Pandemiya davrida ochilgan Sardor Rahimxon boshchiligidagi «Yurak amri» xayriya fondi vaqtincha yopildi. Tashkilotchi qaror ortidan xatolarni isloh qilib, rasmiy faoliyatga tayyorgarlik ko‘rish maqsad qilinganini ta’kidladi.
Belarusning birinchi rahbari Stanislav Shushkevich 88-yoshida vafot etdi. U 1991 yilda SSSR tugatilishi va MDH tashkil etilishi bo‘yicha Belovej kelishuvlarida Belarus vakili sifatida ishtirok etgan edi.
O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasida o‘zbek chegarachilarining o‘limiga sabab bo‘lgani aytilayotgan otishma haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deya xabar bermoqda TIV. «Chegaradagi vaziyat tinchligicha qolmoqda, janubiy chegaralarni himoya qilish odatdagi rejimda olib borilmoqda», — deyiladi xabarda.
Seshanba kuni Rossiyaning Moskva viloyatidagi Mitishi shahrida 2 o‘zbekistonlik va uy egasi ko‘p qavatli binoda chiqqan yong‘in tufayli vafot etdi. Yong‘inga sigareta qoldig‘i o‘chirilmagani sabab bo‘lgani aytildi.
Prezident Sergeli tumanidagi Qipchoq ko‘chasini Yakkasaroy tumanidagi Cho‘ponota va Shota Rustaveli ko‘chalari bilan bog‘laydigan yangi yo‘l va ko‘prikning ochilishida ishtirok etdi. Qurilish ishlari 2020 yilning yozidan beri olib borilayotgan edi.
Shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha FIDE o‘smirlar jahon chempionatida o‘zbekistonlik Umida Omonova (16 yosh) jahon chempioni bo‘ldi, Humoyun Bekmurodov (12 yosh) esa kumush medali sohibiga aylandi.
O‘zbekiston «Chegarasiz reportyorlar» tashkilotining matbuot erkinligi reytingida 24 pog‘onaga ko‘tarilib, 133-o‘rinni egalladi. Bunday keskin o‘zgarish reyting metodologiyasining yangilangani bilan bog‘liq. Mamlakatda so‘z erkinligi bilan bog‘liq vaziyat oldingidek «murakkab» deya baholanmoqda.
OTMga o‘qishga kirish uchun berilgan imtiyozlar xatlovdan o‘tkazilib, ularning qat’iy ro‘yxati yagona hujjatda shakllantirilishi mumkin. Tegishli prezident qarori loyihasida ushbu imtiyozlarni umumiy kvotaga kiritmaslik to‘g‘risidagi qoidani o‘rnatish ham nazarda tutilgan. Shuningdek, o‘qishni ko‘chirish jarayoni raqamlashtirilishi mumkin.
O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, 4 may kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmayapti.
2 may kuni O‘zbekistonda faqatgina 1 kishida koronavirus aniqlandi. Oldingi kunlari koronavirusning yangi holatlari 20 tacha atrofida edi.
Aprel oyida tovarlar va xizmatlar narxlari 1,47%ga qimmatlashdi. Yillik inflyatsiya biroz pasayib, 10,4%ga tushdi. Oziq-ovqat narxlari oldingi yillarga nisbatan sekinroq, sanoat tovarlari esa tezroq o‘sgan.
Samarqandda «Mikrokreditbank» filiali rahbari tadbirkorga kredit ajratib berish evaziga 10 ming dollar pora talab qilib, aytilgan summaning 6 mingini olayotganda qo‘lga tushdi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
DXX Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi xalqaro o‘tkazish punktida Tojikistondan kirib kelgan yuk poyezdi vagonining g‘ildiraklari orasida 1 kilogramm 949 grammlik «opiy» giyohvandlik vositasi borligini aniqladi. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi.
Prezident o‘zining bayram tabrigida Ramazon hayiti dunyo ahlini o‘zaro do‘st va birodar bo‘lib, totuvlik va hamkorlikda yashashga da’vat etishini ta’kidladi. «Yurtimizda barqarorlikni ta’minlash, o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlash, qadimiy va o‘lmas qadriyatlarga tayangan holda taraqqiyot sari jadal odimlash — davr talabidir», — dedi u.
O‘zbekiston o‘tgan yil avgustida mamlakatga uchib kelgan harbiy samolyot va vertolyotlarni Afg‘onistonga qaytarishni rejalashtirmayapti, chunki ular AQSh mulki hisoblanadi va bu masala rasmiy Vashington tomonidan hal qilinishi kerak. Bu haqda «Amerika Ovozi»ga bergan intervyusida O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev ma’lum qildi.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi «Sputnik Afganistan» agentligining O‘zbekistonning uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlari Afg‘oniston havo makonini buzib o‘tgani haqidagi xabarini rad etdi.
Musulmonlar idorasi Ramazon hayiti namozi vaqtlarini e’lon qildi. Hayit namozi Toshkent shahrida soat 05:40 da, boshqa hududlarda namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib o‘qiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi Ramazon hayitining birinchi kuni 2 may — dushanba kuniga to‘g‘ri kelishi to‘g‘risida qaror qabul qildi. 3 va 4 may esa qo‘shimcha dam olish kunlari sifatida belgilandi.
Avtopoyga va drift ishqibozlari uchun Toshkent shahrida poligon ajratilishi mumkin. Bu boradagi taklifni poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bildirdi va ularga havaskor darajasida qarash kerakligini aytdi. Hozir ushbu qoidabuzarlik uchun 5−15 sutkaga qamash jazosi qo‘llaniladi. Hokimning fikricha, «hamma narsaga taqiq qo‘yish shart emas».
Afg‘onistonda tinch aholiga qarshi qator terrorchilik hujumlari davom etmoqda. 29 aprel kuni Kobuldagi so‘fiy masjidida sodir bo‘lgan portlashda turli hisob-kitoblarga ko‘ra 10 dan 50 nafargacha odam halok bo‘lgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting