18-noyabr kuni Yunusobod, Olmazor, Shayxontohur va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv va issiqlik ta’minoti bo‘lmaydi, deya xabar bermoqda Veolia Energy Tashkent kompaniyasi.

Issiqlik energiyasini asosiy yetkazib beruvchi korxona (“Toshkent issiqlik markazi”) 4-IM qozonxonasi elektr ta’minotidan vaqtinchalik uziladi. O‘chirish “Hususiy elektr tarmoqlari” AJ filialida amalga oshiriladigan rejalashtirilgan ishlar bilan bog‘liq bo‘lib, ish 18-noyabr kuni soat 07:00 dan 18:00 gacha davom etadi.

Issiq suv va isitish tizimining o‘chirilishi quyidagi hududlarga ta’sir qiladi:

Yunusobod tumani: 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18, 19 mavzelari, A.Temur, Mustaqillik xiyobonlari, Axmad Donish, Sharof Rashidov, Yangishahar, Sohibkor, Katta halqa yo‘li, Shahriston, Uch Qaxramon, Moyqo‘rg‘on, Yangi Yunusobod, Yunusota, Jumamasjid, Osiyo, Bog‘ishamol, 1-berk Minor, Chingiz Aytmatov, Kichik halqa yo‘li, Niyozbek yo‘li, Hakimzoda Murtazayev , Matbuotchilar, Mingo‘rik, Iftixor, T.Zohidov, Bodomzor ko‘chalari, S-1, S-2, S-4, S-5, S-6.

Olmazor tumani: Qoraqamish 1/1, ½, 1/3, ¼, 2/1, 2/3, 2/4, 2/5, S-22, G‘ofur G‘ulom, Taxtapul, Sebzor, S-17/18 dahalari, Sh. Olmazor, O.Bobojonova, Qorasaroy, F.Baland, Abdurahmonova, Sag‘bon, Yolqin, Dadaboyeva, O‘razboyeva, Yunusova, Muxbir, Keles yo‘li, No‘roztepa ko‘chalari.

Shayxontoxur tumani: Zulfiyaxonim, Yusupova, Labzak ko‘chalari.

Mirzo-Ulug‘bek tumani: H.Olimjon, Mustaqillik ko‘chalari, S-1 (qisman).

Issiq suv va issiqlik ta’minotining qozonxona to‘liq ishga tushirilgandan so‘ng (18−19-noyabrga o‘tar kechasi) qayta tiklanadi.