25-mart kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurib, elchi Oleg Malginov orqali butun Rossiya xalqiga hamdardlik bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston hukumati rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

абдулла арипов, москva viloyatidagi terakt

Avvalroq Abdulla Aripov Rossiya hukumati raisi Vladimir Mishustinga Moskva viloyatidagi “Krokus siti holl” majmuasida sodir etilgan terakt oqibatida ko‘plab qurbonlar va jarohatlanganlar munosabati bilan hamdardlik bildirgandi.

24-mart Rossiyada terakt oqibatida halok bo‘lganlar xotirasiga motam kuni deb e’lon qilindi. Shu kuni Rossiya elchixonasiga bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov, ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov, favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qo‘ldoshev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov, Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev va boshqa rasmiylar tashrif buyurdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, terakt oqibatida 137 kishi halok bo‘lgan, 150 ga yaqin kishi jarohatlangan.