Toshkentda 4 ta yengil avtomobil to‘qnashishi oqibatida 6 kishi jarohatlandi
25 mart 2024, 09:30

Toshkentda 4 ta yengil avtomobil to‘qnashishi oqibatida 6 kishi jarohatlandi

Toshkentda kechasi Jahon tillari universiteti yaqinida to‘rtta avtomobil to‘qnashib ketdi, oqibatda olti kishi jarohat oldi. Kecha tunda, shuningdek, Bunyodkor shoh ko‘chasida oltita avtomobil to‘qnashib ketdi.

Qumqo‘rg‘ondagi sel talafotlarini bartaraf etish uchun Surxondaryoning barcha tumanlaridan yordam chaqirildi
24 mart 2024, 11:29

Qumqo‘rg‘ondagi sel talafotlarini bartaraf etish uchun Surxondaryoning barcha tumanlaridan yordam chaqirildi

Qumqo‘rg‘ondagi sel talafotlarini bartaraf etishga Surxondaryoning boshqa tumanlaridan 10 ming kishi, 350 dan ortiq yuk va maxsus transport vositalari jalb qilindi. Ichki yo‘llar shag‘allashtirilib, aholi xonadonlari va boshqa obyektlar dezinfeksiyalandi, daraxt va buta ko‘chatlari o‘tqazildi. Foto.

2023-yilda “O‘zbekneftgaz”ning sof foydasi ikki barobardan ko‘proqqa kamaydi
24 mart 2024, 10:59

2023-yilda “O‘zbekneftgaz”ning sof foydasi ikki barobardan ko‘proqqa kamaydi

“O‘zbekneftgaz”ning sof foydasi 2023-yilda 611,6 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022-yilga nisbatan 52,6 foizga qisqardi. Oxirgi uch yilda uning daromadlari besh baravarga — 3,3 trln so‘mdan 611 mlrd so‘mgacha kamaydi. Moliyaviy ko‘rsatkichlarning pasayishi kapital, taqsimlanmagan va yalpi foydada kuzatilgan.

Salim Abduvaliyev (Salimboy) 6 yilga qamaldi
23 mart 2024, 17:25

Salim Abduvaliyev (Salimboy) 6 yilga qamaldi

“Salimboy” nomi bilan tanilgan tadbirkor Salim Abduvaliyev o‘qotar qurollarning noqonuniy muomalasida ayblanib, 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali gaplashdi
23 mart 2024, 15:59

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali gaplashdi

O‘zbekiston prezidenti Rossiya prezidenti bilan telefon orqali muloqotda hamdardlik bildirdi va zarur yordam ko‘rsatishga tayyorligini ta’kidladi. Davlat rahbarlari ikki mamlakat xavfsizligi va barqarorligiga tahdid bo‘lgan kuchga qarshi kurashishga kelishib oldi.

O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi o‘z missiyasini yakunladi
23 mart 2024, 13:57

O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi o‘z missiyasini yakunladi

2018-yilning may oyidan beri O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi bo‘lib ishlab kelgan Ulug‘bek Maqsudov o‘z diplomatik missiyasini yakunladi.

Moskvadagi terakt qurbonlari soni 93 kishiga yetdi, gumonlanuvchilar qo‘lga olindi
23 mart 2024, 13:43

Moskvadagi terakt qurbonlari soni 93 kishiga yetdi, gumonlanuvchilar qo‘lga olindi

Rossiya Tergov qo‘mitasi “Krokus Siti Holl”ga uyushtirilgan hujumda ishtirok etgan 4 kishi hibsga olingani, shuningdek, terakt qurbonlari soni 93 kishiga yetganini ma’lum qildi. “O‘lganlar soni yana ortishi mumkin”, — deyiladi xabarda.

Samarqandda egizak chaqaloqlar sumkaga solingan holda uy yo‘lagiga tashlab ketildi
23 mart 2024, 11:59

Samarqandda egizak chaqaloqlar sumkaga solingan holda uy yo‘lagiga tashlab ketildi

Samarqand shahrida tug‘ilganiga 4−5 kun bo‘lgan 2 chaqaloq ko‘p qavatli uyning kirish yo‘lagida qoldirib ketildi. Sumkaga solingan qiz chaqaloqlarni hudud hamshirasi topib oldi. Ularning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda. Bolalarni kim qoldirib ketgani hozircha noma’lum.

“Antistrumin” dorisini ishlab chiqargan Samo`ning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi
23 mart 2024, 11:35

“Antistrumin” dorisini ishlab chiqargan Samo`ning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

Bolalarning ommaviy zaharlanishiga sabab bo‘lgan, yod tarkibli “Antistrumin” tabletkalarini ishlab chiqargan Samo MCHJ qo‘pol qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘ygani aniqlanib, uning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi.

1-iyuldan skuter va mopedlar uchun davlat raqamlarini joriy etish taklif qilinmoqda
23 mart 2024, 11:10

1-iyuldan skuter va mopedlar uchun davlat raqamlarini joriy etish taklif qilinmoqda

O‘zbekistonda 1-iyuldan skuter va mopedlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda davlat raqamlarini berishni joriy etish rejalashtirilmoqda. 2025-yildan esa ularni ro‘yxatdan o‘tkazmasdan boshqarishni taqiqlash taklif qilinyapti.

IShID-K Moskvadagi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, AQSh buni tasdiqlaydi — NYT
23 mart 2024, 05:10

IShID-K Moskvadagi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, AQSh buni tasdiqlaydi — NYT

IShID-Xuroson (IShID-K) Moskva yaqinidagi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, deb yozmoqda The New York Times. Bu ma’lumotni AQSh razvedka xizmatlari tasdiqladi. Ular Rossiyani mart oyi boshida ehtimoliy hujum haqida ogohlantirgan, bir necha kun oldin esa Vladimir Putin buni “shantaj” deb atagandi.

Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasiga gullar qo‘yib ketilmoqda
23 mart 2024, 04:49

Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasiga gullar qo‘yib ketilmoqda

Moskva viloyatida terakt sodir etilgani haqidagi xabarlardan so‘ng Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasiga gullar keltirila boshlandi.

Moskvadagi teraktda jabrlangan O‘zbekiston fuqarolari haqida ma’lumot kelib tushmadi — elchixona
23 mart 2024, 01:17

Moskvadagi teraktda jabrlangan O‘zbekiston fuqarolari haqida ma’lumot kelib tushmadi — elchixona

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi Moskva viloyatidagi “Krokus siti holl” binosida ro‘y bergan portlash va otishmada jabrlangan O‘zbekiston fuqarolari haqida ma’lumot kelib tushmaganini ma’lum qildi. Diplomatik missiya huquq-tartibot idoralari bilan aloqada, deyiladi xabarda.

Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi terakt munosabati bilan Vladimir Putinga ta’ziya yo‘lladi
23 mart 2024, 01:04

Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi terakt munosabati bilan Vladimir Putinga ta’ziya yo‘lladi

O‘zbekiston prezidenti Moskvadagi terakt munosabati bilan Rossiya prezidentiga ta’ziya yo‘lladi. Maktubda mamlakat tinch aholiga qarshi terrorchilik harakatini keskin qoralashi qayd etildi.

O‘zbekiston TIV Moskvadagi teraktni qoraladi
23 mart 2024, 00:56

O‘zbekiston TIV Moskvadagi teraktni qoraladi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Moskvadagi teraktni qoraladi. “Terrorizmni oqlab bo‘lmaydi, biz begunoh fuqarolarga nisbatan qilingan zo‘ravonlikni bir ovozdan rad etishga chaqiramiz”, — deyiladi bayonotda.

Uzbekistan Airways Moskvadagi yo‘lovchilardan aeroportlarga vaqtliroq kelishni so‘radi
23 mart 2024, 00:42

Uzbekistan Airways Moskvadagi yo‘lovchilardan aeroportlarga vaqtliroq kelishni so‘radi

Uzbekistan Airways Domodedovo va Vnukovo xalqaro aeroportlaridan parvoz qiladigan yo‘lovchilarni Moskva aeroportlariga belgilangan vaqtdan oldinroq kelishlarini so‘radi. Hozircha parvozlar jadvalida o‘zgarishlar bo‘lgani yo‘q.

Moskvadagi konsert zalida terakt sodir etildi, o‘nlab odamlar halok bo‘ldi
23 mart 2024, 00:29

Moskvadagi konsert zalida terakt sodir etildi, o‘nlab odamlar halok bo‘ldi

Moskvadagi “Krokus siti holl” konsert zalida qurollangan shaxslar odamlarga qarata o‘t ochdi, kamida 40 kishi halok bo‘lgani, 100 dan ortiq kishi jarohatlangani xabar qilindi. Shuningdek, binoda bir necha portlash va yong‘in sodir bo‘ldi.

Surxondaryoda sel toshqini sabab yuzdan ortiq uyni suv bosdi (video)
22 mart 2024, 13:54

Surxondaryoda sel toshqini sabab yuzdan ortiq uyni suv bosdi (video)

Payshanba kuni Surxondaryo viloyatining turli hududlari jumladan, Qumqo‘rg‘on tumanida kuchli yomg‘ir sabab sel-suv toshqinlari bo‘ldi. Yuzlab xonadon va turar joylarga suv kirdi. Viloyat hokimligi toshqin oqibatlarini bartaraf etmoqda. Tabiiy ofat oqibatida jarohat olganlar yo‘q, deyiladi xabarda.

Bir guruh mahalla tizimi xodimlari mukofotlandi
22 mart 2024, 13:07

Bir guruh mahalla tizimi xodimlari mukofotlandi

Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev bir guruh soha vakillarini orden va medallar bilan mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi.

Qozog‘istonning O‘zbekiston bilan chegarasida odamlar va mashinalar to‘planganiga izoh berildi
22 mart 2024, 12:49

Qozog‘istonning O‘zbekiston bilan chegarasida odamlar va mashinalar to‘planganiga izoh berildi

Navro‘z bayrami hamda Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasidagi bir nechta o‘tish punktlaridagi rekonstruksiya munosabati bilan odamlar to‘planib, avtomobillar tirbandligi kuzatilmoqda, deya izoh bermoqda Qozog‘iston chegara xizmati.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting