Qurilish vazirligida Loyiha ofisi tashkil etiladi
29 yanvar 2024, 12:21

Qurilish vazirligida Loyiha ofisi tashkil etiladi

Qurilish vazirligida Loyiha ofisi tuziladi. U qurilishda loyihalashtirishni tartibga solish maqsadida tashkil etilmoqda.

Prezident havo ifloslanishi muammosiga to‘xtaldi
29 yanvar 2024, 12:02

Prezident havo ifloslanishi muammosiga to‘xtaldi

Shavkat Mirziyoyev havo ifloslanishining oldini olish bo‘yicha ilmiy taklif va hisob-kitoblar qilinmayotgani bo‘yicha tegishli vazirlik, idoralar faoliyatidagi qoloqliklarni tanqid qildi.

Ish haftasi yomg‘irli bo‘ladi
29 yanvar 2024, 11:24

Ish haftasi yomg‘irli bo‘ladi

O‘zbekistonning asosiy qismida dushanba va seshanba kunlari yog‘ingarchilik kuzatiladi. Chorshanbadan Toshkent viloyati va vodiydan tashqari respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechalari 0…-5, shimolda −10…−15, kunduzi −3…+5 daraja bo‘ladi.

Adiz Boboyev Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi
29 yanvar 2024, 10:52

Adiz Boboyev Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi

Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Adiz Boboyev Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi. Mehriddin Abdullayev esa raisning birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.

“Taxtaqoracha” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi
29 yanvar 2024, 10:46

“Taxtaqoracha” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi

Dushanba kuni soat 10:20 dan Kitob tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining “Taxtaqoracha” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bunga kuchli qor yog‘ayotgani sabab bo‘lgan.

Transport vaziri va qator mas’ullarga hayfsan berildi
29 yanvar 2024, 10:40

Transport vaziri va qator mas’ullarga hayfsan berildi

Prezident o‘z tizimida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun transport vaziri Ilhom Mahkamov, uning birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov, IIV YHXB boshlig‘i Olim Saidov va “Toshshahartransxizmat” AJ raisi Anvar Jo‘rayevga hayfsan e’lon qilib, oxirgi ogohlantirish berdi.

Firibgarlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi
28 yanvar 2024, 20:45

Firibgarlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Ko‘p miqdordagi pullarni o‘zlashtirishda ayblanib, 8 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Uning harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan Istanbuldagi bosh konsulxonaga yoki IIVga murojaat qilishlari so‘raldi.

Oiladagi zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi video ishlagan vaynerlar 15 sutkaga qamaldi
28 yanvar 2024, 10:40

Oiladagi zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi video ishlagan vaynerlar 15 sutkaga qamaldi

Toshkentda ikki vayner ayol eridan kaltak yeb, ota uyiga borganda otasi ham bunga qizining o‘zini aybdor qilib, ortga qaytarib yuborgani aks etgan video ishlagandi. Sud buni tazyiq, zo‘ravonlik va jins bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qiluvchi mahsulot deb topib, ularga nisbatan 15 sutka qamoq jazosini tayinladi.

Toshkentdagi YTH oqibatida bir haydovchi shifoxonaga yotqizildi
27 yanvar 2024, 22:37

Toshkentdagi YTH oqibatida bir haydovchi shifoxonaga yotqizildi

Shayxontohur tumanida KIA va Malibu mashinalari ishtirokida YTH bo‘ldi. Haydovchilarning biri jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi.

Farg‘onada bir oilaning 6 nafar a’zosi is gazidan vafot etdi
27 yanvar 2024, 13:13

Farg‘onada bir oilaning 6 nafar a’zosi is gazidan vafot etdi

Marg‘ilon shahrida bir xonadonda istiqomat qilib kelgan er-xotin, ularning qizi va uch nafar nabirasi is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etdi.

O‘zbekiston Etnosport assotsiatsiyasi 2023-yilning natijalari sarhisobi bilan bo‘lishdi
27 yanvar 2024, 13:00

O‘zbekiston Etnosport assotsiatsiyasi 2023-yilning natijalari sarhisobi bilan bo‘lishdi

Etnosport assotsiatsiyasi tomonidan 2023-yilda xalqaro tashkilotlar ekspertlari, O‘zbekiston vazirliklarining vakillari, shuningdek, professional va havaskor yosh sportchilar ishtirok etgan oltita yirik va ahamiyatli tadbir o‘tkazildi.

O‘zbekiston aholisi 1-yanvar holatiga ko‘ra 36,8 mln kishini tashkil etdi
27 yanvar 2024, 12:17

O‘zbekiston aholisi 1-yanvar holatiga ko‘ra 36,8 mln kishini tashkil etdi

O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2024-yil 1-yanvar holatiga 36 799 800 kishini tashkil etdi. Statistika agentligi 2023-yilgi demografik ko‘rsatkichlarni e’lon qildi.

UzAuto Motors va “Asakabank” kunlik 225 ming so‘m to‘lov evaziga Chevrolet Onix taklif qilmoqda
27 yanvar 2024, 11:00 1

UzAuto Motors va “Asakabank” kunlik 225 ming so‘m to‘lov evaziga Chevrolet Onix taklif qilmoqda

“Asakabank” UzAuto Motors kompaniyasi bilan birgalikda mijozlarga yillik 19 foiz stavka bilan Chevrolet Onix avtomobillari uchun avtokredit olish imkoniyatini taklif etmoqda.

BMT sudi Janubiy Afrikaning Isroilga qarshi genotsid da’vosi bo‘yicha birinchi hukmni chiqardi
27 yanvar 2024, 10:24

BMT sudi Janubiy Afrikaning Isroilga qarshi genotsid da’vosi bo‘yicha birinchi hukmni chiqardi

Xalqaro sud Janubiy Afrikaning Isroilga qarshi ishi bo‘yicha o‘zining birinchi qarorini chiqarib, Isroil hukumatiga G‘azo sektorida genotsidga olib keladigan xatti-harakatlarning oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rishni buyurdi. Sud zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirmadi.

Nima tayyorlaymiz: Shirin pishiriqlar
27 yanvar 2024, 10:00

Nima tayyorlaymiz: Shirin pishiriqlar

Limonli bulochkalar, “Olma” sloykalari, “Tipratikan” shirinligi, nokli keks, “Sutli” torti, olcha hamda shokoladli tort va boshqalar — Zira.uz shirin pishiriqlar tayyorlab ko‘rish uchun turli retseptlarni taqdim etadi.

Senat qo‘mitalari huquq-tartibot xodimlarini obro‘sizlantirish moddasini o‘rganmoqda — Tanzila Narbayeva
27 yanvar 2024, 01:13

Senat qo‘mitalari huquq-tartibot xodimlarini obro‘sizlantirish moddasini o‘rganmoqda — Tanzila Narbayeva

Senat raisi Tanzila Narbayeva huquq-tartibot idoralari xodimlarining foto va videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” internetda e’lon qilganlik uchun jazolash haqidagi norma Senat qo‘mitalari tomonidan o‘rganilayotganini aytdi. “Qo‘mitalarimiz hozir ko‘rib chiqish jarayonida”, — dedi u.

“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun nega haligacha imzolanmadi? Senat raisi javobi
26 yanvar 2024, 22:45

“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun nega haligacha imzolanmadi? Senat raisi javobi

Senat raisi Tanzila Narbayeva BBC o‘zbek xizmatiga intervyu berib, unda Senat tomonidan tasdiqlanib, prezidentga imzolash uchun yuborilgan, ammo shundan so‘ng “yo‘qolib qolgan” “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi haqida gapirdi. Uning aytishicha, hozirda hujjatni PA ekspertlari o‘rganmoqda.

“Tashabbusli budjet”ning yangi mavsumi 1-fevraldan boshlanadi
26 yanvar 2024, 22:24

“Tashabbusli budjet”ning yangi mavsumi 1-fevraldan boshlanadi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Tashabbusli budjet”ning 2024-yilgi ilk mavsumi 1-fevraldan boshlanishini e’lon qildi. Bu mavsum uchun 3 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.

O‘zbekistonda ta’limni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi
26 yanvar 2024, 20:59

O‘zbekistonda ta’limni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi

Prezident yig‘ilishida maktab ta’limini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Baholash tizimini xalqaro testologiya mezonlariga moslashtirish, maktablarni akkreditatsiyadan o‘tkazish, xususiy maktablarga imtiyozlar berish, mahallalarning maktablar hayotidagi ishtirokini kengaytirish rejalari e’lon qilindi.

Moratoriy davrida oltita daryo o‘zanlarida qum va shag‘al qazib olishga ruxsatnomalar berilmaydi — Ekologiya vazirligi
26 yanvar 2024, 19:56

Moratoriy davrida oltita daryo o‘zanlarida qum va shag‘al qazib olishga ruxsatnomalar berilmaydi — Ekologiya vazirligi

Ekologiya vazirligi E-Auksion sayti orqali qum va shag‘al qazib olishga ruxsatnoma olish mumkinligi haqidagi tanqidlarga javob berdi. Vazirlik bu tartib faqat moratoriy amal qilmaydigan hududlarga tegishli ekanini tushuntirdi. Moratoriyga ko‘ra, oltita daryodan material qazib olish umuman mumkin bo‘lmaydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting