Qozog‘iston ommaviy axborot vositalari Qozog‘iston bilan O‘zbekiston chegarasida ko‘plab odam va mashinalar to‘plangani haqida xabar berdi.

Orda.kz xabarida 21-mart kuni minglab odamlar O‘zbekistonga kira olmay, navbatda turgani aytilmoqda. Ularning ba’zilari chegarada besh soatdan beri kutib qolib ketgan.

Bundan tashqari, nashrga ko‘ra, yuk mashinalari “Qozigurt” nazorat-o‘tkazish punktida yuzaga kelgan “sun'iy tirbandlik” haqida shikoyat qilgan. ular shu sabab chegarani bir kun o‘tib ham bosib o‘tolmagan. Toshkentlik haydovchining Orda`ga aytishicha, chegaradan o‘tish “ba'zi tinch aholi” tomonidan qiyinlashtirilmoqda, ular pul evaziga o‘z muammolarini hal qilishni taklif qilmoqdalar:

“Odamlar kim o‘tishi, kim o‘tmasligini tartibga soladi. Biz ularni „itaruvchilar“ deb ataymiz. O‘tib ketish uchun 100 ming tenge (taxminan 2,8 million so‘m) so‘rashadi. To‘lashga tayyor bo‘lganlar o‘tib ketishadi va alohida navbat oladi. Hozirda u yerda 30 ta mashina bor”, deya yuk mashinasi haydovchisi tafsilotlarni aytib berdi.

chegara, o‘zbekiston - qozog‘iston, tirbandlik

Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasining chegara xizmati O‘zbekistonga chiqish uchun chegara o‘tish punktlari oldida odamlar va transport vositalarining to‘planib turganini tasdiqladi.

“Bu asosan chet el fuqarolarining mamlakatimizdan Navro‘z bayramini nishonlash davrida chiqib ketishi, shuningdek, „Qoplonbek“, „Tajen“, „Atameken“ va „Qozigurt“ o‘tish punktlarini rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq”, — deyiladi xabarda.