Dronlarni olib kirish va ulardan foydalanish uchun belgilangan jazoning nomutanosib bo‘lgani rasman tan olindi
19 mart 2024, 18:17

Dronlarni olib kirish va ulardan foydalanish uchun belgilangan jazoning nomutanosib bo‘lgani rasman tan olindi

Dronlarni noqonuniy olib kirish va ulardan foydalanish uchun qo‘llangan jazolarni yengillashtiruvchi qonun joriy jazoning nomutanosibligini tan oladi. Fuqarolar va sayyohlarning e’tirozlari asosli deb hisoblanadi. Endi birinchi qoidabuzarlik uchun ozodlikdan mahrum qilish emas, jarima jazosi qo‘llanadi.

G‘azo shimolida ocharchilik muqarrar — BMT
19 mart 2024, 18:13

G‘azo shimolida ocharchilik muqarrar — BMT

BMT G‘azo sektorining shimoliy hududlarida yaqin ikki oy ichida ommaviy ocharchilik boshlanishini bashorat qilmoqda. BMT rahbari buni “mutlaq texnogen falokat” deb atadi va Isroil hukumatini anklav aholisiga insonparvarlik yordamidan to‘liq foydalanish imkoniyatini berishga chaqirdi.

Qozog‘iston benzin va dizel eksportiga qo‘yilgan taqiqni yana olti oyga uzaytiradi
19 mart 2024, 18:09

Qozog‘iston benzin va dizel eksportiga qo‘yilgan taqiqni yana olti oyga uzaytiradi

Qozog‘istonda neft mahsulotlarini avtomobil transportida olib chiqishga qo‘yilgan taqiq yana olti oyga uzaytiriladi. So‘nggi cheklov 2022-yil iyul oyida joriy qilingandi.

Maktablarda bahorgi ta’til 21-martdan boshlanadi
19 mart 2024, 17:44

Maktablarda bahorgi ta’til 21-martdan boshlanadi

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari 21-martdan bahorgi ta’tilga chiqadi. IV o‘quv chorak darslari 28-mart kunidan boshlanadi.

Toshkent-Xiva yo‘nalishiga Hyundai Rotem kompaniyasining tezyurar elektropoyezdi qo‘yiladi
19 mart 2024, 17:19

Toshkent-Xiva yo‘nalishiga Hyundai Rotem kompaniyasining tezyurar elektropoyezdi qo‘yiladi

Toshkent-Xiva yo‘nalishiga Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem kompaniyasi tezyurar elektropoyezdi qo‘yiladi. U 7 ta vagon va 351 ta o‘rindiqqa ega bo‘ladi, shuningdek, 250 km/soat tezlikda harakatlana oladi. Avvalroq O‘zbekiston bu kompaniyadan 6 ta tezyurar poyezd sotib olishni rejalashtirgandi.

O‘zbekiston meva-sabzavotlari tashqi bozorda liderlikni yo‘qotmoqda — prezident
19 mart 2024, 17:10

O‘zbekiston meva-sabzavotlari tashqi bozorda liderlikni yo‘qotmoqda — prezident

Prezident tannarx balandligi, ayrim “uddaburonlar” daromad ortidan quvib, qadoqlashda sifatsiz mahsulot qo‘shib yuborayotgani oqibatida O‘zbekiston mahsulotlari tashqi bozorda liderlikni yo‘qotayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, birgina uzum eksportidan 500 mln dollar olish mumkin.

O‘zbekiston va Gambiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi
19 mart 2024, 15:13

O‘zbekiston va Gambiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi

G‘arbiy Afrikadagi Gambiya davlati O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 148-davlat bo‘ldi. Hukumatlar nomidan tegishli kommyunike ikki davlatning BMTdagi doimiy vakillari tomonidan Nyu-Yorkda imzolandi.

O‘zbekiston yiliga 500 mingtagacha BYD elektromobillari va gibrid avtomobillarini ishlab chiqarmoqchi
19 mart 2024, 15:11

O‘zbekiston yiliga 500 mingtagacha BYD elektromobillari va gibrid avtomobillarini ishlab chiqarmoqchi

Prezident Xitoyning BYD kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda gibrid avtomobillar va elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi. 2024-yilda mayda uzelli yig‘ish usulida ishlab chiqarish quvvatini 50 mingtaga, keyinchalik esa 500 mingtagacha yetkazish rejalashtirilmoqda.

Prezident Toshkentdagi quyuv-mexanika zavodiga bordi
19 mart 2024, 15:04

Prezident Toshkentdagi quyuv-mexanika zavodiga bordi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi quyuv-mexanika zavodi ishini ko‘zdan kechirdi. 2023-yilda 267 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan zavodda 10 mln dollarlik 170 ta vagon va ehtiyot qismlar eksport qilingan bo‘lsa, 2024-yilda eksport hajmini 15 mln dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Pensiyaning minimal miqdori eng kam iste’mol xarajatlari darajasidan oz bo‘lmasligi belgilandi
19 mart 2024, 14:54

Pensiyaning minimal miqdori eng kam iste’mol xarajatlari darajasidan oz bo‘lmasligi belgilandi

O‘zbekistonda pensiyaning minimal miqdori eng kam iste’mol xarajatlari darajasidan oz bo‘lmasligini belgilandi. Qonun bilan pensiyalar miqdorini yil davomida iste’mol narxlari indeksi darajasining o‘sish sur’atlarini inobatga olib oshirib borish tartibi aniqlashtirildi.

O‘zbekiston tarixda ilk bor Jahon chempionatiga chiqa oladigan jamoaga aylandi — Srechko Katanets
19 mart 2024, 14:52

O‘zbekiston tarixda ilk bor Jahon chempionatiga chiqa oladigan jamoaga aylandi — Srechko Katanets

Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanets Jahon chempionati va Osiyo kubogi qo‘shma saralash bosqichida Gonkongga qarshi o‘yinni intiqib kutayotgani, o‘zbekistonlik futbolchilar Osiyoning eng yaxshi jamoalariga qarshi kurasha olishi haqida gapirdi. Unga ko‘ra, mamlakat ilk bor JCHga chiqoladigan jamoaga aylandi.

Qashqadaryodagi sayilda gaz portlashi oqibatida salkam 40 kishi jarohatlandi
19 mart 2024, 14:22

Qashqadaryodagi sayilda gaz portlashi oqibatida salkam 40 kishi jarohatlandi

Ko‘kdala tumanida o‘tkazilgan sayilda gaz balloni portladi. Oqibatda 37 kishi jarohatlandi, ulardan 7 nafari shifoxonaga yotqizildi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi.

O‘zbekistonda BYD avtomobillari importi cheklanishi mumkin
19 mart 2024, 13:37

O‘zbekistonda BYD avtomobillari importi cheklanishi mumkin

“O‘zavtosanoat” bilan birgalikda Jizzax viloyatida gibrid va elektromobillar yig‘ishni yo‘lga qo‘ygan BYD kompaniyasi O‘zbekiston hukumatidan elektromobillarning “tartibsiz” importini cheklashni so‘radi. Bu so‘rov import qilingan modellarning mahalliy iqlim va yo‘l sharoitiga moslashtirilmagani bilan izohlangan.

Toshkent viloyatida qalbaki kosmetika mahsulotlari ishlab chiqaradigan sex aniqlandi
19 mart 2024, 13:07

Toshkent viloyatida qalbaki kosmetika mahsulotlari ishlab chiqaradigan sex aniqlandi

Bo‘ka tumanida mashhur brendlar nomi ostida qalbaki kosmetika mahsulotlari ishlab chiqaradigan sex aniqlandi. Qiymati 10 mlrd so‘mlik 280 ming donadan ortiq sifatsiz mahsulot vaqtincha saqlovga olindi.

Baraka Market o‘zining Baraka Club mobil ilovasini to‘liq yangiladi
19 mart 2024, 13:00

Baraka Market o‘zining Baraka Club mobil ilovasini to‘liq yangiladi

Baraka Market do‘konlar tarmog‘i Baraka Club mobil ilovasining yangi versiyasini ishga tushirdi va sodiqlik dasturini yangiladi.

Bokschi Isroil Madrimovga muddatidan oldin mayor unvoni berildi
19 mart 2024, 12:05

Bokschi Isroil Madrimovga muddatidan oldin mayor unvoni berildi

WBA chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov muddatidan oldin yuqori lavozimga ko‘tarildi. Ichki ishlar vaziri unga mayor maxsus unvonini berdi.

O‘zbekistonda meva-sabzavot va oziq-ovqat eksporti bo‘yicha komissiya tuziladi
19 mart 2024, 11:47

O‘zbekistonda meva-sabzavot va oziq-ovqat eksporti bo‘yicha komissiya tuziladi

O‘zbekistonda bosh vazir rahbarlik qiladigan meva-sabzavot va oziq-ovqat eksporti bo‘yicha komissiya tuziladi. Prezident savdo uylarini tadbirkorlar boshqaruviga berish, tomorqasida meva-sabzavot yetishtirayotganlarni o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ko‘rish va boshqalarni qo‘llab-quvvatladi.

Surxondaryoda voyaga yetmagan qizga uylanishini aytib, shilqimlik qilgan 22 yoshli yigit 5 sutkaga qamaldi
19 mart 2024, 11:36

Surxondaryoda voyaga yetmagan qizga uylanishini aytib, shilqimlik qilgan 22 yoshli yigit 5 sutkaga qamaldi

Bandixon tumanida voyaga yetmaganga uylanishini aytib shilqimlik qilgan 22 yoshli yigit 5 sutkaga qamaldi. Sudda yigit qizni yaxshi ko‘rib qolgani, lekin qizga shilqimlik qilmaganini aytib ko‘rsatuv berdi.

O‘zbekistonda 100 yoshdan oshgan 514 nafar fuqaro bor. Ularning eng ko‘pi Qashqadaryoda yashaydi
19 mart 2024, 11:35

O‘zbekistonda 100 yoshdan oshgan 514 nafar fuqaro bor. Ularning eng ko‘pi Qashqadaryoda yashaydi

O‘zbekistonda 100 yoshga to‘lgan yoki undan oshgan 514 nafar fuqaro pensiya va nafaqa oladi. Ularning 78,6 foizi (404 nafari) ayollardir. Bir asrdan beri umr ko‘rayotganlarning eng ko‘pi Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent, shuningdek, vodiy viloyatlarida yashaydi.

O‘zbekistonda o‘tgan Rossiya prezidenti saylovida 2018-yilga qaraganda kamroq odam ovoz berdi (foto)
19 mart 2024, 11:16

O‘zbekistonda o‘tgan Rossiya prezidenti saylovida 2018-yilga qaraganda kamroq odam ovoz berdi (foto)

O‘zbekistonda yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan Rossiya prezidenti saylovida 4661 kishi (2018-yilda 5500 dan ortiq) ovoz berdi. Mamlakatda jarayon uchun ikkita uchastka hozirlandi — Toshkent va Samarqandda. Poytaxtda peshin vaqtida Rossiya elchixonasi oldidagi navbat yuzlab metrlarga cho‘zildi (foto).


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting