O‘zgidromet xizmati agentligi dam olish kunlari — 4−5 mart sanalarida kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

4 martda respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlariga Kavkazdan nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘istonning ba’zi joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

5 martda nam havo massasi O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzgi havo harorati +21…+24 daraja, yomg‘ir paytida +18…+20 daraja atrofida bo‘ladi.

3−5 mart kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayib, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatiladi. Navoiy va Jizzax viloyatlarida 5 martda 22−25 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Poytaxtda 3−4 mart kunlari havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 5 martda biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 5−10 m/s tezlikda esadi, 5 martda 12−15 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Havo harorati juma kuni kunduzi +17…+19 darajani, shanba va yakshanba kunlari +19…+21 darajani tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zgidromet 5−10 mart kunlari 9 ta viloyatda hamda tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli haqida ogohlantirgandi.