Latviya tashqi ishlar vaziri budjet hisobidan shaxsiy samolyotlarda uchgani bilan bog‘liq mojaro sabab iste’foga chiqadi
28 mart 2024, 19:53

Latviya tashqi ishlar vaziri budjet hisobidan shaxsiy samolyotlarda uchgani bilan bog‘liq mojaro sabab iste’foga chiqadi

Latviya tashqi ishlar vaziri Krishyanis Karinsh bosh vazir bo‘lgan vaqtida budjet hisobidan shaxsiy samolyotlarda uchgani bilan bog‘liq mojaro tufayli o‘z lavozimini tark etishini e’lon qildi. U bosh vazirlik paytida 32 marta shaxsiy samolyotlarda chet el safarlariga borgan va bu budjetga 613 ming yevroga tushgan.

Rossiya Ukrainaga qarshi yirik hujumga tayyorlanmoqda — Economist
28 mart 2024, 19:48

Rossiya Ukrainaga qarshi yirik hujumga tayyorlanmoqda — Economist

Rossiya armiyasi Ukrainaga qarshi yangi yirik hujumni boshlashi mumkin, Kiyevning unga bardosh bera olish qobiliyati esa bir yil avvalgiga nisbatan “ishonchsizroq ko‘rinmoqda”, deb yozdi Economist. Ukraina zudlik bilan ko‘proq qo‘shin mobilizatsiya qilishi va ishonchli mudofaa chizig‘i qurishi kerak.

Toshkentning markaziy hududlarida bir kunga issiq suv o‘chiriladi
28 mart 2024, 17:55

Toshkentning markaziy hududlarida bir kunga issiq suv o‘chiriladi

Toshkentning markaziy hududlarida 29-mart kuni issiqlik tarmoqlarini sinovdan o‘tkazish munosabati bilan issiq suv bir kunga to‘xtatiladi.

Toshkent-Chinoz yo‘lini rekonstruksiya qilishga Xitoydan kompaniya jalb etilishi mumkin
28 mart 2024, 17:24

Toshkent-Chinoz yo‘lini rekonstruksiya qilishga Xitoydan kompaniya jalb etilishi mumkin

Xitoyning CITIC Construction kompaniyasi Toshkent-Chinoz yo‘lini rekonstruksiya qilish loyihasiga qiziqish bildirmoqda. Uni ta’mirlash 2022-yil boshida muhokama qilingandi. Kompaniya, shuningdek, O‘zbekistonda pulli yo‘llar qurishni reja qilmoqda.

Davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurashish reytingi e’lon qilindi
28 mart 2024, 16:40

Davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurashish reytingi e’lon qilindi

Antikorrupsiya agenligi davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha reytingini e’lon qildi. Vazirliklar orasida Tog‘-kon sanoati vazirligi eng yaxshi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi eng yomon natijani qayd etdi. Hokimliklar orasida eng quyi o‘rindan Andijon viloyati hokimligi joy oldi.

Rossiyadagi teraktdan so‘ng Qozog‘istondagi savdo markazlari va konsert zallarida tekshiruv o‘tkaziladi
28 mart 2024, 16:27

Rossiyadagi teraktdan so‘ng Qozog‘istondagi savdo markazlari va konsert zallarida tekshiruv o‘tkaziladi

Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari Rossiyadagi “Krokus siti holl”da sodir etilgan teraktdan keyin mamlakatning barcha yirik savdo markazlari, konsert zallari va odamlar gavjum bo‘ladigan boshqa joylarini tekshiradi.

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish uchun 800 mlrd so‘m talab etiladi — Statistika agentligi
28 mart 2024, 15:53

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish uchun 800 mlrd so‘m talab etiladi — Statistika agentligi

O‘zbekistonda aholi ro‘yxatini o‘tkazish uchun oldindan 800 mlrd so‘m talab etiladi, deya ma’lum qildi Statistika agentligi. Tadbir 2025−2026-yillarda o‘tkazilishi reja qilingan.

Samarqandda qum-shag‘al qazib olishi oqibatida davlatga 6 mlrd so‘m zarar yetkazgan shaxslar aniqlandi
28 mart 2024, 15:16

Samarqandda qum-shag‘al qazib olishi oqibatida davlatga 6 mlrd so‘m zarar yetkazgan shaxslar aniqlandi

Samarqand viloyatidagi Oqdaryo daryosidan 13 ming kub hajmdagi qum-shag‘alni o‘zboshimchalik bilan qazib olganlar aniqlandi. Ular davlat va jamiyat manfaatlariga 6 mlrd so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi.

Senatning 51-yalpi majlisi 30-mart kuni bo‘lib o‘tadi
28 mart 2024, 15:15

Senatning 51-yalpi majlisi 30-mart kuni bo‘lib o‘tadi

Senatning ellik birinchi yalpi majlisi 30-mart kuni o‘tkaziladi. Unda “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi, sud faoliyati yuzasidan va boshqa qonunlarga o‘zgartirishlar kiritish muhokama qilinadi. Shuningdek, inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman)ning 2023-yildagi faoliyati bo‘yicha hisoboti eshitiladi.

UzAuto Motors Labo uchun qo‘shimcha kontraktatsiya ochadi
28 mart 2024, 14:41

UzAuto Motors Labo uchun qo‘shimcha kontraktatsiya ochadi

UzAuto Motors 29-mart kuni Labo avtomobili uchun qo‘shimcha kontraktatsiya ochilishini ma’lum qildi. Kompaniya narxlar o‘zgarishsiz qolishini alohida ta’kidladi.

O‘zbekistonda ayollar iqtisodiyotda erkaklar bilan teng qatnashsa, YMD 29 foizga oshishi mumkin — Jahon banki
28 mart 2024, 14:11

O‘zbekistonda ayollar iqtisodiyotda erkaklar bilan teng qatnashsa, YMD 29 foizga oshishi mumkin — Jahon banki

Jahon banki O‘zbekistondagi gender holati bo‘yicha hisobotining asosiy xulosa va tavsiyalarini taqdim etdi. Unga ko‘ra, agar ayollar iqtisodiy hayotda erkaklar bilan teng ishtirok eta olsa, O‘zbekiston yalpi milliy daromadi (YMD) taxminan 29 foizga oshishi va 700 mingdan ortiq odam kambag‘allikdan chiqishi mumkin.

Surxondaryoda YTH oqibatida ayol va uning 2 farzandi halok bo‘ldi
28 mart 2024, 14:03

Surxondaryoda YTH oqibatida ayol va uning 2 farzandi halok bo‘ldi

Sariosiyo tumanida 41 yoshli ayol boshqaruvidagi Nexia 3 yo‘ldan chiqib ketib, beton to‘siqqa urildi. YTH ortidan avtomobilda yong‘in yuz berdi, oqibatda ayol va uning ikki bolasi voqea joyida halok bo‘ldi. Mashinadagi ayolning qarindoshi va yana bir farzandi shifoxonaga yotqizildi.

Kuchli shamol oqibatida Toshkent viloyatidagi 12,5 mingta iste’molchi elektrsiz qoldi
28 mart 2024, 11:54

Kuchli shamol oqibatida Toshkent viloyatidagi 12,5 mingta iste’molchi elektrsiz qoldi

Kuchli shamol tufayli Toshkent shahridagi elektr uzatish tarmog‘i avariyaviy o‘chdi. Oqibatda Toshkent viloyatidagi 12,5 mingdan ortiq iste’molchi elektr ta’minotidan uzildi. Chilonzorda daraxt qulab tushgani sababli gaz quvuri uzilib, 768 ta xonadon vaqtincha gazsiz qoldi.

Raqibini “hazillashib” tepgan “Bunyodkor” futbolchisi 2 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi
28 mart 2024, 11:45

Raqibini “hazillashib” tepgan “Bunyodkor” futbolchisi 2 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi

O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasi “Andijon” — “Bunyodkor” o‘yinida raqibini “hazillashib” tepgan Usmonali Ismonaliyevni (Bunyodkor) 2 ta o‘yinga chetlashtirdi. Jamoadoshini zarbadan so‘ng yiqilishga majburlagan Farhod Bekmuratovga ham (Andijon) jarima qo‘llandi. Holat videosi tarmoqlarda millionlab marta ko‘rildi.

O‘zbekiston Rossiyadan gaz importini 2024-yilda uch baravar oshirishni rejalashtirmoqda
28 mart 2024, 11:18

O‘zbekiston Rossiyadan gaz importini 2024-yilda uch baravar oshirishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston hukumati 2024-yilda Qozog‘iston orqali Rossiya gazi importini uch baravar oshirishni reja qilmoqda, deb yozmoqda “TASS”.

Temiryo‘l kesishmasini ta’mirlash uchun Toshkentdagi halqa yo‘lining bir qismi tungi vaqtda yopiladi
28 mart 2024, 11:06

Temiryo‘l kesishmasini ta’mirlash uchun Toshkentdagi halqa yo‘lining bir qismi tungi vaqtda yopiladi

Toshkent shahridagi Temur Malik ko‘chasining (halqa yo‘li) “Lokomotiv” istirohat bog‘i yaqinidagi qismida 28-mart soat 21:00 dan 29-mart soat 6:00 ga qadar transport harakati to‘xtatiladi.

Qirg‘iziston bojxona xizmati rahbarining sobiq o‘rinbosari Rayimbek Matraimov qo‘lga olindi
28 mart 2024, 10:33

Qirg‘iziston bojxona xizmati rahbarining sobiq o‘rinbosari Rayimbek Matraimov qo‘lga olindi

Qirg‘iziston maxsus xizmatlari bojxona xizmati rahbarining sobiq o‘rinbosari Rayimbek Matraimovni jinoiy daromadlarni legallashtirishda gumonlab qo‘lga oldi. Sobiq amaldor Bokudan Bishkekka ekstraditsiya qilindi. Matraimovning “qonundagi o‘g‘ri”, marhum Qamchi Ko‘lboyev bilan aloqasi bo‘lgani da’vo qilinmoqda.

Zargarlik markazi, turizm, sanoat va eksport. Prezident Namangan viloyatini rivojlantirish rejalari haqida gapirdi
28 mart 2024, 10:28

Zargarlik markazi, turizm, sanoat va eksport. Prezident Namangan viloyatini rivojlantirish rejalari haqida gapirdi

Prezidenti Namangan viloyatini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish chora-tadbirlarini ko‘rib chiqdi. Viloyatda Turkiya tajribasi asosida zargarlik markazi qurish, tog‘ turizmi va yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish, Qamchiq dovoni yonida logistika markazi ochish va boshqalar rejalashtirilmoqda.

Angrenda 9-sinf o‘quvchisi o‘zidan ikki yosh katta bola bilan urishib, uni o‘ldirib qo‘ydi
28 mart 2024, 09:52

Angrenda 9-sinf o‘quvchisi o‘zidan ikki yosh katta bola bilan urishib, uni o‘ldirib qo‘ydi

Angren shahrida 2008-yilda tug‘ilgan o‘smir o‘zidan ikki yosh katta bola bilan janjallashib, uni o‘ldirib qo‘ydi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Xulq-atvor iqtisodiyoti asoschilaridan biri Daniel Kaneman vafot etdi
28 mart 2024, 09:25

Xulq-atvor iqtisodiyoti asoschilaridan biri Daniel Kaneman vafot etdi

Psixolog va iqtisodchi, iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori, xulq-atvor iqtisodiyoti asoschilaridan biri Daniel Kaneman 90 yoshida vafot etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting