O‘zbekistonda 2023-yilda iqtisodiy o‘sish 6 foizni tashkil etdi
16 yanvar 2024, 11:23

O‘zbekistonda 2023-yilda iqtisodiy o‘sish 6 foizni tashkil etdi

Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda 2023-yilda iqtisodiy o‘sish 6 foizni tashkil qilgani ma’lum qilindi.

O‘rganish o‘tkazishga borgan jurnalist chekkani uchun ushlanib, jarimaga tortildi
16 yanvar 2024, 11:20 1

O‘rganish o‘tkazishga borgan jurnalist chekkani uchun ushlanib, jarimaga tortildi

Mahallalardan birida aholi bilan uchrashishga borgan Nuz.uz jurnalisti Mixail Dovlatov huquq idoralari xodimlari tomonidan ushlandi. U taxminan 5 soat qo‘yib yuborilmagan va jamoat joyida chekkanlik uchun jarimaga tortilgan. AOKA prokuraturaga so‘rov yubordi.

Prezident ko‘mir qazib chiqarish hajmini 22 foizga oshirish topshirig‘ini berdi
16 yanvar 2024, 11:04

Prezident ko‘mir qazib chiqarish hajmini 22 foizga oshirish topshirig‘ini berdi

Prezident “aholi, ijtimoiy soha va sanoat ehtiyojlaridan kelib chiqib”, ko‘mir qazib chiqarish hajmini 22 foizga oshirish topshirig‘ini berdi. Shuningdek, tadbirkorlarni “arzon va sifatli” kaolin bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Lionel Messi The Best sovrinini qo‘lga kiritdi
16 yanvar 2024, 10:55

Lionel Messi The Best sovrinini qo‘lga kiritdi

Argentinalik futbolchi Lionel Messi FIFAning 2023-yildagi eng yaxshi erkak futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi. Messi ushbu sovringa qatorasiga ikkinchi marta, umumiy uchinchi marta loyiq ko‘rildi. U to‘plangan ovozlar bo‘yicha Erling Holand va Kilian Mbappedan o‘zib ketdi.

Hukumat komissiyasiga elektrotexnika korxonalarini qo‘llab-quvvatlash va bu uchun budjetdan mablag‘ olish vakolati beriladi
16 yanvar 2024, 09:59

Hukumat komissiyasiga elektrotexnika korxonalarini qo‘llab-quvvatlash va bu uchun budjetdan mablag‘ olish vakolati beriladi

Investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘yicha hukumat komissiyasiga 2027-yilgacha O‘zbekiston elektrotexnika sanoati korxonalarini qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish va ularni amalga oshirish uchun budjetdan mablag‘ olish huquqi beriladi.

O‘zbekistonda Kriminologiya tadqiqot instituti tashkil etildi
16 yanvar 2024, 09:53

O‘zbekistonda Kriminologiya tadqiqot instituti tashkil etildi

Prezident farmoni Kriminologiya tadqiqot instituti tashkil etildi. Institut kriminologik faoliyatni ilmiy va ekspertlik jihatdan ta’minlashga ixtisoslashgan, Ichki ishlar vazirligi tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi, yuridik shaxs maqomiga ega, respublika ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.

Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov vafot etdi
16 yanvar 2024, 09:39

Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov vafot etdi

Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov 66 yoshida vafot etdi. U 2017-yildan buyon ushbu lavozimda ishlab kelayotgandi.

Transport vazirligi vakili — ko‘chalar o‘rtasidagi “ajratilgan yo‘laklar”, 35 metrli avtobuslar va ekspress yo‘nalishlar haqida
16 yanvar 2024, 03:26

Transport vazirligi vakili — ko‘chalar o‘rtasidagi “ajratilgan yo‘laklar”, 35 metrli avtobuslar va ekspress yo‘nalishlar haqida

Toshkentda, nihoyat, ko‘chalar o‘rtasida avtobus yo‘laklari tashkil etiladi. Unda 5 ta seksiyali 32 va 35 metrli avtobuslar harakatlanishi rejalashtirilgan, dedi Transport vazirligi vakili. Infratuzilma yukini kamaytirish uchun poytaxtga kiraverishda 12 ta yangi ekspress yo‘nalishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi 1-martdan joriy qilinadi
15 yanvar 2024, 21:17

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi 1-martdan joriy qilinadi

O‘zbekistonda bahorgacha tadbirkorlarning barqarorlik reytingi yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilmoqda. U elektron shaklda bo‘ladi va yuqori reytingga ega tadbirkorlarga qator imtiyoz hamda preferensiyalardan foydalanish imkonini beradi.

Sun’iy intellekt barcha ish o‘rinlarining 40 foiziga ta’sir qiladi — XVJ
15 yanvar 2024, 20:46

Sun’iy intellekt barcha ish o‘rinlarining 40 foiziga ta’sir qiladi — XVJ

XVJ ma’lumotlariga ko‘ra, sun’iy intellekt texnologiyalari almashtirish yoki o‘rnini to‘ldirish orqali dunyodagi jami ish joylarining 40 foiziga ta’sir qiladi. Rivojlangan iqtisodlar sun’iy intellektdan foyda olishda yaxshiroq imkoniyatlarga ega, bu esa global tengsizlikni yomonlashtirishi mumkin.

O‘zbekistonda Optimo kompaniyasi ish boshladi
15 yanvar 2024, 19:00

O‘zbekistonda Optimo kompaniyasi ish boshladi

Optimo kompaniyasi tadbirkorlar uchun biznesni samarali boshqarish uchun foydali bo‘lgan do‘kon dasturini taqdim etdi. Dastur, shuningdek, do‘kon savdosini nazorat qilishni osonlashtiradi.

“Paxtakor” va “Surxon” klublari xususiylashtirish arafasida turibdi — Diyor Imomxo‘jayev
15 yanvar 2024, 17:14

“Paxtakor” va “Surxon” klublari xususiylashtirish arafasida turibdi — Diyor Imomxo‘jayev

O‘zPFL direktori Diyor Imomxo‘jayev “Paxtakor” va “Surxon” futbol klublari xususiylashtirish arafasida ekanini aytdi. “„Surxon“ aslida bir yil oldin xususiylashtirilishi kerak edi, lekin klubda bundan avval ishlagan odamlarning ba’zi xatolari bor, prokuratura buni o‘rganmoqda”, — dedi u.

Yevrokomissiya vitse-prezidenti O‘zbekistonga keladi
15 yanvar 2024, 17:07

Yevrokomissiya vitse-prezidenti O‘zbekistonga keladi

Seshanba kuni Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Margaritis Sxinas amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Uning Shavkat Mirziyoyev, bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev va tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uchrashishi rejalashtirilmoqda.

Toshkentda metro yaqinidagi bir necha do‘konlarda yong‘in chiqdi (foto, video)
15 yanvar 2024, 16:30

Toshkentda metro yaqinidagi bir necha do‘konlarda yong‘in chiqdi (foto, video)

Sergeli tumanida metroning “Qipchoq” va “Turon” bekatlari yaqinidagi bir nechta yengil konstruksiyali do‘konlarda yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmadi, deb xabar berdi FVV. “Toshkent metropoliteni” yong‘in metro tizimiga ta’sir ko‘rsatmaganini bildirdi.

Japarov: Deputat Jamg‘irchiyev “Salimboy”dan ““ikki do‘st”ni yo‘q qilishni” so‘ragan
15 yanvar 2024, 16:29

Japarov: Deputat Jamg‘irchiyev “Salimboy”dan ““ikki do‘st”ni yo‘q qilishni” so‘ragan

Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarovning aytishicha, “Salimboy” bilan uchrashish uchun o‘zbek-qirg‘iz chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan deputat Emil Jamg‘irchiyev undan “ikki do‘stni” yo‘q qilishga yordam berishni so‘ragan. Qirg‘iziston matbuotining qayd etishicha, mamlakatda prezident va MXDQ rahbari shunday chaqiriladi.

Navoiyda ikkita mashina to‘qnashishi oqibatida ikki yo‘lovchi vafot etdi
15 yanvar 2024, 15:11

Navoiyda ikkita mashina to‘qnashishi oqibatida ikki yo‘lovchi vafot etdi

Navoiyda Volkswagen ID6 mashinasi qizil chiroqda to‘xtab turgan Matiz`ga kelib urildi. Oqibatda Matiz`ning orqa o‘rindig‘ida bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi.

O‘zbekistonda Eltech Industrial texnoparki tashkil etiladi
15 yanvar 2024, 15:02

O‘zbekistonda Eltech Industrial texnoparki tashkil etiladi

Ohangarondagi texnopark negizida Eltech Industrial texnoparki tashkil etilmoqda. Maqsad — “yangi turdagi elektrotexnika mahsulotlari va ularning butlovchi qismlarini o‘zlashtirish”. Shuningdek, Surxondaryoda 2 gektar qishloq xo‘jaligi yer maydoni oshxona havo tortish qurilmalari ishlab chiqarish uchun ajratiladi.

Chiroqchi tumani hokimiga hayfsan berildi
15 yanvar 2024, 14:40

Chiroqchi tumani hokimiga hayfsan berildi

2023-yil avgust oyidan buyon Qashqadaryoning Chiroqchi tumaniga hokimlik qilib kelayotgan Fayzulla Yusupovga nisbatan hayfsan jazosi qo‘llandi. Viloyat hokimligi uning topshiriqlar ijrosida nazoratni susaytirgani va kamchiliklarga yo‘l qo‘yganini bildirdi.

Xorijiy tovarlarning davlat xaridlaridagi ishtirokiga cheklovlar kuchaytirilishi rejalashtirilmoqda
15 yanvar 2024, 13:32

Xorijiy tovarlarning davlat xaridlaridagi ishtirokiga cheklovlar kuchaytirilishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston hukumati xorijiy tovarlarning (hozirda 520 dan ortiq tovarga taqiq qo‘yilgan) davlat xaridlarida ishtirok etishiga cheklovlarni kuchaytirishni va mahalliy kompaniyalarga, jumladan, elektrotexnika ishlab chiqaruvchilarga ko‘proq imtiyozlar berishni rejalashtirmoqda.

“Tayvan — Xitoyning ajralmas qismi” — O‘zbekiston TIV Tayvandagi prezidentlik saylovi haqida
15 yanvar 2024, 12:56

“Tayvan — Xitoyning ajralmas qismi” — O‘zbekiston TIV Tayvandagi prezidentlik saylovi haqida

Tayvanda o‘tgan prezidentlik saylovida hukmron partiya nomzodi Lay Sinde g‘alaba qozondi. O‘zbekiston TIV jarayonga munosabat bildirib, mamlakat “Yagona Xitoy” tamoyilini qat’iy qo‘llab-quvvatlashi va Tayvan Xitoyning ajralmas qismi ekanini ta’kidladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting