Suriyadagi terrorchilar safida jang qilib jarohatlangan o‘zbekistonlik yigit 6 yilga qamaldi
26 mart 2024, 16:45

Suriyadagi terrorchilar safida jang qilib jarohatlangan o‘zbekistonlik yigit 6 yilga qamaldi

24 yoshli jizzaxlik yigit Suriyadagi terrorchilar safida jang qilib, jiddiy jarohatlangani ortidan O‘zbekistonga deport qilingandi. Unga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

O‘zbekiston Expo Osaka 2025 Butunjahon ko‘rgazmasida qatnashadi
26 mart 2024, 16:21

O‘zbekiston Expo Osaka 2025 Butunjahon ko‘rgazmasida qatnashadi

O‘zbekiston Yaponiyada o‘tadigan Expo Osaka 2025 Butunjahon ko‘rgazmasida ishtirok etadi. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi milliy pavilon qurilishi boshlanganini ma’lum qildi. Shuningdek, 2024-yilda Tadao Ando loyihasi bo‘yicha Davlat san’at muzeyi uchun yangi bino qurilishi boshlanadi.

Xitoy kompaniyasi Namangan viloyatida mis qazib olish va qayta ishlash bilan shug‘ullanadi
26 mart 2024, 15:34

Xitoy kompaniyasi Namangan viloyatida mis qazib olish va qayta ishlash bilan shug‘ullanadi

Xitoyning China Mining Energy Group kompaniyasi Namangan viloyati Chust tumanida mis rudalarini qazib olish va qayta ishlashni rejalashtirmoqda. Loyiha qiymati 200 million dollarga baholanmoqda.

Qamchiq dovoniga yaqin hududda logistika markazi tashkil etiladi
26 mart 2024, 14:12

Qamchiq dovoniga yaqin hududda logistika markazi tashkil etiladi

Prezident Namangandagi yig‘ilishda viloyatning Qamchiq dovoniga yaqin hududida logistika markazini tashkil etish va Nanay qishlog‘idagi sobiq “Karvon” bojxona nazorat maskani faoliyatini tiklash topshirig‘ini berdi. Shuningdek, Namangan xalqaro aeroportidagi bo‘sh maydonda yuk terminali ishga tushiriladi.

Umra ziyoratini tashkil qilish uchun litsenziya joriy etish rejalashtirilmoqda
26 mart 2024, 14:08

Umra ziyoratini tashkil qilish uchun litsenziya joriy etish rejalashtirilmoqda

Qonunchilik palatasi Umra ziyoratini huquqiy jihatdan tartibga solish bo‘yicha qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Hujjat ziyoratni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq faoliyat uchun litsenziya turini joriy etishni nazarda tutadi.

Qashqadaryoda 20 kunlik chaqaloq shifoxonadagi zina ostiga tashlab ketildi
26 mart 2024, 13:42

Qashqadaryoda 20 kunlik chaqaloq shifoxonadagi zina ostiga tashlab ketildi

Qarshi shahrida shifoxonadagi zina ostiga 20 kunlik chaqaloq tashlab ketildi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Chaqaloq Kitob tumanidagi viloyat bolalar uyiga joylashtirildi.

“Sayxunobod tajribasi” Farg‘ona vodiysidagi mahallalarga tatbiq etiladi
26 mart 2024, 12:53

“Sayxunobod tajribasi” Farg‘ona vodiysidagi mahallalarga tatbiq etiladi

Prezident Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlari hokimlari bilan uchrashuvda mahallalarda Sayxunobod tajribasidan foydalanish topshirig‘ini berdi. Bunda asosiy e’tibor tomorqa va xonadonlar imkoniyatlaridan foydalanishga qaratiladi.

Nodirjon Turg‘unov O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi bo‘ldi
26 mart 2024, 12:47

Nodirjon Turg‘unov O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi bo‘ldi

Nodirjon Turg‘unov O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi yangi elchisi etib tayinlandi. U bunga qadar Jidda shahridagi bosh konsul bo‘lib ishlagan.

Toshkentda qutqaruvchilar temir panjaraga oyog‘i tiqilib qolgan yigitga yordam berdi
26 mart 2024, 12:42

Toshkentda qutqaruvchilar temir panjaraga oyog‘i tiqilib qolgan yigitga yordam berdi

Qutqaruvchilar kechasi Toshkent ko‘chalaridan birida oyog‘i ariq ustidagi temir panjaraga tiqilib qolgan yigitga yordam berdi. Shunga o‘xshash holatlar doimiy ravishda sodir bo‘ladi.

“Olmazor” va “Yangihayot” metro bekatlari oralig‘ida poyezdlar vaqtincha bir tomonlama harakatlanadi
26 mart 2024, 11:39

“Olmazor” va “Yangihayot” metro bekatlari oralig‘ida poyezdlar vaqtincha bir tomonlama harakatlanadi

26-mart kuni soat 23:00 dan 00:00 ga qadar “Chilonzor” yo‘nalishining “Olmazor” — “Yangihayot” bekatlari oralig‘ida poyezdlar harakati bir tomonlama tashkil etiladi. “Yangihayot” va “Chinor” bekatlari oralig‘ida bu vaqt davomida bepul avtobus yo‘lga qo‘yiladi.

Uzum 100 mln dollardan ortiq mablag‘ jalb etdi
26 mart 2024, 11:11

Uzum 100 mln dollardan ortiq mablag‘ jalb etdi

Uzum raqamli ekotizimi 100 mln dollardan ortiq mablag‘ni jalb qildi va O‘zbekiston tarixidagi birinchi texnologik “yakkashox” kompaniya bo‘ldi, uning bahosi 1 mlrd dollardan oshdi. Yig‘ilgan mablag‘ning yarmi kapitalga investitsiyalar, qolgani esa qarz mablag‘laridir.

Xorazmda mast holda 2 bolani urib yuborib, o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 9 yildan ko‘proqqa qamaldi
26 mart 2024, 10:06

Xorazmda mast holda 2 bolani urib yuborib, o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 9 yildan ko‘proqqa qamaldi

Xiva tumanida mast holatdagi haydovchi yo‘l chetidagi 3 nafar voyaga yetmagan bolani urib yuborib, hodisa joyidan qochib ketdi. Ulardan 2 nafari voqea joyida halok bo‘ldi. Sud haydovchini 9 yil-u 1 oyga ozodlikdan mahrum etdi.

Fevralda O‘zbekistonda gaz, neft, elektr va benzin ishlab chiqarish kamaydi
26 mart 2024, 09:57

Fevralda O‘zbekistonda gaz, neft, elektr va benzin ishlab chiqarish kamaydi

Fevralda O‘zbekistonda gaz, neft, elektr energiyasi va benzin ishlab chiqarish hajmi pasaydi. Oy davomida gaz qazib olish 284,4 mln kub metrga, benzin ishlab chiqarish 8,1 ming tonnaga, elektr ishlab chiqarish 626,6 mln kVt/soatga kamaydi. Neft ishlab chiqarish hajmi ketma-ket yettinchi oy pasaydi.

BMT Xavfsizlik Kengashi G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi
26 mart 2024, 02:27

BMT Xavfsizlik Kengashi G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi

BMT Xavfsizlik Kengashi ilk bor G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va barcha garovga olinganlarni zudlik bilan ozod qilishni talab qiluvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Hujjatni 14 davlat qo‘llab-quvvatladi, AQSh betaraf qoldi.

Qirg‘iziston TIV mamlakat fuqarolarini Rossiyaga borishdan vaqtincha tiyilishga chaqirdi
26 mart 2024, 02:17

Qirg‘iziston TIV mamlakat fuqarolarini Rossiyaga borishdan vaqtincha tiyilishga chaqirdi

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolariga zarurat bo‘lmaganda Rossiyaga vaqtincha bormaslikni tavsiya qildi. Rossiyadagi fuqarolardan odamlar gavjum joylarda harakatlanmaslik so‘raldi.

Toshkentda o‘quvchi qizni zo‘rlamoqchi bo‘lgan musiqa o‘qituvchisi 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi
26 mart 2024, 02:01

Toshkentda o‘quvchi qizni zo‘rlamoqchi bo‘lgan musiqa o‘qituvchisi 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Toshkentda sud voyaga yetmagan o‘quvchi qizni zo‘rlamoqchi bo‘lgan 67 yoshli musiqa o‘qituvchisini 8 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Toshkentda 18 yoshli Toyota Camry haydovchisi sodir etgan YTHda Xitoy fuqarolari jarohatlandi
26 mart 2024, 01:12

Toshkentda 18 yoshli Toyota Camry haydovchisi sodir etgan YTHda Xitoy fuqarolari jarohatlandi

Toshkentda 18 yoshli Toyota Camry haydovchisi katta tezlikda qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketib, Nexia bilan to‘qnashdi. Hodisa oqibatida haydovchi va to‘rt nafar yo‘lovchi — Xitoy fuqarolari jarohat oldi. Sud yigitni 1 yil muddatga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilib, 3 mln 300 ming so‘m jarimaga tortdi.

Prezident Namanganda iftorlikda ishtirok etdi (foto, video)
25 mart 2024, 23:13

Prezident Namanganda iftorlikda ishtirok etdi (foto, video)

Shavkat Mirziyoyev Namanganda iftorlik marosimida ishtirok etib, yer yuzida tinchlik-osoyishtalik bo‘lishini niyat qildi va “Dinimizda belgilab berilgan to‘g‘ri yo‘ldan og‘ishmaylik, ayni paytda zamon bilan hamnafas yashaylik”, deb duo qildi. Foto va video.

Namanganda GES kaskadi va ikkita quyosh elektr stansiyasi qurilishi boshlandi
25 mart 2024, 21:12

Namanganda GES kaskadi va ikkita quyosh elektr stansiyasi qurilishi boshlandi

Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida quvvati 228 MVt bo‘lgan gidroelektr stansiyalar kaskadi va har biri 500 MVt bo‘lgan ikkita quyosh elektr stansiyasi qurilishini boshlab berdi. Mazkur stansiyalar yil oxirigacha tarmoqqa ulanadi, shundan so‘ng viloyatdagi ishlab chiqarish hajmi hudud ehtiyojlarini to‘liq qoplaydi.

AQSh benzinli avtomobillar uchun emissiya standartlarini kuchaytiradi
25 mart 2024, 18:00

AQSh benzinli avtomobillar uchun emissiya standartlarini kuchaytiradi

AQSh ichki yonuv dvigatelli avtomobillar uchun emissiya standartlarini kuchaytirdi. Shu yo‘l bilan Amerika hukumati elektr va gibrid avtomobillarga o‘tishni rag‘batlantirishga umid qilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting