O‘zbekiston elchisi Ulug‘bek Maqsudov 23-mart kuni Saudiya Arabistonidagi diplomatik missiyasini yakunladi, deb xabar berdi “Dunyo” axborot agentligi.

Maqsudov elchi lavozimda 2018-yilning may oyidan beri ishlab kelayotgandi.

Ma’lumot uchun, Ulug‘bek Maqsudov bosh qarorgohi Jidda shahrida joylashgan Islom hamkorlik tashkilotidagi O‘zbekistonning doimiy vakili ham bo‘lgan.