“Sog‘liqni saqlash bo‘yicha yagona axborot tizimi kerak” — YUNISEFning O‘zbekistondagi sobiq rahbari
17 noyabr 2023, 18:07

“Sog‘liqni saqlash bo‘yicha yagona axborot tizimi kerak” — YUNISEFning O‘zbekistondagi sobiq rahbari

YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi sobiq rahbari Munir Mamedzade “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida ijtimoiy sektor ehtimoliy favqulodda chaqiriqlarga hozircha tayyor emasligi va nima uchun mamlakatga sog‘liqni saqlashning barcha masalalarini qamrab oluvchi yagona axborot tizimi kerakligini tushuntirdi.

Yevropa Ittifoqi ekologik jinoyatlar uchun jazoni kuchaytiradi
17 noyabr 2023, 17:33

Yevropa Ittifoqi ekologik jinoyatlar uchun jazoni kuchaytiradi

Yevroparlament va Yevropa Ittifoqi davlatlari atrof-muhitga qarshi jinoyatlar ro‘yxatini kengaytirdi va ularga nisbatan jazo choralarini kuchaytirdi. Odamlar o‘limiga olib keladigan ekologik jinoyat uchun aybdorlar 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilinadi.

AQSh universitetlarida o‘qiyotgan o‘zbekistonliklar soni o‘tgan o‘quv yilida 72,6 foizga oshdi
17 noyabr 2023, 17:27

AQSh universitetlarida o‘qiyotgan o‘zbekistonliklar soni o‘tgan o‘quv yilida 72,6 foizga oshdi

Xalqaro ta’lim instituti ma’lumotlariga ko‘ra, 2022−2023 o‘quv yilida AQSh universitetlarida o‘zbekistonlik 1000 dan ortiq talaba tahsil olgan. Bu oldingi yilga nisbatan 72,6 foizga ko‘p.

2024-yildan Sariosiyo aeroportiga qatnovlar tiklanadi — prezident
17 noyabr 2023, 17:11

2024-yildan Sariosiyo aeroportiga qatnovlar tiklanadi — prezident

2024-yildan Surxondaryoning Sariosiyo tumanidagi aeroportga yo‘lovchi samolyotlari qatnay boshlaydi, Sariosiyo va Toshkent o‘rtasida poyezd qatnovi amalga oshiriladi, dedi Shavkat Mirziyoyev. Shuningdek, u Boysunda ochiq osmon muzeyini tashkil etish rejasini ham ma’lum qildi.

1-dekabrdan ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar miqdori 7 foizga oshadi
17 noyabr 2023, 17:04

1-dekabrdan ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar miqdori 7 foizga oshadi

Prezident farmoni bilan 1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdori 7 foizga oshiriladi. Shuningdek, bazaviy hisoblash miqdori (BHM) 340 ming so‘m etib belgilanmoqda.

Surxondaryodagi 5 ta kon zaxiralari o‘zlashtiriladi
17 noyabr 2023, 16:54

Surxondaryodagi 5 ta kon zaxiralari o‘zlashtiriladi

Prezident Surxondaryoga tashrifi chog‘ida Boysun, Sariosiyo va Sherobod tumanlaridagi konlarda qo‘rg‘oshin, rux, oltin, ko‘mir va kaliy o‘g‘iti zaxiralarini o‘zlashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. Shuningdek, tog‘li hududlarda geologiya-qidiruv ishlari kengaytiriladi.

Toshkenting to‘rtta tumanida issiq suv va isitish tizimi vaqtincha o‘chiriladi
17 noyabr 2023, 16:20

Toshkenting to‘rtta tumanida issiq suv va isitish tizimi vaqtincha o‘chiriladi

18-noyabr kuni Yunusobod, Olmazor, Shayxontohur va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv va issiqlik ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.

Amir Temur xiyoboni atrofidagi trotuarlar bruschatkalari yangilanmoqda — poytaxt hokimligi
17 noyabr 2023, 16:19

Amir Temur xiyoboni atrofidagi trotuarlar bruschatkalari yangilanmoqda — poytaxt hokimligi

Toshkent shahri hokimligi Amir Temur xiyoboni atrofidagi ta’mirlash ishlari yuzasidan ma’lumot berdi. U yerda piyodalar yo‘laklariga yotqizilgan bruschatkalar va yo‘lning asfalt qoplamasi yangilanmoqda. Hokimlik hudud ko‘rinishi keskin o‘zgarib ketmasligiga ishontirdi.

Surxondaryo yoshlarini sportga jalb qilishga 30 mlrd so‘m ajratiladi
17 noyabr 2023, 15:40

Surxondaryo yoshlarini sportga jalb qilishga 30 mlrd so‘m ajratiladi

Prezident Termizdagi Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasiga bordi. U Surxondaryo yoshlarining sportga qobiliyati zo‘rligi, ammo ular shug‘ullanayotgan sport turlari cheklanganini aytib, bu sohaga 30 mlrd so‘m ajratilishini bildirdi. Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga esa 50 mln dollar yo‘naltiriladi.

Samarqand viloyatida voyaga yetmaganlar sodir etgan jinoyatlar soni bir yilda 40 foizga ortgan
17 noyabr 2023, 15:37

Samarqand viloyatida voyaga yetmaganlar sodir etgan jinoyatlar soni bir yilda 40 foizga ortgan

Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi majlisida Samarqandda voyaga yetmaganlarning huquqbuzarligi ortgani aytildi. Xususan, huquqbuzarlik 2021-yilda 1331 tani, 2022-yilda 3941 tani hamda 2023-yilning 8 oyi davomida esa 3128 tani tashkil etgan. Jinoyatlar soni esa 40 foizga ortgan.

Prezident: “Suv tekin emas, degan g‘oyani aholiga chuqur singdirish lozim”
17 noyabr 2023, 15:28

Prezident: “Suv tekin emas, degan g‘oyani aholiga chuqur singdirish lozim”

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrifi chog‘ida O‘zbekistondagi suv muammosi haqida gapirdi. U “suv tekin emas”, degan g‘oyani aholiga chuqur singdirish va buni kundalik turmush qoidasiga aylantirish asosiy vazifa bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.

Davlat qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan tovarlar importi ayrim soliqlardan ozod etiladi
17 noyabr 2023, 14:47

Davlat qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan tovarlar importi ayrim soliqlardan ozod etiladi

O‘zbekistonda xalqaro moliya institutlarining kreditlari hisobiga tovarlar aylanmasi va importi uchun berilgan soliq imtiyozlarining bir qismi bekor qilinadi. Gap banklar orqali ajratiladigan qarz mablag‘lari haqida bormoqda.

Markaziy bank 16 ta bankni jarimaga tortdi, yana 5 tasiga ogohlantirish berdi
17 noyabr 2023, 14:34

Markaziy bank 16 ta bankni jarimaga tortdi, yana 5 tasiga ogohlantirish berdi

Markaziy bank ko‘rsatmalarga amal qilmagan va yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlamagan 16 ta bankka nisbatan jarima chorasi qo‘lladi. 5 ta tijorat banki va 1 ta mikromoliya tashkiloti kamchiliklari uchun ogohlantirish oldi.

Namangandagi bog‘chada bolalarni urgan tarbiyachi ishdan olinadigan bo‘ldi
17 noyabr 2023, 12:55

Namangandagi bog‘chada bolalarni urgan tarbiyachi ishdan olinadigan bo‘ldi

Chustdagi davlat bog‘chasida tarbiyachi qizchani kiyim almashtirish chog‘ida urgani aks etgan video tarqaldi. Holatni o‘rgangan MMTB voqea 2022-yilda bo‘lgani, o‘sha yili xodim boshqa lavozimga tushirilganini bildirdi. Hozirda tarbiyachini ishdan olish masalasi ko‘rilmoqda. Bog‘cha ta’mir ishlari uchun yopilgan.

Tanzila Narbayeva Qirg‘iziston parlamenti tashkil etilganining 85 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi
17 noyabr 2023, 12:47

Tanzila Narbayeva Qirg‘iziston parlamenti tashkil etilganining 85 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

Senat raisi Tanzila Narbayeva MDH Parlamentlararo Assambleyaning navbatdagi yalpi majlisida ishtirok etish uchun Bishkek shahriga bordi. U qirg‘izistonlik deputatlarni Jogorku Kenesh tashkil etilganining 85 yilligi bilan qutladi. Shuningdek, Narbayeva Qozog‘iston va Belarus parlamenti raislari bilan uchrashdi.

Dam olish kunlari havo harorati pasayib, yomg‘ir yog‘adi
17 noyabr 2023, 12:47

Dam olish kunlari havo harorati pasayib, yomg‘ir yog‘adi

Dam olish kunlari O‘zbekistonga nam va sovuq havo massasi kirib keladi. Harorat kechasi +5…+10, kunduzi +13…+18 darajagacha pasayadi. Shanba kuni respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi. Joylarda shamol tezligi kuchayishi mumkin.

Xitoy va AQSh rahbarlarining bir yil ichidagi dastlabki uchrashuvi tafsilotlari
17 noyabr 2023, 11:46

Xitoy va AQSh rahbarlarining bir yil ichidagi dastlabki uchrashuvi tafsilotlari

AQSh prezidenti Jo Bayden va Xitoy yetakchisi Si Szinpin so‘nggi bir yilda birinchi marta shaxsan uchrashib, “konstruktiv” muzokaralar olib bordi. Uchrashuv samarali kechmadi, lekin tomonlar kelishmovchiliklarga qaramay muloqotni davom ettirmoqchiligini bildirdi. “Bu muhim progress”, — dedi AQSh prezidenti.

Toshkentda haydovchilar yo‘l talashishi oqibatida ommaviy mushtlashuv yuz berdi
17 noyabr 2023, 11:35

Toshkentda haydovchilar yo‘l talashishi oqibatida ommaviy mushtlashuv yuz berdi

Mirobod tumanida Spark va Nexia haydovchilari yo‘l talashib, mojaro ommaviy mushtlashuvga aylandi. Hodisa oqibatida yo‘lovchilardan biri stomatologiya klinikasiga murojaat qildi. Holat yuzasidan bezorilik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiyaning uchta tog‘-chang‘i kurortlari alyansga birlashdi
17 noyabr 2023, 10:33

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiyaning uchta tog‘-chang‘i kurortlari alyansga birlashdi

“Amirsoy” (O‘zbekiston), “Shimbuloq” (Qozog‘iston) va “Rosa Xutor” (Rossiya) tog‘ kurortlari alyansga birlashdi. Ular Toshkentda bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada dam oluvchilar bonuslarga ega bo‘lishlari va ularni alyansning boshqa kurortlarida sarflashi mumkin bo‘lgan sport-ko‘ngilochar tadbirlar taqvimini taqdim etdi.

Shavkat Mirziyoyevga Bayraktar TB2 zarba beruvchi droni tanishtirildi — foto
17 noyabr 2023, 10:07

Shavkat Mirziyoyevga Bayraktar TB2 zarba beruvchi droni tanishtirildi — foto

Prezident Surxondaryodagi harbiy qismda Turkiyaning Bayraktar TB2 uchuvchisiz uchish apparati bilan tanishib, uning parvozini kuzatdi. Ularni O‘zbekistonda ham ishlab chiqarish masalasi muhokama qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting