O‘zbekistonning Dubaydagi yangi konsuli vazifasini bajarishga kirishdi
26 yanvar 2024, 18:50

O‘zbekistonning Dubaydagi yangi konsuli vazifasini bajarishga kirishdi

O‘zbekistonning Dubay shahriga yangi tayinlangan bosh konsuli Kamol Ikromov BAA Tashqi ishlar vazirligining Dubay bo‘limi direktoridan konsullik patentini qabul qilib oldi.

O‘zbekiston qanday qilib gazning sof importchisiga aylanib qoldi?
26 yanvar 2024, 18:12

O‘zbekiston qanday qilib gazning sof importchisiga aylanib qoldi?

2023-yilda O‘zbekiston eksport qilganidan ko‘ra ko‘proq gaz importini amalga oshirdi. Yetkazib berish orasidagi farq 165 mln dollardan oshdi. “Gazeta.uz” mamlakat ichida ulkan gaz zaxiralari bo‘lishiga qaramay, bu holat yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan omillarni o‘rganishga harakat qildi.

Toshkentdagi YTH oqibatida bir kishi vafot etdi
26 yanvar 2024, 17:27

Toshkentdagi YTH oqibatida bir kishi vafot etdi

Chilonzor buyum bozori qarshisida Spark va Malibu avtomobillari to‘qnashdi. Spark haydovchisi voqea joyida vafot etdi, bir yo‘lovchi shifoxonaga yotqizildi.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (27−28-yanvar)
26 yanvar 2024, 15:48

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (27−28-yanvar)

6 ta kinopremera, karting-slalom bo‘yicha chempionat, “Sahna” stendap klubida yumoristik tadbirlar, teatr namoyishlari, mahorat darslari, do‘konlardagi chegirmalar, musiqiy kechalar va kelayotgan dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — “Afisha.uz” jamlanmasida.

Soliq ilovasi yuklama ortgani sababli uzilishlar bilan ishlamoqda
26 yanvar 2024, 15:41

Soliq ilovasi yuklama ortgani sababli uzilishlar bilan ishlamoqda

Davlat soliq qo‘mitasining Soliq mobil ilovasi ma’lumotlar markazida yuklama ortib ketgani sababli uzilishlar bilan ishlamoqda. Qo‘mitaning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, so‘nggi paytlarda ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan cheklar soni ko‘payib, amaldagi serverning quvvati yetmay qolishni boshlagan.

Markaziy bank raisi — jarimaga tortilayotgan banklar nomi nega ochiqlanmayotgani haqida
26 yanvar 2024, 14:59

Markaziy bank raisi — jarimaga tortilayotgan banklar nomi nega ochiqlanmayotgani haqida

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov regulyator tomonidan jarimaga tortilayotgan banklar nomi nega ochiqlanmayotganini izohladi. “Aholida noto‘g‘ri tushuncha shakllanmasligi uchun bankning ichki faoliyati bilan bog‘liq holatlarda chora ko‘rilgan banklar nomini e’lon qilmaslikka qaror qildik”, — dedi u.

Namangan viloyati hokimi “Navbahor” futbol klubiga 2,5 mlrd so‘m ajratdi
26 yanvar 2024, 14:38

Namangan viloyati hokimi “Navbahor” futbol klubiga 2,5 mlrd so‘m ajratdi

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazakovning farmoyishi bilan “Navbahor” futbol klubiga viloyat budjeti zaxira jamg‘armasidan 2,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.

Yevropa Ittifoqining yoqilg‘idan chiqadigan CO2 emissiyasi so‘nggi 60 yildagi eng past darajaga yetdi
26 yanvar 2024, 14:09

Yevropa Ittifoqining yoqilg‘idan chiqadigan CO2 emissiyasi so‘nggi 60 yildagi eng past darajaga yetdi

Yevropa Ittifoqida qazib olinadigan yoqilg‘idan chiqadigan karbonat angidrid (CO2) emissiyasi o‘tgan yili so‘nggi 60 yildagi eng past darajaga tushdi. Bu natijaga asosan “yashil” energiyadan foydalanish hisobiga erishildi.

O‘zbekistonda dorilarning telekanallardagi reklamasi SSV tomonidan tasdiqlanadi
26 yanvar 2024, 12:59

O‘zbekistonda dorilarning telekanallardagi reklamasi SSV tomonidan tasdiqlanadi

Prezident qaroriga ko‘ra dorilar bilan bog‘liq xavf-xatarlarni aniqlash va ularga javob berishga qaratilgan farmakologik nazorat tizimi yaratiladi. Dorilarning teleradiokanallardagi reklamasi SSV tomonidan tasdiqlanadi. Dori omborlarida zarur saqlash amaliyoti (GSP) majburiy bo‘ladi.

Mahallalar uyushmasining hududiy boshqarmalariga rahbarlar tayinlandi (ro‘yxat)
26 yanvar 2024, 12:51

Mahallalar uyushmasining hududiy boshqarmalariga rahbarlar tayinlandi (ro‘yxat)

Yangi tashkil etilgan O‘zbekiston mahallalari uyushmasining hududiy boshqarmalariga boshliqlar tayinlandi. Ular orasida vazir, sobiq hokimlar, hokim o‘rinbosarlari, boshqarma boshliqlari va boshqalar bor. Ro‘yxat.

YTTB O‘zbekiston uchun yangi besh yillik strategiyani tasdiqladi
26 yanvar 2024, 12:00

YTTB O‘zbekiston uchun yangi besh yillik strategiyani tasdiqladi

YTTB O‘zbekiston uchun yangi besh yillik strategiyani tasdiqladi. Undagi asosiy ustuvorliklarga dekarbonizatsiya, suvni tejash va qayta tiklanadigan energiya manbalarini qo‘llab-quvvatlash, xususiy sektorni rivojlantirish, iqtisodiy boshqaruv va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash kiradi.

Toshkentda 2023-yilda jamoat avtobuslaridan 241,7 mln marta foydalanildi
26 yanvar 2024, 11:59

Toshkentda 2023-yilda jamoat avtobuslaridan 241,7 mln marta foydalanildi

Toshkent shahrida 2023-yil davomida jamoat avtobuslari kuniga o‘rtacha 662,3 mingdan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. Umumiy hisobda yil davomida avtobuslardan 241,7 mln marta foydalanildi.

Dam olish kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
26 yanvar 2024, 11:47

Dam olish kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Shanba kuni O‘zbekistonga Turkmanistondan iliq va nam havo massalari kirib kelib, ayrim joylardagina yog‘ingarchilik bo‘ladi. Harorat kechasi −2…−5 darajagacha pasayadi, kunduzi +10 darajagacha yetadi. Yakshanbada yomg‘ir respublikaning barcha hududlariga tarqaladi. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.

Erdog‘an Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishini ma’qulladi
26 yanvar 2024, 11:24

Erdog‘an Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishini ma’qulladi

Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishi haqidagi hujjat Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an tomonidan imzolandi. Shvetsiyaning alyansga qo‘shilish arizasini ratifikatsiya qilmagan faqatgina Vengriya qoldi.

Farg‘onada 25 sotix yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan erkak ushlandi
26 yanvar 2024, 11:07

Farg‘onada 25 sotix yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan erkak ushlandi

Buvayda tumanida maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi uchun ajratilgan 25 sotix yerni hujjatlarsiz 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.

Sardor Rustamboyev O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi bo‘ldi
26 yanvar 2024, 10:02

Sardor Rustamboyev O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi bo‘ldi

Sardor Rustamboyev O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi etib tayinlandi. U 2018-yildan buyon mamlakatning Fransiyadagi elchisi sifatida ishlab kelayotgandi.

Toshkentda avtobuslarni tozalamagan mexaniklar jarimaga tortildi
26 yanvar 2024, 09:59

Toshkentda avtobuslarni tozalamagan mexaniklar jarimaga tortildi

Poytaxtda sanitar holati talab darajasida bo‘lmagan 80-sonli avtobuslardan biri yo‘nalishga chiqarilgani aniqlandi. Xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan navbatchi mexaniklarga o‘rtacha oylik maoshining 20 foizi miqdorida jarima qo‘llanildi.

Shahrixon bozoridagi yong‘inni 20 ta qutqaruv brigadasi o‘chirdi
26 yanvar 2024, 09:46

Shahrixon bozoridagi yong‘inni 20 ta qutqaruv brigadasi o‘chirdi

Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi kiyim-kechak bozorida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Voqea joyiga 20 ta qutqaruv brigadasi yetib kelgan, yong‘in ikki soatdan ko‘proq vaqt davomida o‘chirilgan. Jabrlanganlar yo‘q.

Yaponiyada anime studiyasiga o‘t qo‘ygan shaxs o‘limga hukm qilindi
26 yanvar 2024, 00:08

Yaponiyada anime studiyasiga o‘t qo‘ygan shaxs o‘limga hukm qilindi

Yaponiya sudi 2019-yilda Kyoto Animation anime studiyasiga o‘t qo‘yishda ayblangan shaxsni o‘limga hukm qildi. Yong‘in oqibatida 36 kishi halok bo‘lgan, 30 dan ortiq kishi jarohatlangandi. Voqea mamlakatdagi eng dahshatli qirg‘inlardan biriga aylangan. Sudlanuvchi studiya uning ishini o‘g‘irlagan deb hisoblagan.

1-apreldan chiqindi xizmatlari narxiga QQS hisoblanadi
25 yanvar 2024, 23:41

1-apreldan chiqindi xizmatlari narxiga QQS hisoblanadi

2024-yil 1-apreldan boshlab chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun nol stavka bo‘yicha soliq solish bekor qilinadi. Sanitar tozalash narxlari qiymatiga 12 foiz QQS solinadi. Bu Toshkent shahrida 8400 so‘mni tashkil qiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting