Markaziy bank kapitalga bo‘lgan talabni qondirish uchun banklarga birlashishni tavsiya qildi
2 iyun 2023, 17:46

Markaziy bank kapitalga bo‘lgan talabni qondirish uchun banklarga birlashishni tavsiya qildi

1-sentabrdan boshlab O‘zbekistonda banklarning ustav kapitali hajmi 200 mlrd so‘mni tashkil qilishi kerak bo‘ladi. Hozircha sakkizta bank bu talabga javob bermaydi. Markaziy bank kapitallashuv talablari bajarilmasa, litsenziya bekor qilinishi haqida ogohlantirdi va ularga birlashishni tavsiya qildi.

O‘zbekiston Butunjahon turizm tashkilotining 25-sessiyasi prezidenti va ikkita qo‘mita a’zosi etib saylandi
2 iyun 2023, 17:44

O‘zbekiston Butunjahon turizm tashkilotining 25-sessiyasi prezidenti va ikkita qo‘mita a’zosi etib saylandi

Sofiya shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon turizm tashkiloti Yevropa komissiyasining ig‘ilishida O‘zbekistonga tashkilotning 25-yubiley sessiyasida mezbon sifatida prezidentlik qilish vakolati berildi. Sessiya 16−20-oktabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ekologiyaga zarar yetkazish va hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik uchun jarimalar oshiriladi
2 iyun 2023, 17:36

Ekologiyaga zarar yetkazish va hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik uchun jarimalar oshiriladi

O‘zbekistonda atrof-muhitga zarar yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlar og‘ir jinoyatlar toifasiga kiritiladi. Shuningdek, hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lish va chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash uchun jarimalar miqdori sezilarli darajada oshiriladi.

O‘zbekiston aholisi havoning yuqori darajada ifloslanishidan ogohlantiriladi
2 iyun 2023, 17:28

O‘zbekiston aholisi havoning yuqori darajada ifloslanishidan ogohlantiriladi

O‘zbekistonda 2025-yil oxirigacha havoning yuqori darajada ifloslanishidan aholini erta ogohlantirish tizimi paydo bo‘ladi. Buning uchun hududlarda atmosfera havosining ifloslanishini nazorat qiluvchi avtomatlashtirilgan stansiyalar o‘rnatiladi, korxonalardan tozalash uskunalarini o‘rnatish talab etiladi.

Termizning sobiq hokimi va yana 17 kishiga oid jinoyat ishi sudda ko‘rilmoqda
2 iyun 2023, 17:00

Termizning sobiq hokimi va yana 17 kishiga oid jinoyat ishi sudda ko‘rilmoqda

35,6 mlrd so‘m mablag‘ni o‘zlashtirishda gumonlangan Termizning sobiq hokimi Isroil Xudoyberdiyev hamda uning ikki o‘rinbosariga oid jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqilmoqda. Ishga jami 18 kishi ayblanuvchi, 200 kishi jabrlanuvchi va guvoh sifatida jalb qilingan. Ish hajmi kattaligi sababli sud yana 4 oy davom etadi.

Toshkentda Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi universiteti ochiladi
2 iyun 2023, 16:43

Toshkentda Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi universiteti ochiladi

Yangi o‘quv yilida Toshkentda Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishlarini o‘rganish universiteti — Green University ochiladi. Universitet mintaqaning ekologik muammolariga yechim taklif qila oladigan mutaxassislarni tayyorlaydi.

“Aholining qo‘lida 12 mlrd dollarga yaqin mablag‘ bor” — MB raisi
2 iyun 2023, 16:11

“Aholining qo‘lida 12 mlrd dollarga yaqin mablag‘ bor” — MB raisi

Markaziy bank raisi aholining qo‘lida qariyb 12 mlrd dollar pul borligi, bank sektori bularning barchasini jalb qila olmasligi, lekin bankka pullarni topshirish tendensiyasi mavjudligini ta’kidladi.

Ulug‘bek Tashxodjayev Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi direktori bo‘ldi
2 iyun 2023, 15:59

Ulug‘bek Tashxodjayev Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi direktori bo‘ldi

Vazirlar Mahkamasidan Adliya vazirligi huzuriga o‘tkazilgan Personallashtirish agentligiga Ulug‘bek Tashxodjayev direktor bo‘ldi.

Toshkentda yo‘lning qatnov qismida qizga turmushga chiqishni taklif qilgan yigit 3 sutkaga qamaldi
2 iyun 2023, 15:38

Toshkentda yo‘lning qatnov qismida qizga turmushga chiqishni taklif qilgan yigit 3 sutkaga qamaldi

Chilonzor metro bekati yaqinidagi piyodalar o‘tish yo‘lagining o‘rtasida avtomobillar harakatiga xalaqit qilib, yo‘ldan o‘tayotgan qizga turmushga chiqishni taklif qilgan yigit va bu holatni tasvirga olgan tanishi 3 sutkaga qamaldi.

O‘zbekistonda manzilli ko‘kalamzorlashtirish dasturi amalga oshiriladi
2 iyun 2023, 15:31

O‘zbekistonda manzilli ko‘kalamzorlashtirish dasturi amalga oshiriladi

O‘zbekistonda har yili manzilli ko‘kalamzorlashtirish investitsiya dasturi amalga oshiriladi. Davlat tashkilotlari va hokimliklar yil oxirigacha barcha shahar va tumanlarda o‘z bog‘larini yaratadi. Har bir yirik sanoat korxonasi esa “yashil belbog‘”lar tashkil etishi kerak bo‘ladi.

Geosiyosiy vaziyatlar tufayli 2022-yilda O‘zbekistonda hisobraqam ochgan norezidentlar soni 60 mingtadan oshdi
2 iyun 2023, 15:04

Geosiyosiy vaziyatlar tufayli 2022-yilda O‘zbekistonda hisobraqam ochgan norezidentlar soni 60 mingtadan oshdi

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov Senat yalpi majlisida O‘zbekistonda 2022-yilda hisobraqam ochgan norezidentlar soni geosiyosiy vaziyatlar tufayli 60 mingtadan oshganini ma’lum qildi. Ular mamlakat banklaridagi hisoblariga 892 mln dollar ekvivalentida mablag‘ qo‘ygan.

Wonder Women va Kotex brendi O‘zbekistonda ayollarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus loyihani yo‘lga qo‘ydi
2 iyun 2023, 15:00

Wonder Women va Kotex brendi O‘zbekistonda ayollarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus loyihani yo‘lga qo‘ydi

O‘zbekiston va Qozog‘istonda “Demak, men ham qila olaman!” shiori ostida o‘tkazilayotgan Wonder Woman va Kotex aksiyasi doirasida ommaviy ma’ruzalar o‘tkazilib, ommaviy axborot vositalarida faol yoritilmoqda.

“Vaziyat juda og‘ir”. Aziz Abduhakimov — O‘zbekiston ekologiyasi haqida
2 iyun 2023, 14:55

“Vaziyat juda og‘ir”. Aziz Abduhakimov — O‘zbekiston ekologiyasi haqida

O‘zbekistonda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tashkil etildi. Vazir Aziz Abduhakimov “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida mamlakatdagi murakkab ekologik vaziyat va prezidentning yangi farmonida nazarda tutilgan chora-tadbirlar haqida gapirib berdi.

“Anchadan beri uchrashmagandik”. Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi rahbari bilan muzokaralar o‘tkazdi
2 iyun 2023, 14:40

“Anchadan beri uchrashmagandik”. Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi rahbari bilan muzokaralar o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi yetakchilarining ikkinchi sammiti doirasida Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel bilan muzokaralar o‘tkazdi. Ular tovar ayirboshlash hajmini oshirish, savdoni diversifikatsiya qilish, GSP+ imtiyozli savdo rejimi muddatini uzaytirish kabilarni muhokama qildilar.

Ulug‘bek Yusupov “O‘zarxiv” agentligi direktori bo‘ldi
2 iyun 2023, 14:26

Ulug‘bek Yusupov “O‘zarxiv” agentligi direktori bo‘ldi

Vazirlar Mahkamasidan Adliya vazirligi huzuriga o‘tkazilgan “O‘zarxiv” agentligiga Ulug‘bek Yusupov direktor etib qayta tayinlandi.

O‘zbekistonda hududlarning ekologik pasporti va reytingi joriy qilinadi
2 iyun 2023, 14:25

O‘zbekistonda hududlarning ekologik pasporti va reytingi joriy qilinadi

Prezident farmoni bilan 2024-yil yakunigacha hududlarni ekologik baholash bo‘yicha indikatorlar asosida eco-indicator.uz reytingi shakllantiriladi. Shuningdek, har bir hududning ekologik pasporti e’lon qilinadi.

Sherzod Rabiyev adliya vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi
2 iyun 2023, 14:09

Sherzod Rabiyev adliya vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori lavozimida ishlab kelgan Sherzod Rabiyev adliya vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi. Vazir o‘rinbosarlari Aktam Muxammadiyev va To‘lqin Abdusattorov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan vazifalaridan ozod etildi.

Uyali aloqa, tele va radiokanallarga davlat bojini to‘lashda imtiyoz beriladi
2 iyun 2023, 12:38

Uyali aloqa, tele va radiokanallarga davlat bojini to‘lashda imtiyoz beriladi

Senatda telekommunikatsiyalar sohasida ayrim faoliyat turlarini amalga oshirganlik uchun davlat boji miqdorlari maqbullashtirilishga qaratilgan qonun ma’qullandi.

Tabiat resurslari vazirligining nomi o‘zgardi
2 iyun 2023, 12:37

Tabiat resurslari vazirligining nomi o‘zgardi

Prezident farmoni bilan Tabiat resurslari vazirligi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi deb qayta nomlandi. Shuningdek, sohadagi qonunchilikka rioya etish va uning ijrosi nazoratiga mas’ul bo‘lgan bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi joriy etildi.

Farg‘onada 14 gektar yerni $140 mingga sotmoqchi bo‘lgan Rossiya fuqarosi ushlandi
2 iyun 2023, 12:35

Farg‘onada 14 gektar yerni $140 mingga sotmoqchi bo‘lgan Rossiya fuqarosi ushlandi

Farg‘onada Rossiya fuqarosi 14 gektar bog‘dorchilik yerini hujjatlarsiz 140 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgani aytilmoqda. U bo‘nak sifatida 15 ming dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olindi


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting