Yutong Bus (Xitoy) Toshkentga 300 ta E12 elektr avtobuslari va 500 ta siqilgan gazda harakatlanuvchi avtobuslarni yetkazib berish boshlanganini ma’lum qildi.

Bir necha partiyalarda amalga oshiriladigan buyurtmani ishga tushirish marosimi Chjenchjoudagi Yutong New Energy Plant zavodida bo‘lib o‘tdi.

yutong, elektrобус

«Hi, Tashkent» yozuvi tushirilgan sahnada ishlab chiqaruvchi va mezbon tomon vakillari chiqish qildi.

Elektrobuslar avval keltirilgan 20 donadan iborat birinchi partiyadagi kabi po‘lat rangda, gazda harakatlanuvchilari esa Toshkentda qatnovchi aksariyat avtobuslar singari oq chiziqli yashil rangda bo‘ladi.

yutong, elektrобус

Avvalroq, O‘zbekiston poytaxt jamoat transporti parkini to‘ldirish dasturi doirasida Yutong Bus kompaniyasidan 500 dona 12 metrli avtobus va 300 dona 12 metrli elektr avtobuslari va ular uchun 150 ta zaryadlash stansiyasi bilan xarid qilinishi haqida yozgan edik.

yutong, elektrобус

Bundan tashqari, Xitoyning King Long kompaniyasi siqilgan gaz bilan harakatlanuvchi 18 metr uzunlikdagi 200 ta bo‘g‘imli («garmoshkali») shahar avtobuslarini yetkazib beradi.

Joriy yilda Nukus shahri va mamlakatimiz viloyatlari markazlari uchun Xitoy ishlab chiqaruvchisidan yana 1000 dona gazda ishlaydigan avtobus xarid qilinadi.