11 yoshli qizga buzuq harakatlar qilgan erkak 3 yilga qamaldi
25 mart 2024, 17:40

11 yoshli qizga buzuq harakatlar qilgan erkak 3 yilga qamaldi

Toshkent shahri sudi liftda 11 yoshli qizga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilgan erkakni 3 yilga ozodlikdan mahrum etdi.

Dunyo aholisi kamayishni boshlaydi — tadqiqot
25 mart 2024, 17:30

Dunyo aholisi kamayishni boshlaydi — tadqiqot

Tadqiqotchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, yaqin o‘n yilliklarda Yer aholisi tug‘ilishning keskin pasayishi tufayli kamaya boshlaydi. 2050-yilda 204 ta davlatdan 155 tasida tug‘ilish darajasi aholining o‘rnini bosadigan darajadan past bo‘ladi. Bu O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmaydi.

BYD vakili bilan intervyu: “BYD falsafasi iste’molchilar uchun javobgar bo‘lishdir”
25 mart 2024, 16:03

BYD vakili bilan intervyu: “BYD falsafasi iste’molchilar uchun javobgar bo‘lishdir”

BYD vakili Ivan Sao O‘zbekistonda avtomobillarning tartibsiz importini cheklash rejalari haqidagi xabarga izoh berdi. U joriy yilda modellar soni 10 ta pozitsiyaga kengaytirilishini aytdi va BYD Xitoyda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham narxlarni o‘zgartiradimi, degan savolga javob berdi.

Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi
25 mart 2024, 14:31

Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi

2025-yil Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Senati raisi Tanzila Narbayeva ittifoq raisi Tuliya Ekson bilan uchrashuvda assambleya hamda uning tegishli majlislarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqdi.

“Yiliga 100 tonna oltin qazib olyapmiz, lekin atigi 6 foizi qayta ishlanyapti” — prezident
25 mart 2024, 14:23

“Yiliga 100 tonna oltin qazib olyapmiz, lekin atigi 6 foizi qayta ishlanyapti” — prezident

Prezident Namangandagi zargarlik korxonasiga tashrifi chog‘ida O‘zbekistonda yiliga 100 tonna oltin qazib olinayotgani, biroq uning atigi 6 foizi qayta ishlanayotganini aytdi. Unga ko‘ra, soha uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratilmoqda. “Bu — boshlanishi. Sohani hali yana rivojlantiramiz”, — deya ishontirdi u.

Toshkentda 26-martdan isitish mavsumi yakunlanadi
25 mart 2024, 11:52

Toshkentda 26-martdan isitish mavsumi yakunlanadi

O‘rtacha sutkalik harorat +10 darajadan yuqori bo‘layotgani sababli 26-martdan Toshkent shahrida isitish mavsumi yakunlanadi.

Hafta o‘rtasidan harorat pasaya boshlaydi va yomg‘ir yog‘adi
25 mart 2024, 11:43

Hafta o‘rtasidan harorat pasaya boshlaydi va yomg‘ir yog‘adi

Dushanba, seshanba kunlari yuqori harorat saqlanib turadi, so‘ng O‘zbekistonga O‘rta dengizdan nam havoning bir qismi kirib kela boshlaydi. Joylarda shamol tezligi kuchayib, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat ish haftasining oxiriga kelib kunduzi +13…+18 daraja iliqni tashkil etadi.

Tog‘li hududlarda 26−31-mart kunlari sel-suv toshqinlari kuzatilishi mumkin
25 mart 2024, 11:20

Tog‘li hududlarda 26−31-mart kunlari sel-suv toshqinlari kuzatilishi mumkin

O‘zgidromet 26−31-mart kunlari O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishidan ogohlantirdi. Yomg‘ir suvlari to‘planishi suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Bosh vazir Rossiya xalqiga hamdardlik bildirdi
25 mart 2024, 10:41

Bosh vazir Rossiya xalqiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston bosh vaziri Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasiga borib, Moskva viloyatida yuz bergan terakt munosabati bilan Rossiya xalqiga hamdardlik bildirdi. Bir qator vazirlar va parlament palatalari rahbariyati vakillari ham hamdardlik kitobiga o‘z yozuvlarini qoldirdi.

“Katta dubulg‘a” turniri: O‘zbekistonlik dzyudochilar 2 ta medalni qo‘lga kiritdi
25 mart 2024, 10:32

“Katta dubulg‘a” turniri: O‘zbekistonlik dzyudochilar 2 ta medalni qo‘lga kiritdi

Gruziyada o‘tgan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turnirida O‘zbekistondan borgan 18 nafar sportchining 2 nafari — Sardor Nurillayev va Sharofiddin Boltaboyev kumush medal oldi. Toshkentda o‘tgan avvalgi turnir o‘zbekistonliklarga omadliroq kelgandi (6 ta medal).

Prezident Namangan viloyatiga boradi
25 mart 2024, 10:08

Prezident Namangan viloyatiga boradi

Dushanba kuni Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyuradi. Davlat rahbari iqtisodiy loyihalarni ko‘zdan kechiradi va yirik energetika obyektlari qurilishini boshlab beradi. Shuningdek, iftorlik dasturxoni yozilishi ham reja qilinmoqda.

Toshkentda 4 ta yengil avtomobil to‘qnashishi oqibatida 6 kishi jarohatlandi
25 mart 2024, 09:30

Toshkentda 4 ta yengil avtomobil to‘qnashishi oqibatida 6 kishi jarohatlandi

Toshkentda kechasi Jahon tillari universiteti yaqinida to‘rtta avtomobil to‘qnashib ketdi, oqibatda olti kishi jarohat oldi. Kecha tunda, shuningdek, Bunyodkor shoh ko‘chasida oltita avtomobil to‘qnashib ketdi.

Qumqo‘rg‘ondagi sel talafotlarini bartaraf etish uchun Surxondaryoning barcha tumanlaridan yordam chaqirildi
24 mart 2024, 11:29

Qumqo‘rg‘ondagi sel talafotlarini bartaraf etish uchun Surxondaryoning barcha tumanlaridan yordam chaqirildi

Qumqo‘rg‘ondagi sel talafotlarini bartaraf etishga Surxondaryoning boshqa tumanlaridan 10 ming kishi, 350 dan ortiq yuk va maxsus transport vositalari jalb qilindi. Ichki yo‘llar shag‘allashtirilib, aholi xonadonlari va boshqa obyektlar dezinfeksiyalandi, daraxt va buta ko‘chatlari o‘tqazildi. Foto.

2023-yilda “O‘zbekneftgaz”ning sof foydasi ikki barobardan ko‘proqqa kamaydi
24 mart 2024, 10:59

2023-yilda “O‘zbekneftgaz”ning sof foydasi ikki barobardan ko‘proqqa kamaydi

“O‘zbekneftgaz”ning sof foydasi 2023-yilda 611,6 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022-yilga nisbatan 52,6 foizga qisqardi. Oxirgi uch yilda uning daromadlari besh baravarga — 3,3 trln so‘mdan 611 mlrd so‘mgacha kamaydi. Moliyaviy ko‘rsatkichlarning pasayishi kapital, taqsimlanmagan va yalpi foydada kuzatilgan.

Salim Abduvaliyev (Salimboy) 6 yilga qamaldi
23 mart 2024, 17:25

Salim Abduvaliyev (Salimboy) 6 yilga qamaldi

“Salimboy” nomi bilan tanilgan tadbirkor Salim Abduvaliyev o‘qotar qurollarning noqonuniy muomalasida ayblanib, 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali gaplashdi
23 mart 2024, 15:59

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali gaplashdi

O‘zbekiston prezidenti Rossiya prezidenti bilan telefon orqali muloqotda hamdardlik bildirdi va zarur yordam ko‘rsatishga tayyorligini ta’kidladi. Davlat rahbarlari ikki mamlakat xavfsizligi va barqarorligiga tahdid bo‘lgan kuchga qarshi kurashishga kelishib oldi.

O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi o‘z missiyasini yakunladi
23 mart 2024, 13:57

O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi o‘z missiyasini yakunladi

2018-yilning may oyidan beri O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi bo‘lib ishlab kelgan Ulug‘bek Maqsudov o‘z diplomatik missiyasini yakunladi.

Moskvadagi terakt qurbonlari soni 93 kishiga yetdi, gumonlanuvchilar qo‘lga olindi
23 mart 2024, 13:43

Moskvadagi terakt qurbonlari soni 93 kishiga yetdi, gumonlanuvchilar qo‘lga olindi

Rossiya Tergov qo‘mitasi “Krokus Siti Holl”ga uyushtirilgan hujumda ishtirok etgan 4 kishi hibsga olingani, shuningdek, terakt qurbonlari soni 93 kishiga yetganini ma’lum qildi. “O‘lganlar soni yana ortishi mumkin”, — deyiladi xabarda.

Samarqandda egizak chaqaloqlar sumkaga solingan holda uy yo‘lagiga tashlab ketildi
23 mart 2024, 11:59

Samarqandda egizak chaqaloqlar sumkaga solingan holda uy yo‘lagiga tashlab ketildi

Samarqand shahrida tug‘ilganiga 4−5 kun bo‘lgan 2 chaqaloq ko‘p qavatli uyning kirish yo‘lagida qoldirib ketildi. Sumkaga solingan qiz chaqaloqlarni hudud hamshirasi topib oldi. Ularning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda. Bolalarni kim qoldirib ketgani hozircha noma’lum.

“Antistrumin” dorisini ishlab chiqargan Samo`ning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi
23 mart 2024, 11:35

“Antistrumin” dorisini ishlab chiqargan Samo`ning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

Bolalarning ommaviy zaharlanishiga sabab bo‘lgan, yod tarkibli “Antistrumin” tabletkalarini ishlab chiqargan Samo MCHJ qo‘pol qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘ygani aniqlanib, uning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting