Вьетнамнинг VietJet Air aviakompaniyasi Xoshimin-Toshkent-Xoshimin yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar qildi.

Aviatashuvchi va Uzbekistan Airports o‘rtasida yerda xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tegishli shartnoma imzolandi. Birinchi charter reysi 2023 yil 2 mayga belgilangan.

Parvozlar 367 yo‘lovchiga mo‘ljallangan A-330 samolyotlarida amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda parvozlar charter asosida har 10 kunda bir marta amalga oshiriladi.

VietJet Air — Vetnamda tashkil etilgan birinchi xususiy, xalqaro arzon aviakompaniya, shtab-kvartirasi Xoshimin shahrida joylashgan. VietJet Air besh yil davomida (2017−2021 yillar) eng yaxshi ultra arzon aviakompaniya sifatida e’tirof etilgan.