15-yanvar kuni soat 02:00 atrofida Navoiy shahrida ikki mashina to‘qnashishi oqibatida 2 nafar yo‘lovchi vafot etdi, deya xabar bermoqda Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati.

Islom Karimov ko‘chasida haydovchi A.N. boshqaruvida bo‘lgan Matiz svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan vaqtda Volkswagen ID6 mashinasi haydovchisi O.N. uning orqa qismidan kelib to‘qnashgan va yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Hodisa oqibatida Matiz`ning orqa o‘rindig‘ida bo‘lgan yo‘lovchilar E.U. hamda O.G‘. tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan Navoiy shahar IIB tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.