18-aprel kuni Toshkent shahri Uchtepa tumanida 2 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda poytaxt YHXB matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, soat 16:40 da tumanning Kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida Cobalt va Captiva mashinalari to‘qnashib ketgan.

YTH oqibatida haydovchilar jarohat bilan shifoxonaga olib ketilgan. Cobalt yo‘lovchisi olgan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.

йтҳ, тошкент, cobalt, captiva

Mazkur holat yuzasidan shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish oqibatida odam o‘lishiga sabab bo‘lish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.