“Gazeta.uz” muxbirlari Amir Temur xiyoboni atrofida ta’mirlash ishlari boshlanganiga guvoh bo‘ldi. Piyodalar yo‘lakchasi yon qismi aylana maydon atrofi bo‘ylab qazilgan, ayrim qismlari alohida lenta bilan o‘ralgan.

амир темур xiyoboni

Shahar hokimligi matbuot xizmatining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, 15-noyabrdan Toshkent shahri Obodonlashtirish bosh boshqarmasi bo‘linmasi tomonidan piyodalar yo‘laklariga yotqizilgan bruschatkalarni yangilash va yo‘lning asfalt qoplamasidagi bo‘shliqlarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

амир темур xiyoboni

Hokimlik bog‘ning landshaft dizaynida tub o‘zgarishlar bo‘lmasligiga ishontirdi. Katta yo‘l piyodalar yo‘lagi hisobiga kengaytirilmaydi.

Qulay ob-havo sharoiti hisobga olinsa, ish 14 ish kunida yakunlanadi.