Ramazon hayitining birinchi kuni 2 may — dushanba kuniga to‘g‘ri keladi. Bu prezidentning Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi qarorida qayd etilgan.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi tomonidan qabul qilingan qarorni inobatga olib, mamlakatda 2022 yil 2 may kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.

Shunga ko‘ra, 3−4 may kunlari esa qo‘shimcha dam olish kunlari sifatida belgilandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Ramazon hayiti milliy va diniy an’analariga mos ravishda o‘tkazilishi uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Turizm va madaniy meros vazirligi Transport vazirligi bilan birgalikda yurtdoshlarimiz uchun muborak Ramazon hayiti kunlarida mo‘’tabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarini tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratadi.