O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi “Krokus siti holl” savdo markazida ro‘y bergan portlash va otishma oqibatida ko‘plab qurbonlar bo‘lgani yuzasidan bayonot berdi.

Elchixona tinch aholi vakillari jabrlangani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qilganini ta’kidladi.

Qayd etilishicha, elchixona huquq-tartibot idoralari bilan yaqin aloqada bo‘lib turibdi, hozirda jabrlangan O‘zbekiston fuqarolari haqida ma’lumot kelib tushmagan.

“O‘zbekiston fuqarolarini xotirjamlikka va xavfsizlik choralariga rioya qilishga chaqiramiz”, — deyiladi bayonotda.

Fuqarolardan zarur hollarda O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi konsullik bo‘limining Call markaziga (+7 499 238-36-20; +7−499 230−00−76) qo‘ng‘iroq qilish so‘raldi.

Elchixonaning elektron pochta manzili: uzkorus@mail.ru