Gruziyaning Optimo kompaniyasi O‘zbekistonga kirib keldi va kundan-kunga mijozlari soni oshib bormoqda.

Optimo — biznesingizni osonlik bilan boshqarishga yordam beradigan do‘konlar uchun dastur. Agar sizda do‘kon, novvoyxona, umumiy ovqatlanish yoki boshqa turdagi biznesingiz bo‘lsa, boshqaruvni soddalashtiradigan do‘kon dasturi kerak bo‘ladi. Optimo esa siz izlagan yechimni taklif qilmoqda.

optimo, reklama

Dastur inventarizatsiya jarayonini boshqarib, menejerga biznesni boshqarish uchun kerakli barcha muhim ma’lumotlarni — inventar, hisobotlar, tahlillar va boshqalarni bir joyga jamlaydi.

Bu dastur do‘konni avtomatlashtiradi hamda savdolarni osongina kuzatish, mavjud mahsulotlar soni va daromadlardan xabardor bo‘lishga yordam beradi.

Inventarizatsiya, ya’ni butun boshli savdo-sotiq jarayonini boshqarish har qanday turdagi biznes uchun muhim omil bo‘lib, uning asosida sotib olish va sotish rejalashtirilgan. Misol uchun, agar sizda ma’lum bir mahsulotning yetarli zaxirasi bo‘lmasa, sotuvni oshirish uchun reklama rejalashtira olmaysiz.

optimo, reklama

Inventarizatsiya har qanday savdo nuqtasi uchun og‘riqli jarayonlardan biridir. Bu jarayon eskicha usulda bo‘lsa, inson resursi ko‘p talab etiladi. Menejerlar, kassirlar va sotuvchilar barcha tovarlarni hisoblash uchun tuni bilan ishlashlariga to‘g‘ri keladi va menejerlar aldanib qolmaslik uchun jarayonni to‘liq nazorat qiladi.

Inventarizatsiya jarayoni ko‘p vaqt, kuch va harakatni talab qiladi. Axir har doim ham tovarlarning mavjudligi yoki xodimlar hamda tashrif buyuruvchilarning halolligiga ishonch hosil qilib bo‘lmaydi. Tovarlarni darhol inventarizatsiya qilish biznesingiz uchun juda muhimligini bilib olishingiz shart. Dastur, avvalo, shunga yordam beradi.

U orqali siz kunning istalgan vaqtida tovarlaringiz haqida so‘nggi ma’lumotlarni olasiz va keyingi qadamni to‘g‘ri rejalashtirasiz.

Dasturga bir martalik mahsulotlar kiritilgandan so‘ng nafaqat menejer, balki kassir ham balansga kirish huquqiga ega bo‘ladi. Ombor va peshtaxtalarni qidirmasdan, xaridorga omborda ma’lum bir mahsulot mavjudligi to‘g‘risida, sizda hozirda unga kerak bo‘lgan miqdorda bor yoki yo‘qligi haqida ma’lumot berish mumkin.

Bundan tashqari, dastur xarid qilish, hisob-fakturalarni tasdiqlash va ularni aks ettirish jarayonini soddalashtiradi. Agar kerak bo‘lsa, hisob-fakturalarni sozlash imkonini beradi.

optimo, reklama

Optimo kassirlar uchun ham qulay bo‘lib, ularning ishini ham ancha soddalashtiradi. Dasturga mahsulot bir marta yuklangandan keyin kassir uni shtrix-kod, yetkazib beruvchi, ism, toifa va rasm bo‘yicha qidirishi mumkin.

Dastur oddiy va tushunarli bo‘lib, kassir u bilan ishlashni 10 daqiqada o‘rganib oladi. Kassir dasturdan hatto internet uzilib qolganda ham foydalanishi mumkin. Kirish tiklangandan so‘ng ma’lumotlar menejer tomonidan sinxronlashtiriladi.

optimo, reklama

Bundan tashqari, uni masofadan turib, noutbuk yoki mobil telefon yordamida ishlatish mumkin, bu esa menejerga dunyoning istalgan nuqtasidan do‘konni boshqarishga imkon beradi.

Agar dasturdan foydalanishni boshlasangiz, har kuni do‘konga tashrif buyurishingiz shart emas, chunki uning yordamida do‘koningizni masofadan boshqarishingiz, sotuvlar va mahsulot mavjudligini kuzatishingiz mumkin.

Agar biznesingizni yangi bosqichga olib chiqmoqchi bo‘lsangiz, mazkur havola orqali tashrif buyurib, ismingiz, familiyangiz, telefon raqamingiz, elektron pochtangiz, biznesingiz nomi ko‘rsatilgan arizani to‘ldirib, qo‘ng‘irog‘ kutishingiz mumkin. Barcha savollarga javob beradigan va biznesingizni qulay boshqarish uchun do‘kon dasturiy ta’minotini sozlashda yordam beradigan kompaniyaning menejerlari siz bilan aloqaga chiqadi.

Telefon: (+998) 71−205−12−22.

Sayt: optimo.uz
Instagram: @optimo_uz
Telegram: t.me/optimo_uz

Reklama huquqlari asosida.