Isroildagi ayrim o‘zbekistonliklar vatanga qaytishni xohlamayapti — TIV vakili
31 oktabr 2023, 17:09

Isroildagi ayrim o‘zbekistonliklar vatanga qaytishni xohlamayapti — TIV vakili

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Isroildagi 10,5 mingdan ziyod o‘zbekistonliklarning aksariyati keksa yoshdagilarga xizmat ko‘rsatishini va ular O‘zbekistonga qaytishni xohlamayotganini bildirdi. U fuqarolarning moddiy qiyinchiliklar sabab o‘sha sharoitda qolib ishlashga majbur bo‘layotganini aytdi.

Yangi yilga nima sovg‘a qilish mumkin?
31 oktabr 2023, 17:00

Yangi yilga nima sovg‘a qilish mumkin?

2023-yilning uchta ajoyib ASUS noutbuklari yoqimli sovg‘a bo‘lishi mumkin.

Makron O‘zbekistondan uran yetkazib berish masalasini muhokama qilish uchun keladi — Bloomberg
31 oktabr 2023, 16:57

Makron O‘zbekistondan uran yetkazib berish masalasini muhokama qilish uchun keladi — Bloomberg

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron O‘zbekiston va Qozog‘istonga tashrifi chog‘ida uran yetkazib berishni ko‘paytirish masalasini muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bloomberg fransuz yetakchisi atrofidagi ikki anonim manbaga tayanib xabar berdi.

Mirzaobod tumaniga Sarvar Sultonov hokim etib tayinlandi
31 oktabr 2023, 16:24

Mirzaobod tumaniga Sarvar Sultonov hokim etib tayinlandi

Shu vaqtgacha Sirdaryo viloyatining Shirin shahri hokimi lavozimida ishlab kelgan Sarvar Sultonov Mirzaobod tumaniga hokim etib tayinlandi.

“Strategik investorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda”. MB rahbari — “Poytaxt bank”ning sotilishi haqida
31 oktabr 2023, 16:02

“Strategik investorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda”. MB rahbari — “Poytaxt bank”ning sotilishi haqida

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov to‘rtta bank ustav kapitalini o‘z vaqtida talab etilgan darajagacha oshirmaganini ma’lum qildi. “Poytaxt bank” sotuvga qo‘yilgani uchun unga nisbatan sanksiyalar qo‘llanmagan, yana ikkita bankka esa majburiyat qo‘yilgan.

Xorazmdagi maktabda o‘quvchini kaltaklagan o‘qituvchi ishdan olindi
31 oktabr 2023, 15:55

Xorazmdagi maktabda o‘quvchini kaltaklagan o‘qituvchi ishdan olindi

Tarmoqlarda Bog‘ot tumanidagi maktabda o‘qituvchi o‘quvchini do‘pposlagani aks etgan video tarqaldi. Xorazm viloyati maktab ta’limi boshqarmasi voqeadan so‘ng o‘qituvchi ishdan olingani, bolalar ombudsmani esa o‘quvchining manfaatlarini himoya qilish uchun barcha choralar ko‘rilishini bildirdi.

Deputatlikka nomzod ayollar ulushini 40 foizgacha oshirish rejalashtirilmoqda
31 oktabr 2023, 15:27

Deputatlikka nomzod ayollar ulushini 40 foizgacha oshirish rejalashtirilmoqda

Qonunchilik palatasida siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlar ko‘rsatilayotganda ayollar sonining eng kam miqdorini nomzodlar umumiy sonining 30 foizidan 40 foiziga oshirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi qabul qilindi.

Toshkent viloyati hokimligi SSB boshlig‘ining hashar bo‘yicha topshirig‘ini “majburiy mehnat emas” deya atadi
31 oktabr 2023, 15:01

Toshkent viloyati hokimligi SSB boshlig‘ining hashar bo‘yicha topshirig‘ini “majburiy mehnat emas” deya atadi

Toshkent viloyati hokimligi viloyat SSB boshlig‘i tibbiyot xodimlarini “o‘zbekona qadriyatlarga hurmat va ona tabiatga e’tibor nuqtai nazaridan” hasharda qatnashishga chaqirgan, deb bayonot berdi. Avvalroq viloyat hokimi hasharda qatnashish tashabbusi ijtimoiy muassasa rahbarlarining o‘zidan chiqqanini ta’kidlagan.

Qozog‘istonda shaxtadagi portlashda halok bo‘lgan barcha 46 nafar konchining jasadi topildi
31 oktabr 2023, 14:57

Qozog‘istonda shaxtadagi portlashda halok bo‘lgan barcha 46 nafar konchining jasadi topildi

Qozog‘iston FVV qutqaruvchilari Qarag‘anda viloyatidagi Kostenko konida metan portlashi oqibatida halok bo‘lgan barcha konchilarning jasadlarini olib chiqdi. 46 nafar konchi halokat qurboni bo‘ldi.

UzPost O‘zbekiston bo‘ylab jo‘natmalarni 24 soat ichida yetkazib berishni yo‘lga qo‘ydi
31 oktabr 2023, 13:02

UzPost O‘zbekiston bo‘ylab jo‘natmalarni 24 soat ichida yetkazib berishni yo‘lga qo‘ydi

UzPost (“O‘zbekiston pochtasi”) respublika bo‘ylab jo‘natmalarni 24 soat ichida yetkazib berish xizmatini yo‘lga qo‘ydi. Xizmat narxi 1 kg uchun 15 ming so‘mdan boshlanadi, qo‘shimcha kilogramm uchun 3 ming so‘mdan to‘lanadi. Mijozlar saytda yetkazmaning borishini kuzatishi mumkin bo‘ladi.

Noyabr oyida ob-havo qanday bo‘ladi?
31 oktabr 2023, 12:28

Noyabr oyida ob-havo qanday bo‘ladi?

O‘zbekistonda noyabr oyi quruq ob-havo bilan boshlanadi. Oy davomida harorat kechalari 0…+10 darajagacha, kunduzi +7…+20 darajagacha o‘zgarib turadi. Ba’zan -2 darajagacha tushishi mumkin. Yog‘ingarchilik me’yoriy, ba’zi joylarda ko‘proq bo‘lishi kutilmoqda.

Buxoro shahar hokimligi binosi ko‘chirildi. Bu turistik markaz qurilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda
31 oktabr 2023, 12:16

Buxoro shahar hokimligi binosi ko‘chirildi. Bu turistik markaz qurilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda

Buxoro shahri markazidagi binolar va stadion o‘rniga turistik markaz qurilishi loyihasi yil boshida e’tirozlar sabab to‘xtab qolgandi. Kun.uz`ning yozishicha, masala yana ko‘tarilgan, shahar hokimligi boshqa hududga ko‘chirilgan, shahar markazi “snos”ga tayyorlanayotgan bo‘lishi mumkin. Hokimlik vakili buni rad etdi.

O‘zbekiston harbiy prokurori endi prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi
31 oktabr 2023, 11:54

O‘zbekiston harbiy prokurori endi prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi

“Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarga ko‘ra, endi O‘zbekiston harbiy prokurori bosh prokuror taqdimiga binoan prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

USAID “Sildan xoli O‘zbekiston” loyihasini ishga tushirdi
31 oktabr 2023, 11:48

USAID “Sildan xoli O‘zbekiston” loyihasini ishga tushirdi

AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi — USAID “Sildan xoli O‘zbekiston” 5 yillik tashabbusini boshladi. Silning oldini olish, aniqlash va davolash ishlari bo‘yicha loyihaga 18 mln dollar sarmoya kiritilmoqda.

Messi sakkizinchi marta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritdi
31 oktabr 2023, 10:51

Messi sakkizinchi marta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritdi

“Inter Mayami” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi o‘zining sakkizinchi “Oltin to‘p”ini qo‘lga kiritdi. Ayollar o‘rtasida yilning eng yaxshi futbolchi deb esa “Barselona” yarim himoyachisi Aytana Bonmati topildi.

Shavkat Mirziyoyev aeroportga olib boruvchi ko‘prikdagi qurilish ishlari bilan tanishdi
31 oktabr 2023, 10:38

Shavkat Mirziyoyev aeroportga olib boruvchi ko‘prikdagi qurilish ishlari bilan tanishdi

O‘zbekiston prezidenti Bobur ko‘chasi bo‘ylab Kichik halqa yo‘li va temir yo‘l ustidan o‘tib, Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi yo‘l o‘tkazgichdagi qurilish va ta’mirlash ishlari bilan tanishdi. Loyiha maslahatchisi ko‘prik sinovdan o‘tkazilgani va xavfsiz ekanini ta’kidladi.

“Bu majburiy mehnatga kirmaydi”. Toshkent viloyati SSB boshlig‘i xodimlarga hasharga chiqishni buyurdi
31 oktabr 2023, 10:34

“Bu majburiy mehnatga kirmaydi”. Toshkent viloyati SSB boshlig‘i xodimlarga hasharga chiqishni buyurdi

Toshkent viloyati SSB boshlig‘i Ulug‘bek Abdug‘aniyev viloyat rahbarlari hududlarda reyd o‘tkazayotganini aytib, uyaltirib qo‘ymaslik uchun “o‘zini erkakman degan har bir shifokor”ga hasharda qatnashishni buyurdi. U topshirig‘ini xodimlarning shartnomasida ommaviy tadbirlarda qatnashishi ko‘rsatilgani bilan izohladi.

Andijonda ruhiy kasal bemorni kaltaklagan shifoxona xodimi ishdan olindi
31 oktabr 2023, 10:18

Andijonda ruhiy kasal bemorni kaltaklagan shifoxona xodimi ishdan olindi

Tarmoqlarda Andijondagi ruhiy kasalliklar shifoxonasida xodim bemorni kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Viloyat prokuraturasi xodimning ishdan bo‘shatilgani va tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Toshkentdagi “Temurbeklar maktabi”ga qizlar ham qabul qilinadi
31 oktabr 2023, 10:12

Toshkentdagi “Temurbeklar maktabi”ga qizlar ham qabul qilinadi

Shu vaqtgacha faqat yigitlar qabul qilingan Toshkentdagi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida endi qizlar ham o‘qishi mumkin. Avvalroq uni bitirganlarga OTMga kirishda imtiyoz berilishi turli muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Buning ortidan uning kvotalarini alohida qilish masalasi ko‘tarilgan.

Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
31 oktabr 2023, 09:59

Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Azim Nazarov qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari, Akmal Qosimov va Bunyod Oxunov vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting