O‘zgidromet 4−10 mart kunlari respublikaning 6 ta viloyatida qor ko‘chish xavfini e’lon qildi.

Yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sabab sodir bo‘ladigan hodisa quyidagi hudularda kuzatiladi:

  • Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Samarqand, Urgut tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining «Chimyon» tog‘larida;
  • Namangan viloyati: Pop tumanida;
  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona tumanida.

Tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘raldi.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zgidromet 5−10 mart kunlari 9 ta viloyatda hamda tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli va shamol tezligi kuchayishi haqida ogohlantirgandi.