25-mart kuni Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyuradi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Prezident iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amalga oshirilayotgan loyihalarni ko‘zdan kechiradi va yirik energetika obyektlari qurilishini boshlab beradi, mahallalar hayoti bilan tanishadi. Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning kelgusi vazifalari belgilab beriladi.

Shuningdek, iftorlik dasturxoni yozilishi rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.