O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) Tartib-intizom qo‘mitasi Superliganing 6-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” — “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda futbolchilar o‘rtasida yuzaga kelgan mojaroni o‘rganmoqda, deya xabar berdi tashkilot matbuot xizmati.

Gap shundaki, 17-aprel kuni “Bunyodkor” va “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda hisob 1:1 ko‘rinishida bo‘ldi. O‘yin maydon va tribuna ostidagi xonada futbolchilar o‘rtasidagi mushtlashuv bilan yakunlandi. Taxminan 40−50 kishi ishtirokidagi mojaro 10 daqiqaga yaqin davom etdi (video).

Sport jurnalisti Nikolay Yegorychev “Nasaf” futbolchilari va murabbiylar shtabi mehmon jamoadagi ikki futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatgan hakam Rahimbek Karimovning qarorlaridan norozi bo‘lganini aytdi. O‘yindan so‘ng Turdialiyev tribuna ostidagi xonada hakamni kutib oldi va unga o‘z da’volarini bildirdi.

Unga ko‘ra, uchrashuv bosh hakami “bir necha ming nafar” muxlislarning haqoratlari ostida maydonni tark etgan. U “Bunyodkor” sardori Davron Ergashev hushtak chalinganidan keyin maydonni tark etayotgani aks etgan videoga ishora qilgan. Kadrlarda uning qanday qilib qichqirib, klub gerbini o‘payotganini, so‘ngra “Nasaf” futbolchilari unga qarab yo‘l olganini, shundan so‘ng mushtlashuv boshlanganini ko‘rish mumkin.

Hozir O‘FA va Professional futbol ligasi mutaxassislaridan iborat ishchi guruhi yig‘ilish mutasaddilarining videomateriallari va hisobotlarini o‘rganmoqda.

“Barcha ma’lumotlar va materiallar Tartib-intizom qo‘mitasiga o‘tkaziladi. Aybdorlar aniqlanib, ularga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘riladi”, — deyiladi xabarda.