Xorazmda mast holda 2 bolani urib yuborib, o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 9 yildan ko‘proqqa qamaldi
26 mart 2024, 10:06

Xorazmda mast holda 2 bolani urib yuborib, o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 9 yildan ko‘proqqa qamaldi

Xiva tumanida mast holatdagi haydovchi yo‘l chetidagi 3 nafar voyaga yetmagan bolani urib yuborib, hodisa joyidan qochib ketdi. Ulardan 2 nafari voqea joyida halok bo‘ldi. Sud haydovchini 9 yil-u 1 oyga ozodlikdan mahrum etdi.

Fevralda O‘zbekistonda gaz, neft, elektr va benzin ishlab chiqarish kamaydi
26 mart 2024, 09:57

Fevralda O‘zbekistonda gaz, neft, elektr va benzin ishlab chiqarish kamaydi

Fevralda O‘zbekistonda gaz, neft, elektr energiyasi va benzin ishlab chiqarish hajmi pasaydi. Oy davomida gaz qazib olish 284,4 mln kub metrga, benzin ishlab chiqarish 8,1 ming tonnaga, elektr ishlab chiqarish 626,6 mln kVt/soatga kamaydi. Neft ishlab chiqarish hajmi ketma-ket yettinchi oy pasaydi.

BMT Xavfsizlik Kengashi G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi
26 mart 2024, 02:27

BMT Xavfsizlik Kengashi G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi

BMT Xavfsizlik Kengashi ilk bor G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va barcha garovga olinganlarni zudlik bilan ozod qilishni talab qiluvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Hujjatni 14 davlat qo‘llab-quvvatladi, AQSh betaraf qoldi.

Qirg‘iziston TIV mamlakat fuqarolarini Rossiyaga borishdan vaqtincha tiyilishga chaqirdi
26 mart 2024, 02:17

Qirg‘iziston TIV mamlakat fuqarolarini Rossiyaga borishdan vaqtincha tiyilishga chaqirdi

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolariga zarurat bo‘lmaganda Rossiyaga vaqtincha bormaslikni tavsiya qildi. Rossiyadagi fuqarolardan odamlar gavjum joylarda harakatlanmaslik so‘raldi.

Toshkentda o‘quvchi qizni zo‘rlamoqchi bo‘lgan musiqa o‘qituvchisi 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi
26 mart 2024, 02:01

Toshkentda o‘quvchi qizni zo‘rlamoqchi bo‘lgan musiqa o‘qituvchisi 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Toshkentda sud voyaga yetmagan o‘quvchi qizni zo‘rlamoqchi bo‘lgan 67 yoshli musiqa o‘qituvchisini 8 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Toshkentda 18 yoshli Toyota Camry haydovchisi sodir etgan YTHda Xitoy fuqarolari jarohatlandi
26 mart 2024, 01:12

Toshkentda 18 yoshli Toyota Camry haydovchisi sodir etgan YTHda Xitoy fuqarolari jarohatlandi

Toshkentda 18 yoshli Toyota Camry haydovchisi katta tezlikda qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketib, Nexia bilan to‘qnashdi. Hodisa oqibatida haydovchi va to‘rt nafar yo‘lovchi — Xitoy fuqarolari jarohat oldi. Sud yigitni 1 yil muddatga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilib, 3 mln 300 ming so‘m jarimaga tortdi.

Prezident Namanganda iftorlikda ishtirok etdi (foto, video)
25 mart 2024, 23:13

Prezident Namanganda iftorlikda ishtirok etdi (foto, video)

Shavkat Mirziyoyev Namanganda iftorlik marosimida ishtirok etib, yer yuzida tinchlik-osoyishtalik bo‘lishini niyat qildi va “Dinimizda belgilab berilgan to‘g‘ri yo‘ldan og‘ishmaylik, ayni paytda zamon bilan hamnafas yashaylik”, deb duo qildi. Foto va video.

Namanganda GES kaskadi va ikkita quyosh elektr stansiyasi qurilishi boshlandi
25 mart 2024, 21:12

Namanganda GES kaskadi va ikkita quyosh elektr stansiyasi qurilishi boshlandi

Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida quvvati 228 MVt bo‘lgan gidroelektr stansiyalar kaskadi va har biri 500 MVt bo‘lgan ikkita quyosh elektr stansiyasi qurilishini boshlab berdi. Mazkur stansiyalar yil oxirigacha tarmoqqa ulanadi, shundan so‘ng viloyatdagi ishlab chiqarish hajmi hudud ehtiyojlarini to‘liq qoplaydi.

AQSh benzinli avtomobillar uchun emissiya standartlarini kuchaytiradi
25 mart 2024, 18:00

AQSh benzinli avtomobillar uchun emissiya standartlarini kuchaytiradi

AQSh ichki yonuv dvigatelli avtomobillar uchun emissiya standartlarini kuchaytirdi. Shu yo‘l bilan Amerika hukumati elektr va gibrid avtomobillarga o‘tishni rag‘batlantirishga umid qilmoqda.

11 yoshli qizga buzuq harakatlar qilgan erkak 3 yilga qamaldi
25 mart 2024, 17:40

11 yoshli qizga buzuq harakatlar qilgan erkak 3 yilga qamaldi

Toshkent shahri sudi liftda 11 yoshli qizga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilgan erkakni 3 yilga ozodlikdan mahrum etdi.

Dunyo aholisi kamayishni boshlaydi — tadqiqot
25 mart 2024, 17:30

Dunyo aholisi kamayishni boshlaydi — tadqiqot

Tadqiqotchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, yaqin o‘n yilliklarda Yer aholisi tug‘ilishning keskin pasayishi tufayli kamaya boshlaydi. 2050-yilda 204 ta davlatdan 155 tasida tug‘ilish darajasi aholining o‘rnini bosadigan darajadan past bo‘ladi. Bu O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmaydi.

BYD vakili bilan intervyu: “BYD falsafasi iste’molchilar uchun javobgar bo‘lishdir”
25 mart 2024, 16:03

BYD vakili bilan intervyu: “BYD falsafasi iste’molchilar uchun javobgar bo‘lishdir”

BYD vakili Ivan Sao O‘zbekistonda avtomobillarning tartibsiz importini cheklash rejalari haqidagi xabarga izoh berdi. U joriy yilda modellar soni 10 ta pozitsiyaga kengaytirilishini aytdi va BYD Xitoyda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham narxlarni o‘zgartiradimi, degan savolga javob berdi.

Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi
25 mart 2024, 14:31

Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi

2025-yil Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Senati raisi Tanzila Narbayeva ittifoq raisi Tuliya Ekson bilan uchrashuvda assambleya hamda uning tegishli majlislarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqdi.

“Yiliga 100 tonna oltin qazib olyapmiz, lekin atigi 6 foizi qayta ishlanyapti” — prezident
25 mart 2024, 14:23

“Yiliga 100 tonna oltin qazib olyapmiz, lekin atigi 6 foizi qayta ishlanyapti” — prezident

Prezident Namangandagi zargarlik korxonasiga tashrifi chog‘ida O‘zbekistonda yiliga 100 tonna oltin qazib olinayotgani, biroq uning atigi 6 foizi qayta ishlanayotganini aytdi. Unga ko‘ra, soha uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratilmoqda. “Bu — boshlanishi. Sohani hali yana rivojlantiramiz”, — deya ishontirdi u.

Toshkentda 26-martdan isitish mavsumi yakunlanadi
25 mart 2024, 11:52

Toshkentda 26-martdan isitish mavsumi yakunlanadi

O‘rtacha sutkalik harorat +10 darajadan yuqori bo‘layotgani sababli 26-martdan Toshkent shahrida isitish mavsumi yakunlanadi.

Hafta o‘rtasidan harorat pasaya boshlaydi va yomg‘ir yog‘adi
25 mart 2024, 11:43

Hafta o‘rtasidan harorat pasaya boshlaydi va yomg‘ir yog‘adi

Dushanba, seshanba kunlari yuqori harorat saqlanib turadi, so‘ng O‘zbekistonga O‘rta dengizdan nam havoning bir qismi kirib kela boshlaydi. Joylarda shamol tezligi kuchayib, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat ish haftasining oxiriga kelib kunduzi +13…+18 daraja iliqni tashkil etadi.

Tog‘li hududlarda 26−31-mart kunlari sel-suv toshqinlari kuzatilishi mumkin
25 mart 2024, 11:20

Tog‘li hududlarda 26−31-mart kunlari sel-suv toshqinlari kuzatilishi mumkin

O‘zgidromet 26−31-mart kunlari O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishidan ogohlantirdi. Yomg‘ir suvlari to‘planishi suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Bosh vazir Rossiya xalqiga hamdardlik bildirdi
25 mart 2024, 10:41

Bosh vazir Rossiya xalqiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston bosh vaziri Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasiga borib, Moskva viloyatida yuz bergan terakt munosabati bilan Rossiya xalqiga hamdardlik bildirdi. Bir qator vazirlar va parlament palatalari rahbariyati vakillari ham hamdardlik kitobiga o‘z yozuvlarini qoldirdi.

“Katta dubulg‘a” turniri: O‘zbekistonlik dzyudochilar 2 ta medalni qo‘lga kiritdi
25 mart 2024, 10:32

“Katta dubulg‘a” turniri: O‘zbekistonlik dzyudochilar 2 ta medalni qo‘lga kiritdi

Gruziyada o‘tgan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turnirida O‘zbekistondan borgan 18 nafar sportchining 2 nafari — Sardor Nurillayev va Sharofiddin Boltaboyev kumush medal oldi. Toshkentda o‘tgan avvalgi turnir o‘zbekistonliklarga omadliroq kelgandi (6 ta medal).

Prezident Namangan viloyatiga boradi
25 mart 2024, 10:08

Prezident Namangan viloyatiga boradi

Dushanba kuni Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyuradi. Davlat rahbari iqtisodiy loyihalarni ko‘zdan kechiradi va yirik energetika obyektlari qurilishini boshlab beradi. Shuningdek, iftorlik dasturxoni yozilishi ham reja qilinmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting