Kuchli yomg‘irlar yog‘ishi kutilayotgani sababli 26−31-mart kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin, deya ogohlatirmoqda O‘zgidromet xizmati agentligi.

Qayd etilishicha, 26−30-mart kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq ham bo‘lishi mumkin.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘raldi.

Infografika: O‘zgidromet.Infografika: O‘zgidromet.

Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin, deya eslatdi agentlik.

26−28-mart kunlari shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 22−25 m/s gacha kuchayishi mumkin.