17-noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha Termiz shahrida o‘tgan yig‘ilishda qazilma boyliklarini o‘zlashtirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berdi.

Unga ko‘ra:

  • Sariosiyodagi “Chinorsoy” polimetall konida qo‘rg‘oshin, rux va oltin;
  • “Xo‘ja-osmin” koni (u ham Sariosiyoda)da oq marmar;
  • Boysun va Sariosiyoda ko‘mir;
  • Sheroboddagi “Xo‘jai-kon” konida kaliy o‘g‘iti zaxiralari o‘zlashtiriladi.

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi oldiga viloyatning tog‘li hududlarida geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish vazifasi qo‘yildi.

Shuningdek, viloyat, tuman hokimlariga kelgusi yili viloyatda 1,5 mlrd dollar investitsiya olib kelish, sanoatda 12 trln so‘m mahsulot ishlab chiqarish vazifasi belgilandi.

Bundan tashqari, 500 mln dollarlik eksportni amalga oshirib, 100 mln dollar importni qisqartirish topshirildi. Kamida 500 ming xorijiy sayyohga xizmat ko‘rsatish uchun sharoit yaratish, 400 ming aholini band qilish kerakligi aytildi.

“Eng asosiy masala — investitsiya va sanoat. Bunda eng katta zaxira mavjud konlarni ishga solishdir”, — dedi prezident.