Moskvada xavfsizlik choralari kuchaytirilgani munosabati bilan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Domodedovo va Vnukovo xalqaro aeroportlaridan parvoz qilayotgan yo‘lovchilardan aeroportlarga belgilangan vaqtdan oldindan yetib kelishlarini so‘radi.

Aviakompaniya veb saytidagi onlayn tabloga ko‘ra, hozirda Moskvaga va Moskvadan bo‘lajak parvozlar jadvalida o‘zgarishlar yo‘q.

22-mart kuni kechqurun Moskvadagi “Krokus siti holl” konsert zalida qurollangan shaxslar odamlarga qarata o‘t ochdi. Kamida 40 kishi halok bo‘lgani, 100 dan ortiq kishi jarohatlangani xabar qilindi.