk mashinasi, Toshkent viloyatida Cobalt, Farg‘onada Nexia-2, Namanganda yana bir Nexia-2 kanalga tushib ketgani haqida xabarlar berilgandi.