O‘zbekistonda so‘nggi uch oyda salkam 14 ming kishi sudlandi

2023-yilning o‘tgan uch oyi mobaynida 13 907 nafar kishi sudlandi. Shundan 3 707 nafar shaxsga nisbatan ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. 2022-yilda esa 56 542 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Shundan 14 081 nafar shaxsga nisbatan ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Surxondaryoda o‘qituvchilarni do‘pposlagan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Uzun tumanidagi 31-maktabda o‘qituvchilarni do‘pposlagan shaxs ushlandi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Samarqandda bolani muntazam kaltaklab kelgan enaga 5 yilga qamaldi

Samarqand shahrida bolani muntazam do‘pposlab kelgan enaga 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bolaning qovurg‘alari sinib siljigan, undagi jarohatlar hayot uchun o‘ta xavfli deb baholangan.

O‘FA “Bunyodkor” — “Nasaf” uchrashuvida yuz bergan voqea yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasi “Bunyodkor” va “Nasaf”o‘rtasidagi uchrashuvda hakam qarorlaridan norozilik ortidan yuzaga kelgan mojaroni o‘rganmoqda.

O‘FA — yoshlar terma jamoasi a’zosi Shaxriyor Jabborovning futboldan vaqtincha chetlatilgani haqida

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi futbolchisi Shaxriyor Jabborov doping testi tufayli futboldan vaqtincha chetlatilgandi. O‘FA tekshiruv hali yakunlanmagani, uning ehtiyotsizlik sabab sifatsiz biologik faol moddalar iste’mol qilgan bo‘lishi ehtimoli o‘rganilayotganini bildirdi.

Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasiga rahbar tayinlandi

Rustam Yusupov Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i v.b. etib tayinlandi. Yanvar oyi oxirida Anvar Umarov ishdan bo‘shatilganidan keyin bu lavozim bo‘sh qolgandi.

Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Bobur Usmanov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriga o‘rinbosar etib tayinlandi. U bunga qadar prezident Administratsiyasida ishlagan.

Markaziy bank qator to‘lovlar bo‘yicha olinadigan komissiyaning eng yuqori miqdorini belgilashni taklif qilmoqda

Markaziy bank aholidan chiptalar, barcha turdagi kommunal xizmatlar, davlat boji va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda olinadigan komissiyalarning eng yuqori miqdorini BHMning 20 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda (60,6 ming so‘m) belgilashni taklif qilmoqda.

Olmaliqda 9 qavatli uyni sifatsiz qurayotgan pudratchi jarimaga tortildi

Olmaliq shahrida qurilayotgan 9 qavatli uyning sifati tanqid qilingach, hududda o‘rganish o‘tkazildi. obyektda ko‘plab me’yoriy talablar buzilgani aniqlandi. Hozirda qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan, pudratchi ma’muriy jarimaga tortildi.

AnadoluJet Anqara va Toshkentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi

Turkiyaning AnadoluJet aviakompaniyasi Anqara-Toshkent-Anqara yo‘lovchi yo‘nalishini yo‘lga qo‘ydi. O‘zbekistonga birinchi reys bilan 160 nafar yo‘lovchi uchib keldi.

Jurnalist va yozuvchi Murod Xidir 84 yoshida vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Murod Xidir 84 yoshida vafot etdi.

Toshkentda narkotik sotuvchi internet do‘konlar reklamasini tarqatgan shaxs qo‘lga olindi

Uchtepa tumani IIB xodimlari uylar devorlariga narkotik moddalarni sotadigan onlayn do‘konlar flayerini joylashtirib yurgan shaxsni qo‘lga oldi. U 2022-yil kuzidan buyon shu ish bilan shug‘ullanayotganini bildirdi.