Shavkat Mirziyoyev 17-noyabr kuni Termiz shahrida barpo etilgan Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasini borib ko‘rdi, deb xabar bermoqda uning matbuot xizmati.

2 gektar maydondagi binolarda jami 42 ta loyiha joylashtirilgan. Ular qurilish materiallari, kimyo va neft-kimyo, mebelsozlik, oziq-ovqat, to‘qimachilik sanoatiga taalluqli. Binolarni xarid qilish, uskunalar olib kelish va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan imtiyozli kreditlar tijorat banklari orqali ajratiladi. Barcha korxonalar ishga tushgach, 500 dan ortiq ish o‘rni yaratilishi ta’kidlandi.

Davlat rahbari u yerda joylashtirilgan korxonalar mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi. Ulardan biri anor sharbatini qadoqlab, qo‘shni davlatlarga eksport qilmoqda. Yana biri kiyim va gilam to‘qishni yo‘lga qo‘yib, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlagan.

Prezident bunday sanoat zonalarini viloyatning har bir tumanida barpo etish, mahallalarda hunarmandchilik, kasanachilikni kengaytirish zarurligini ta’kidladi. Surxondaryoda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha alohida qaror qabul qilish, bunga 50 million dollar mablag‘ ajratish bo‘yicha taklif ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

yoshlar, sport, сuрхондарё viloyatи, шавкат мирзиёев

“Bugungi tadbirkor yoshlar — yangi O‘zbekiston mahsuli. Ularning bilimi ham, intilishi ham yangicha. Shuning uchun sanoat zonalarini yoshlarning o‘ziga berish kerak. Bu tumanlar uchun tayyor „loyihalar fabrikasi“ bo‘ladi. Mutasaddilar faqat korxonalarni innovatsiyaga o‘tkazishga, bozorga chiqishga ko‘maklashishi kerak. Bunda asosiysi — tannarx, sifat, raqobat”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tashrif davomida viloyat yoshlarining sportga qobiliyati zo‘rligi, lekin ular shug‘ullanayotgan sport turlari cheklanib qolgani qayd etildi. Shuning uchun Surxondaryo yoshlarini sportga jalb qilish bo‘yicha qaror loyihasini ishlab chiqish vazifasi belgilandi. Bu maqsadlarga 30 milliard so‘m yo‘naltirilishi ko‘zda tutilmoqda. “Uchqizil” suv omborida baydarka va kanoeda eshkak eshish bazasi tashkil qilinadi.

yoshlar, sport, сuрхондарё viloyatи, шавкат мирзиёев

Surxondaryo viloyatida qiymati 4 milliard 600 million dollarlik 82 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Buning 4 milliard dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya. Energetika, kimyo, tog‘-kon, qurilish materiallari, to‘qimachilik va boshqa sanoat tarmoqlaridagi bu loyihalarda qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar, o‘n minglab ish o‘rni yaratilishi qayd etildi.