Chilonzorda Chilonzor City va Smart siti qurilishi rejalashtirilmoqda
22 noyabr 2023, 10:23

Chilonzorda Chilonzor City va Smart siti qurilishi rejalashtirilmoqda

Poytaxtning Chilonzor tumanida Chilonzor Sity turar joy majmuasi va “Bunyodkor” stadionining 5,5 gektarli avtoturargohi o‘rnida Smart siti majmuasini qurish taklif qilinmoqda. Bu tuman aholisini kambag‘allikdan chiqarishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Toshkentda Hyundai urib yuborgan 41 yoshli piyoda vafot etdi
22 noyabr 2023, 10:15

Toshkentda Hyundai urib yuborgan 41 yoshli piyoda vafot etdi

Mirobod tumanida Hyundai Sonata mashinasi urib yuborgan 41 yoshli piyoda shifoxonada vafot etdi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Farg‘onada er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi
22 noyabr 2023, 09:37

Farg‘onada er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi

Qo‘qon shahrida er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi. Marhumlarning o‘limi yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.

Iqlim o‘zgarishi sohasidagi chora-tadbirlar O‘zbekiston farovonligini oshirishga yordam beradi — Jahon banki
21 noyabr 2023, 18:14

Iqlim o‘zgarishi sohasidagi chora-tadbirlar O‘zbekiston farovonligini oshirishga yordam beradi — Jahon banki

Jahon banki guruhi hisobotida O‘zbekiston iqtisodiyotini karbonsizlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar mamlakatga taraqqiyot maqsadlariga erishish va fuqarolar farovonligini oshirishga yordam berishi qayd etildi. Hisobotda buni amalga oshirish uchun bir qancha tavsiyalar berib o‘tilgan.

Prezident xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirishda sustkashlik bo‘layotganini tanqid qildi
21 noyabr 2023, 17:29

Prezident xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirishda sustkashlik bo‘layotganini tanqid qildi

Prezident xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirishda barcha sohalar ham natijadorlikka erisha olmayotganini ta’kidladi. Xususan, Qishloq xo‘jaligi, Sog‘liqni saqlash vazirliklari va “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyatidagi loyihalarda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotganini tanqid qildi.

Bag‘dod hokimi o‘rinbosari obuna rejasini bajarmagan kollej direktorini kaltakladi
21 noyabr 2023, 17:22

Bag‘dod hokimi o‘rinbosari obuna rejasini bajarmagan kollej direktorini kaltakladi

Bag‘dod tumani hokimi o‘rinbosari pedagogika kolleji direktorini 2024-yilgi gazeta va jurnallar obuna rejasini bajarolmagani uchun kaltakladi. Direktor ahvoli og‘irlashgach, shifoxonaga yotqizilgan. Oliy ta’lim vazirligi holatni keskin qoraladi. Hozirda tergovga qadar surishtiruv ishlarini olib borilmoqda.

Milliy kutubxona yana 24/7 rejimiga qaytishi kutilmoqda
21 noyabr 2023, 17:02

Milliy kutubxona yana 24/7 rejimiga qaytishi kutilmoqda

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kechki vaqtda ham ishlashini ta’minlash uchun budjetdan qo‘shimcha 1,2 mlrd so‘m ajratish rejalashtirilmoqda. Оktabrda muassasa tunu kun ishlash rejimini to‘xtatgan va bu tunda ishlash uchun qo‘shimcha shtat ajratilmagani hamda kuz-qish mavsumida elektrni tejash bilan izohlangandi.

Qandolatchilik korxonalariga eksport bilan bog‘liq operatsiyalari uchun 3 mln AQSh dollarigacha mablag‘ ajratiladi
21 noyabr 2023, 16:56

Qandolatchilik korxonalariga eksport bilan bog‘liq operatsiyalari uchun 3 mln AQSh dollarigacha mablag‘ ajratiladi

Prezident farmoni bilan qandolatchilik korxonalariga eksportoldi va eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun oxirgi 12 oy mobaynida amalga oshirilgan eksport hajmidan kelib chiqqan holda 2 yil muddatgacha 3 million AQSh dollarigacha mablag‘ ajratiladi.

“Biokimyo” spirt zavodi 118 milliard so‘mga xususiylashtirilmoqda
21 noyabr 2023, 16:13

“Biokimyo” spirt zavodi 118 milliard so‘mga xususiylashtirilmoqda

“Biokimyo” spirt zavodining davlatga tegishli 51 foiz ulushi 118 mlrd so‘mga (9,6 mln dollar) sotildi. Xaridor umumiy ovqatlanish va oziq-ovqat yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatuvchi Mega comfort business bo‘ldi.

Farg‘onada Isuzu va Damas ishtirokidagi YTHda 2 kishi vafot etdi
21 noyabr 2023, 15:51

Farg‘onada Isuzu va Damas ishtirokidagi YTHda 2 kishi vafot etdi

Uchko‘prik tumanida Isuzu Damas bilan to‘qnashishi oqibatida 2 kishi vafot etdi, 4 nafar shaxs esa tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizildi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.

Toshkentda fuqaro shifokorga stul otdi
21 noyabr 2023, 15:30

Toshkentda fuqaro shifokorga stul otdi

Toshkent shahar 7-son klinik shifoxonasida fuqaro shifokorga qarata stul otdi. Holat yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan surishtiruv ishlari boshlangan.

Toshkent viloyatida homilador ayol tug‘uruqxonada vafot etdi
21 noyabr 2023, 15:18

Toshkent viloyatida homilador ayol tug‘uruqxonada vafot etdi

Yangiyo‘l shahridagi tug‘uruqxonada erta tug‘ish xavfi tashxisi bilan qabul qilingan 26 yoshli ayol vafot etdi. Uning o‘limiga taloq arteriyasining, ichak tutqich tomirlarning spontan yorilishi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Uning homilasi ham tug‘ilmay nobud bo‘lgan.

Qiziqchi Mamasidiq Sherayev 77 yoshida vafot etdi
21 noyabr 2023, 14:38

Qiziqchi Mamasidiq Sherayev 77 yoshida vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, askiyachi Mamasidiq Sherayev vafot etdi. U Jizzax, Farg‘ona teatrlarida aktyor, qiziqchi bo‘lib ishlagan. Marg‘ilonda askiyachilik maktablari faoliyatiga rahbarlik qilgan.

Daraxt va butalarni noqonuniy kesgan yuridik shaxslar 99 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi mumkin
21 noyabr 2023, 14:34

Daraxt va butalarni noqonuniy kesgan yuridik shaxslar 99 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi mumkin

Deputatlar qabul qilgan qonun loyihasiga ko‘ra, endi daraxt va butalarni noqonuniy kesgan yuridik shaxslar 99 million so‘mgacha moliyaviy jarima to‘lashidan tashqari, ularga har bir noqonuniy kesilgan daraxt uchun 100 tup ko‘chat ekish va ularni uch yil davomida parvarishlash majburiyati yuklatiladi.

O‘zbekistonda energetik ichimliklar uchun aksiz solig‘ini 2000 so‘m etib belgilash taklif etildi
21 noyabr 2023, 12:31

O‘zbekistonda energetik ichimliklar uchun aksiz solig‘ini 2000 so‘m etib belgilash taklif etildi

Qonunchilik palatasi deputatlari davlat budjeti loyihasini ko‘rish jarayonida energetik ichimliklarning 1 litri uchun 2000 so‘m miqdorida aksiz solig‘i belgilashni taklif etishdi.

Sharof Uralov IIV Probatsiya xizmatiga rahbar bo‘ldi
21 noyabr 2023, 12:07

Sharof Uralov IIV Probatsiya xizmatiga rahbar bo‘ldi

Sharof Uralov IIV Jamoat xavfsizligi departamenti probatsiya xizmati boshlig‘i etib tayinlandi. U bunga qadar vazirlikning Voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlashni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

Davlatga qarashli har bir tijorat banki dunyoqarashini mutlaqo o‘zgartirishi kerak — prezident
21 noyabr 2023, 11:44

Davlatga qarashli har bir tijorat banki dunyoqarashini mutlaqo o‘zgartirishi kerak — prezident

Shavkat Mirziyoyev bank tizimi bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat banklariga shuncha ko‘mak berilayotganiga qaramay, ularning rentabelligi xususiy va xorijiy banklarga nisbatan ancha past darajada ekanini ta’kidladi. “Har bir tijorat banki dunyoqarashini mutlaqo o‘zgartirishi kerak”, — dedi prezident.

Toshkentda 82-sonli avtobus mast erkakni urib yubordi
21 noyabr 2023, 11:14

Toshkentda 82-sonli avtobus mast erkakni urib yubordi

Toshkent shahrida 82-sonli avtobus yo‘lning belgilanmagan qismidan yugurib kelgan mast fuqaroni urib yubordi. 47 yoshli yo‘lovchiga tan jarohati olgani sababli voqea joyida tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Sankt-Peterburgning mehmondo‘stligi Toshkentdagi “Ipak yo‘lidagi turizm” ko‘rgazmasida taqdim etildi
21 noyabr 2023, 11:00

Sankt-Peterburgning mehmondo‘stligi Toshkentdagi “Ipak yo‘lidagi turizm” ko‘rgazmasida taqdim etildi

“Rossiyaning kumush marjoni” va “Imperator” yo‘nalishi bo‘ylab sayohat yoki Sankt-Peterburgning gastronomik yoki biznes turizmga e’tibor qaratmoq — O‘zbekistonga Neva ustidagi shaharni sayohlik yo‘nalishlari taqdim etildi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekistonda bodring va uzum narxi keskin oshganiga izoh berdi
21 noyabr 2023, 10:47

Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekistonda bodring va uzum narxi keskin oshganiga izoh berdi

O‘zbekistonda bodring narxi keskin — 9 ming so‘mdan 25 ming so‘mga, uzum esa 45 ming so‘mdan 90 ming so‘mgacha ko‘tarildi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘tgan yillarda ham narxlar noyabr oyi o‘rtalarida oshganini eslatib, buni mavsumiy holat sifatida izohladi. Anomal sovuq ta’sirida 18 foiz mahsulot yo‘qotilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting