IELTS Zone o‘quv markazi asoschisi Bekzod Mirahmedov O‘zbekistonda xalqaro ingliz tilini baholash tizimi (IELTS)dan maksimal 9 ballni qo‘lga kiritdi. Bu ma’lumotni u imtihon topshirgan Edu-Action IELTS test markazi «Gazeta.uz»ga tasdiqladi.

Bekzod Mirahmedov 3 mart kuni o‘zining Instagram sahifasida sertifikatni qabul qilib olgani haqida video joyladi.

U IELTS imtihonining 3 ta qismidan — Listening (tinglab tushunish), Speaking (so‘zlash) va Reading (o‘qib tushunish)dan 9 ball, Writing (yozish) imtihonidan esa 8 ballni qo‘lga kiritgan.

Bekzod Mirahmedov so‘nggi marta yanvar oyida mazkur imtihondan o‘tib, 8,5 ball olgandi.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Ma’lumot uchun, Bekzod Mirahmedov IELTS Zone o‘quv markazida dars beradi. Shuningdek, 10 yildan ortiq tajribaga ega IELTS instruktor hisoblanadi.